Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 071 (Jesus across the Jordan)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula? -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

2 Qism - Nur zulmatda porlaydi (Yuhanno 5:1 - 11:54)
C - Isoning quddusga oxirgi safari (Yuhanno 7:1 - 11:54) -- Mavzu : Zulmatning va nurning bo'linishi
4. Lazarning tirilishi va natijasi (Yuhanno 10:40 – 11:54)

a) Iso O'rdun daryosini kesib o'tadi (Yuhanno 10:40 – 11:16)


YUHANNO 11:11-16
11 Bu so'zlarni aytib bo'liib, ularga yana dedi: -Do'stimiz Lazar uxlab qoldi. Men uni uyg'otgani ketyapman.12-Hazrat, agar uxlab qolgan bo'lsa, tuzalib ketadi,-dedi shogirdlari. 13 Iso Lazarning o'limini nazarda tutgan edi. Shogirdlari esa Iso odatdagi uyqu to'g'risida gapirdi, deb o'yladilar. 14 Keyin Iso ularga ochig'ini aytdi:-Lazar vafot etdi. 15 Men sizlar uchun Hursandmanki, o'sha yerda yo'q edim, chunki bu sizlarning imon topishingizga yaraydi. Qani endi yuringlar, uning oldiga boraylik. 16 Shunda "Egiz" laqabli To'ma boshqa shogirdlariga:-Qani yuringlar, biz ham U bilan o'lamiz!-dedi.

Iso Lazarni "Suyukligimiz" deb tasvirlagan edi. Tez-tez Iso va Uning shogirdlari Lazarning uyida mehmon bo'lishar edi. U shuningdek hamma shogirdlarning do'sti bo'lgan. Biz shunday aytishimiz mumkin, Lazar "Isoning suyukligi" dek Ibrohim 'Xudonig do'sti' degan unvonga teng keladi.

Iso o'lim hayotning oxiri emas degan dalilni takidlab, o'lim uchun "uxladi" degan terminni qo'lladi. Bizning tanalarimiz halok bo'ladi lekin qalblarimiz yashaydi. Imon orqali bizning farog'atimiz bugun Tangridadir. Biz Uning hayotida orom olamiz va bizni U qondiradi va biz qiyomat qoyimda Najotkorimiz bizni o'yg'atishini tushunamiz. Biz abadiy yashaymiz.

"Men uni o'yg'otgani ketyapman", deb Iso ishonch bilan aytdi. U "Kelinglar Xudo bizni nima qilishimizni bilib olish uchun va bu oilaga qanday qilib tasalli berishimiz uchun ibodat qilaylik" deb aytmadi. Yo'q, Iso do'stining o'limi haqida xabar yetib kelishidan oldin ikki kundan beri Otasi bilan suhbatlashayotgan edi. Iso Lazarning tirilishi O'zining ulug'vorligini yuksalishini boshlashiga amin edi. Bu Uning izdoshlarining imonini kuchli qilishi kerak bo'lib, dushmanlariga U yagona Masih ekanligini isbot qilishi kerak edi. Keyin ona, "Men o'g'limni oyg'otgani ketyapman; maktabga boradigan vaqt bo'ldi" deb aytganiga o'xshab, U shunday deb qo'shib qo'ydi," Men uni tiriltirgani ketyapman". Iso ikkilanishni ko'rsatmayapdi, U o'limni ustidan hokim bo'lgan hayot va Tangri edi. Isoga ishonish bizlarni hamma qo'rquvlardan ozod qiladi, hayotda bizlarni tasdiqlaydi.

O'sha vaqtda shogirdlar Masihning g'alabasining ma'nosini tushunishmagan. Ular Lazar uxlab qolgan deb faraz qilishgan; va uni uyg'otgani borish uchun hech qanday sabab yo'q deb o'ylashgan.Ular koproq Yahudiylarning qo'lida o'limni tavakkal qilishyotgandi.

Keyin Iso Lazarning o'lganligi haqida ochiq aytdi va "U vafot etdi" deb aytdi. Bu xabar shogirdlarni bezovta qildi, lekin Iso "Men hursandman" deb aytib, ularga dalda berdi. Bu o'limga Xudoning O'g'liniing javobidir. U g'alabani va tirilishni ko'radi. O'lim nola uchun sabab emas lekin hursandchilik uchun sababdir, chunki Iso hayot haqida shogirdlarini ishontiradi. U hayotdir; kimki Unga ishonsa hayotidan bo'lishadi.

Iso shunday deb davom etdi, "Men sizlar uchun hursandmanki, o'sha yerda uning o'limida yoq edim, va uni o'sha zahotiyoq shifolamadim. Bu har bir insonning oxiri haqidagi belgidir. Shunga qaramasdan, Unga ishonish yangi hayotni boshlaydi. Keling uning oldiga boraylik". Bu borish insonzod uchun ko'z yoshlarini va nolani ko'rsatadi, lekin Iso uchun u tirilish haqida gapiradi. Biz Xudodan minnatdormiz chunki Iso biz qabirda yotganimizda, "Ketdik uning oldiga" deb aytadi. Uning bizni oldimizga kelishi ozodlikni, hayotniva nurni anglatadi.

Egiz nomli havoriy Isoni sevgan va botir bo'lgan. U Masihning murdani oldiga borishligini payqab qolganida, Masihning maqsadi Lazarni qabirdan olib chiqish kerakligini sezmasdan, Egiz o'rtoqlariga qaradida shartta shunday dedi, "Biz Isoni yolg'iz qoldirib ketmaymiz; biz Tangrimizni yaxshi ko'ramiz va U bilan birga o'lamiz. Biz hammamiz Unga bog'liqmiz". Egiz shunda o'zining sadoqatini ta'kidlab o'tdi.

SAVOL:

  1. Iso nima uchun Lazarni qutqarish uchun g'olibona harakat qildi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 11:16 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)