Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 067 (Jesus is the Good Shepherd)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula? -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

2 Qism - Nur zulmatda porlaydi (Yuhanno 5:1 - 11:54)
C - Isoning quddusga oxirgi safari (Yuhanno 7:1 - 11:54) -- Mavzu : Zulmatning va nurning bo'linishi
3. Iso yaxshi Cho'pon (Yuhanno 10:1–39)

c) Iso yaxshi cho'pondir (Yuhanno 10:11–21)


YUHANNO 10:11-13
11 Men yaxshi Cho'ponman. Yaxshi Cho'pon qo'ylari uchun jonini bag'ishlaydi. 12 Yollangan odam qo'ylarning cho'ponu agasi emas. U bo'rining kelganini ko'rgach, qo'ylarni tashlab, qochib ketadi. Bo'ri esa qo'ylarni talab, tumtaraqay qiladi. 13 Yollangan odam qo'ylar haqida hech qayg'urmagani uchun qochib ketadi.

Xudo cho'ponsiz qo'ylardek O'zining tarqatilgan odamlariga qaragan va aldagan shohlarga, yolg'onchi payg'ambarlarga va ruhoniylarga sabr-toqatlik bilan chidadi. Shunda U bizga Yaxshi Cho'pon bo'lgan Masihni jo'natdi. U kelishida shunday dedi, "Oxirgi vahiy bilan Payg'ambar, Oliy Ruhoniy, haqiyqiy Shoh bo'lgan Men tayyordirman." Masihning shaxsida bizlar birlashgan cho'ponlikning hamma vazifalarni topamiz. U to'g'ri shunday deb aytadi, "Ey og'ir yuk ostida horib tolgan hammalaringiz, Mening oldimga keling, Men sizlarga orom beraman." Men sizdan foydalanmayman, balki sizlarni har bir hatardan va yo'l boshchisiz bo'lgan hayotdan qutqaraman.

U faqat Yaxshi Cho'ponligining isboti O'zining qo'ylari uchun O'zining hayotini berishni boshlash xohishi ekanligi edi. U faqat O'zining tanasini berishni aytmadi balki tanasini, qalbini va ruhini Xudoning qo'ylarining najoti uchun taqdim qildi. U O'zining izdoshlariga hizmat qilish uchun birinchi vaqtdan boshlab qattiq ishladi. Uning jismoniy o'limi o'zini berish hayotining toji edi. Iso faqat O'zi uchun yashamagnligini yoki bu uchun o'lmaganini eslang. U siz uchun yashadi va o'ldi.

Imonsiz cho'ponlar aniqlandi, chunki xav-hatar vaqtida ular qochib ketishdi va faqat o'zlari uchun g'am chekib o'zlarini yashirishdi. Ular paydo bo'lgan bo'rilarga qo'ylarni tashlab ketishdi. Ular hayvonlar emaslar balki hayvoniy modada harakat qiluvchilardir; ularning otasi Shaytondir. Sodda bo'ridek Shaytonning maqsadi ochko'zlik bilan hamla qilishdir. Uning hamlalari yovuzlik, quvish va o'ldirishdir. U oppoq yolg'onlar bilan va yoqimli vasvasalar bilan qaytib keladi. Biz cho'ponlar baxonadek sevgidan foydalanib yolg'on talim bermasligimiz kerak yoki mensimay qo'ymasligimiz kerak. Lekin sevgi uchun biz kerak bo'lsa donolik bilan haqiqatni qo'riqlashimiz va tetik bo'lishimiz kerak. Masihning hayoti bizlarga do'zaqi ruhlar bilan zidma-zidlikda doyim bo'lganligini aytadi. U sevgi bilan O'zining hizmatkorlariga shayton ruhlaridan hamlalarning yuzida urunish bilan qo'ylarga hizmat qilishlarini va uni qo'riqlashlarini aytdi. Haddan tashqari och bo'lgan bo'rining maqsadi aniqdir, chunki u ayiblab va qattiq quvg'in qilib, yolg'on orqali Xudoning ibodatxonasini buzishni xohlaydi. Siz Xudoning qo'ylarida hurmatni va hizmatni qidiryapsizmi? Yozib oling, bu shunday ma'noni beradi ziddiyatlik, azob va qurbonlikdir va bu g'alaba qozonishda yoki rohatlanishda sodir bo'lmaydi.

YUHANNO 10:14-15
14 Men yaxshi Cho'ponman. Men O'zimnikilarni bilaman, O'zimnikilar esa Meni biladilar. 15 Otam Meni qanday tanib-bilsa, Men ham Otamni shunday tanib-bilaman. Men qo'ylarim uchun jonimni bag'ishlayman.

Masih U yagona Cho'pon bo'lgan da'voni qaytardi. Biz hammamiz muvaffaqiyatsizlikka tushganmiz va o'zimiz hizmatkor bo'lolmaymiz, chunki biz to'la dushmanni bilmaymiz va qo'ylarning hayot tarzini to'la tushunmaymiz yoki ularni eng yaxshi yaylovga boshlashni bilmaymiz. Masih hammani nomma-nom biladi, va uning o'tmishini, fikrlarini va kelajagini sezadi.

Iso O'zining qo'ylarini tanladi va ularga Uning hayotiy bilish sovg'asini taqdim etdi. Ular Isoni yaxshiroq bilib borishganda, Iso nima uchun ulardan voz kechmaganligiga hayron bo'lishadi. Uning huzuri ularning muvofaqqiyatsizliklarini ko'rsatib beradi. Bu duch kelish minnatdorchilikka va abadiy ahdga va rishtaga siljib, buyuk sevgini keltirib chiqaradi.

Bu Iso va Uning qo'ylarining o'rtasidagi o'zaro bilim yuzaki yoki dunyoviy emas, balki Ruhning sovg'asidir, chunki biz Iso Otani ko'radigandek va Ota O'g'ilni biladigandek Uni tushunib yetamiz. Bu har bir Masihiy Ruhning tushushi orqali va Masih orqali ilohiy bilimda haqiqat vahiysini sezadigan sirdir. Yana bu degani Xudoning Ruhi O'zining qo'ylarida yashaydi va ularni to'ldiradi. Hech kim nazardan qolmaydi.

YUHANNO 10:16
16 Bu qo'radagidan boshqa qo'ylarim ham bor. Ularni ham olib kelishim kerak. Ular ham Mening tovushimni eshitadi va bir suruv, bir cho'pon bo'ladi.

Masih bir necha qabila uchun o'lmagan, balki hamma uchun o'lgan. U faqat Eski Ahdning o'jar odamlarni saqlamadi, balki halqlar orasidagi buzilgan naslni ham saqlab qoldi. U O'zining o'limi butun dunyodan bir necha qo'ylarni qutqarishligini aytdi. Hech kim Xudoning oldiga o'zining bitimi bilan kelolmagan; ularga Yaxshi Cho'pon kerak edi. Bu Masih bo'lishi kerak bo'lgan. U shaxsan halqlarning va odamlarning hukmdoridir. Uning ruhiy rahbarligi so'zlari orqali ro'y beradi. Qo'ylar o'zlarining cho'ponlarini ovozini taniganidek, huddi shunday har yerda odamlar Masihning ovozini eshitishga tayyorlanadilar va ularga buni aytiladi. Masihning rahbarligining ostida halqlar orasida aytilganlar va Eski Ahdning saylanganlaridan yangi ruhiy birlik yuzaga chiqdi. Yangi Ahd davridagi odamlar bugun bizning Cho'ponimizdek Iso bilan Xudoning qo'ylaridir. Hursandchilik bilan xushxabarni eshitadigan va Xudoning O'g'li Masihga ishongan hamma haqiyqiy ibodatxonaga tegishlidir, hatto ular har hil diniy guruhga qo'shilsa ham. Bizda bir Ruh, bitta Tangri va bitta Ota bor. Bu Ruh hamma Masihning qoni orqali tozza bo'lganlarga keladi. Masihning qo'rasining birligi har bir burchakdan qo'ylarni to'plash bizning tasavvurimizga qaraganda buyukroqdir. Yaxshi Cho'pon qiyofasida keladi va shon-shuxratga O'zining sodiq va oddiy izdoshlarini boshlaydi. Keyin u yerda bir qo'ra va bir cho'pon bo'ladi. Lekin bugun kimki dunyoviy maqsadlar bilan va insoniy tuzum va yo'llar orqali bir ibodatni yaratishga harakat qilsa o'ziga uning cho'ponidan qo'ylarning diqqatini tortishga harakat qiladigan katta bo'rining changaliga tushish havfida bo'ladi. Demak, agar biz Masihga yaqinlashmasak, bir birimizga yaqin bo'la olmaymiz.

YUHANNO 10:17-18
17 Men jonimni berib, yana qaytib olaman, shu bois Otam Meni sevadi. 18 Hech kim jonimni Mendan ololmaydi, Men O'z ihtuyorim bilan uni beraman. Uni berish ham qaytadan olish huquqim bor. Ushbu muqaddas burchni Menga Otam topshirgan.

Biz Xudo sevgiligiga va Uning O'g'lini hardoim sevishiga ishonamiz. Chunki Iso hardoim nima Otasiga yoqsa shuni qildi. Hozir biz haqiqatdan Xudoga nima yoqishligini o'qiymiz; bu faqat xochdir. Masihning o'limi Xudo orqali qat'iy maqsad edi. Hech qanday gunohdan qo'ylarni saqlaydigan boshqa yo'l yo'qdir, lekin Qo'zining qoni orqali uning muqaddaslanishi va kechirilish orqali saqlanadi.

Isoning o'limi va tirilishi buyuk mo'jizadir; U bizlarga yashash uchun o'lishligini aytgan edi. U O'zini majburiyat ostida taqdim qilmadi, balki o'ylamasdan taqdim qildi, chunki U gunohkorlarni qutqarishni hohlagan edi. U haqiyqiy sevgidir. Uning Otasi Unga dunyoni qutqarish uchun va yana hayotni olish uchun hokimyatni bergan. Hech kim Masihning g'alabasining xochda tugatishga halal berishga qodir emas edi. Shayton va uning izdoshlari Uning qutqrish uchun bo'lgan harakatiga halal berishga urungan; lekin bu qapog'on jonzot Masihning qudratli sevgisining oldida muvafaqiyatsizlikga uchradilar. U na Kaifas, na Pilat, na Uni o'lish uchun zo'rlagan boshqalar emas edilar; bu o'lishga rozi bo'lgan Iso edi. Iso O'ziga yaqinlashgan bo'rining ko'z oldidan qochib ketmadi, balki O'zini bizlarni qutqarish uchun taqdim qildi. Bu esa Xudoning to'la xohishi edi. Iso xochda jannat va do'zaxning o'rtasidagi ziddiyatlikning ustidan g'olib chiqdi. Bu kundan Uning qo'ylarida Qo'zining qoni orqali muhrlangan ishonch bordir. Iso bizlarni O'zining shuhratiga azoblar va majorolar orqali boshqaradi.

YUHANNO 10:19-21
19 Bu gap sabab bo'lib, Yahudiylar orasida yana kelishmovchilik paydo bo'ldi. 20 Oralaridan ko'pi:-Uni jin uribdi, U telbalik qilyapti-ku! Nega Unga quloq solyapsizlar?-der edilar. 21 Boshqalari esa:-Bu jin urganning so'zlari emas, so'qir odamning so'zlarini jin ocha olarmidi?-deb aytishar edi.

Yahudiy boshqaruvchilari orqali Iso o'sha jo'natilgan ayg'oqchilar Shaytonning ayg'oqchilari va qaroqchilaridek Yahudiylarning oralaridagi hokimyatlarni tasvirlab berishini eshitishdan qahrlari kelgan edi; Yaxshi Cho'pon bo'lish Uning da'vosi bilan birga asosan hamma halqlar uchun Cho'pon bo'lishligidek edi - bu ish Yahudiylar tomonidan yovuzlikdek hisoblangan. Ular o'zlarini Xudoning saylanganlaridek ko'rdilar. Ular Isoni iblis egallab olgan va aqldan ozdirgan deb va Undan bezgan deb aytishdi. Ko'p tomoshabinlar bu ayiblashishga qo'shildilar. Bu halq Isoga qarshi chiqayotgan edilar, chunki Uning samoviy talimlari ularning tushunchalaridan narida edi.

Hanuz ba'zi Isoni tinglovchilar Uning so'zlarida Xudoning ovozini eshitayotganlar guvohlik berishlari uchun ularda botirlik bor edi. Uning so'zlari shunchaki fikrlar emas edi, balki kuch bilan va ijod bilan to'lgan edi. U ko'r kishining gunohlarini kechirdi. Ba'zi sodiq halqda Isoning sevgisi tomir otayotganda halqning orasida Isoga qarshi xusumat o'sib bordi. Iso aniq maqsadga sekin-astalik bilan Ruhda hardoim O'zining qo'ylarini yetaklaydi va yetaklab kelgan.

IBODAT: Iso Tangrim, Qo'ylarning Cho'poni, Sen o'jar qo'ylardan voz kechmading, lekin ularni topguningcha qidirding va ular uchun O'z hayotingni qurbon qilding. Bizlarning gunohlarimizni kechirgin. Bilim Ruhini bizlarga berganing uchun rahmat, shunda bizlar Otani Sen bilganingdek bizlar ham Seni bilishimiz mumkin. Sen bizlarning ismlarimizni bilasan va unutmaysan. Sen bizlarni O'zingni hamma izdoshlaring bilan o'stirasan. Ular bilan birlashadiganlarni va eshitadigan halqlar orasidan ularni tanlab ol. Ularni ochko'z bo'ridan saqlagin.

SAVOL:

  1. Qanday qiliib Iso Yaxshi Cho'pon bo'ladi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 11:05 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)