Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 072 (Jesus meets Martha and Mary)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula? -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

2 Qism - Nur zulmatda porlaydi (Yuhanno 5:1 - 11:54)
C - Isoning quddusga oxirgi safari (Yuhanno 7:1 - 11:54) -- Mavzu : Zulmatning va nurning bo'linishi
4. Lazarning tirilishi va natijasi (Yuhanno 10:40 – 11:54)

b) Iso Marta va Maryam bilan uchrashadi (Yuhanno 11:17-33)


YUHANNO 11:17-19
17 Iso u yerga yetib borib bildiki, Lazarning dafn qilinganiga to'rt kun bo'lgan ekan. 18 Baytaniya qishlog'i Quddusdan yaqin uch chaqirimcha yerda edi. 19 Ko'p Yahudiylar Marta bilan Maryamning oldiga akasining vafoti munosabati ila tasalli berish uchun borgan edilar.

Lazar qabirda yotganidan beri to'rt kun o'tib ketdi; u o'lgan kunida ko'milgan edi va o'sha kuni Isoga bu habar yetib borgandi. O'sha zahoti qaytib borish uchun Isoda sabab yo'q bo'lgan, chunki Uning do'sti allaqachon ko'milgan edi. O'lim ikkilanmasdan aniqlandi.

Baytaniya 1.000 meter quyida bo'lgan O'rdun bilan ro'parama-ro'para bo'lib, Zaytun To'g'ining sharq tomonida joylashgan. O'lik Dengizidan narida turgan. Quddus Kidron vodiysi naridagi cho'qqida g'arbga uch kilometr uzoqlikda yotadi.

Marxumning ko'plab do'stlari yig'lab va ko'ksilariga urib uning uyiga kelishdi. G'am-kulfat ayon edi, chunkki Lazar oilasini pul bilan taminlar edi. O'limning soyasi uchrashuvni yopadi.

YUHANNO 11:20-24
20 Marta Isoning kelayotganini eshitib, Uni kutib olgani chiqdi. Maryam esa uyda o'tirar edi. 21-Hazrat!-dedi Marta Isoga. -Agar Sen bu yerda bo'lganingda edi, mening akam o'lmas edi. 22 Ammo hozir ham bilaman, Sen Xudodan nima so'rasang, Xudo Senga beradi. 23 -Sening akang tiriladi,-dedi Iso. 24 -Bilaman, qiyomatda, oxiratda tiriladi,-dedi Marta.

Isoning yaqinlashganini Marta eshitganda, o'ziga o'zi agar U vaqtida kelganida bu qo'rquv bo'lmagan bo'lar edi deb o'ylab nola qilib U tomon shoshildi. Ular uchrashishganda Marta o'zining imoniga ifoda berdi va Isoning kuchi chegarasizligiga ishondi. Marta o'zining azobini aytib vaqtini behudaga sariflamadi, balki Iso o'limni yengadi deb o'zinng imoni haqida gapirdi; Marta qanday bo'lishini bilmasdi, lekin u hardoyim O'g'lining ibodatlariga javob beradigan, Xudo bilan bog'liq bo'lgan Isoga va Uning hokimyatiga ishongan edi.

Iso "Sening akang tiriladi" degan qudratli va'da bilan uning imoniga javob berdi. U to'la Isoning so'zlariga tushunmadi, lekin u akasi uchun bu oxirgi tirilishning va'dasi kabi hisobladi. U o'lim oxiri emasligini payqab, umidvor edi. Imonlilar kutadigan narsa bu hayotga tirilishdir.

YUHANNO 11:25-27
25 Iso unga dedi:-Men tirilish va hayotdirman. Menga ishongan odam o'lsa ham yashaydi. 26 Kimda-kim Menga ishonib yashasa, to abad o'lmaydi. Bunga ishonasanmi? 27-Ha, Rabbim,-dedi Marta,-Sen olamga keladigan Masih, Xudoning o'g'lisan, deb ishonaman.

Uning shogirdlari eshitib turishganda, Iso Martaga bu buyuk matnni aytdi, "Tirilish aniq kelishi kerak, u shu yerda Mening shaxsligimdadir. U qiyomat kunida tirilmaydi, balki u bugun Mening kelishim orqali tiriladi. Men Yaratguvchiman; Sizga Muqaddas Ruh Mendan keladi. Men gunohlaringni olish uchun va sizlarga ilohiy hayot ato etish uchun o'rningizga o'laman. O'lim sizning ustingizdan hokim bo'lolmaydi. Yaqinda tirilishim orqali sizni tirilishingizga ishontiraman. Shunday qilib siz ko'milishingiz mumkin va imonda Men bilan yana tirilasizlar. Mening o'limim sizlarniki va hayotim ham sizlarnikidir. Men sizda yashayman, sizlar Menda yashaysizlar".

Masihning hayotini qabul qilish uchun bir holat Iso bilan imonning ahdidir. Agar U bilan bog'lanmasangiz, Uning hayotining oqimlari sizda Undan o'tmaydi. Bizning Masihdagi imonimiz Otaga va abadiy hayot uchun bizlarning aql-idroklarimizni ochadi. Uning sevgisi bizlarda hech qachon tugamaydigan hursandchilikni, tinchlikni va sevgini ekadi. Masihning sevgisi bilan to'lgan inson halok bo'lmaydi, chunki Xudoning Ruhi mangudir. Bu Ruh Masihga ishonganlarning yuragida yashaydi.

Iso Lazarning tirilishida o'lim ustidan O'zining g'alabasini e'lon qilmadi. U O'zining Ruhida yashagan va ularning ustlaridan o'lim hokim bo'lmaydiganlarni ishontirdi, chunki ular allaqachon uning tirilishi haqida habardor bo'lganlar. Siz Uning og'zidan shartsiz bu va'daning kuchini sezdingizmi? Agar Unga ishonsangiz siz halok bo'lmaysiz. Yaqinlashayotgan o'limingiz haqida yoki ochiq mozor haqida o'ylamang; balki Isoga ko'zlaringizni qarating. Bu javobgarlik uchun Unga tashakkur bildiring, chunki U sizni abadiy hayotga ega qiladi.

Aziz do'stim, hayot beruvchi Isoga ishonasizmi? Siz shaxsan U sizni o'lim hokimligidan ozod qilganini va gunoh buzuqligidan sizni tiriltirganini boshingizdan kechirdingizmi? Agar bu ruhiy yuksalishni boshingizdan kechirmagan bo'lsangiz, ishoning Barhayot Tangri sizning oldingizda sizga qo'llarini cho'zib turibdi. Uning sevgisiga va qudratiga ishoning. Uning qo'lidan tuting, shunda U sizni gunohlaringdan ko'taradi va abadiy hayotga sizni o'zgartiradi. U sizning faqat bitta sodiq Qutqaruvchingizdir.

Marta Masihning va'dasini qabul qildi. U faqat abadiy hayotga ega bo'lmadi balki hayot beruvchiga ham ega bo'ldi. U va'da qilingan Masih va o'likni tiriltirishga kuchi bor bo'lgan Isoga ishondi. Unda oxirgi hukmni yuritish uchun hokimyat bordir. Marta o'zida Isoning kuchi oqishini, uyg'otishini va uni muqaddaslanishni boshidan kechirdi. U hatto Yahudiylar Iso Xudoning O'g'liman deb e'lon qilganida Uni toshbo'roq qilmoqchi bo'lganlarini bilsa ham ,yo'lda imoni haqidagi shahodatni aytish uchun botir bo'ldi. U o'limdan qo'rqmadi, balki Najotkorini sevdi. Uning ishonchi o'zining sevgisi bilan kuchli bo'lib o'sdi.

IBODAT: Iso Tangrim, Sen abadiy buyuksan. O'lim Sening ustingdan hokim bo'lmagan. Sen bizning o'limimiz uchun o'lding va bizlarni O'zingni tirilishing orqali tiriltirding. Biz Senga sajda qilamiz va rahmat aytamiz. Olim bizning ustimizdan endi hokim bo'lmasligi uchun, Sen bizlar bilan O'z hayotingni bo'lishding. Biz ayibdorlikdan, qo'rquvdan va o'limdan ozodligimiz uchun Seni sevamiz va Senga shukronalar aytamiz.

SAVOL:

  1. Bugun biz qanday qilib o'limdan tirilamiz?

YUHANNO 11:28-31
28 Shunday dedi-yu, Marta borib singlisi Maryamni yashirincha chaqirdi. -Ustoz shu yerda, U seni chaqiryapdi,-dedi Maryamga. 29 Maryam buni eshitgach, shoshib o'rnidan turdi-da, Isoning oldiga jo'nadi. 30 Iso hali qishloqqa kirmagan, Marta Uni kutib olgan joyda poylab turar edi. 31 Maryam bilan uyda qolgan, unga tassalli berayotgan Yahudiylar uning shoshilib o'rnidan turib tashqariga chiqqanligini ko'rishdi. Maryam yig'lagani qabirga ketyapdi, deb o'ylashib, uning orqasidan ketaverishdi.

Balki Iso Martadan Uning ishonch so'zlarini eshitish uchun va a'za qiluvchilarning shovqinidan yupatish uchun Maryamni Uning oldiga olib kelishni so'ragandir. Isoning sevgisi orqali u imonda o'sgan. Iso noumidlik va g'am-tashvish orqali emas, imon jasorati orqali yengadi. Iso Xudoning oldiga ruhan jasoratli bo'lsin va yashasin deb, o'ksinyotgan Maryamni olib kelishni xohlagan.

Maryam azob-uqubat chekayotganda, Isoning kelishi haqida eshitmagandir. Balki, Marta uning oldiga qaytib kelganda va Iso u haqida so'raganini aytganida, u turib Tangri bilan uchrashgani ketdi. U yerdagilar u qabirga yig'lagani ketyapdimi yoqmi deb so'rab, unga hayron qoldilar. Ular turishti-da uning orqasidan qabirga ergashishdi va bu inson hayotining manzarasi xorlik va zulmat orqali yutib yuborilgan jaxannamga yurishdir. Holbuki falsafachi va din hayot muammosiga yoki o'limning muammosiga va o'limda Masihiyda Uning mustahkam tasallisidek ayon bo'ladigan umid haqiqatiga to'g'ri javobni yetkazib bera olmaydilar.

YUHANNO 11:32-33
32 Maryam Iso turgan yerga yetib kelib Uni ko'rdi-yu, oyoqlariga o'zini tashlab:-Hazrat!-dedi,-agarda Sen shu yarda bo'lganingda, Mening akam o'lmas edi! 33 Maryam ham, u bilan kelgan Yahudiylar ham yig'layotgan edilar. Iso buni ko'rib, qattiq iztirobga tushdi, ko'ngli o'rtanib ketdi.

Maryam Isoni ko'rdida hayajonlanib Isoning oyoqlariga o'zini tashladi. U Iso ilohiy mo'jizalar qila olishiga ishonib, o'zining imon sajdasini tan oldi. Agar oldinroq U shu yerda bo'lganida, uning akasi o'lmas edi. Bu xonadonda ayon bo'lgan Xudo Isoda bo'lganligini va mustaxkam imonni ko'rsatadi. Lekin o'lim bu imonni titratib tashladi va singillarni gangiratib qo'ydi.

Iso olomonning nodonligi bilan birgalikda O'zining sodiq izdoshlarida havotirli bu imonni ko'rganida, Iso Ruhda bezovtalandi. Iso ularni qanday qilib o'lim ta'siriga mubtalo bo'lganliklarini aniqladi. U yig'ini ko'rib va dunyo qabixlik kuchida o'rnatilganini sezib hafa bo'ldi. Yana U dunyoning gunohining og'irligini yelkalarida olib yurishini ham sezdi; U Ruhda xoch uchun majburiyatni va shunday o'kinchni yengish uchun bir yo'l bo'lgan ochiq qabrni ko'rdi. Sodir bo'lishi kerak bo'lgan tirilishga U ishontirdi. Bu o'limdagi, imonsizdagi va xorlikdagi hukmdir.

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 11:17 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)