Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 066 (Sheep hear the voice of the true shepherd; Jesus is the authentic door)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula? -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

2 Qism - Nur zulmatda porlaydi (Yuhanno 5:1 - 11:54)
C - Isoning quddusga oxirgi safari (Yuhanno 7:1 - 11:54) -- Mavzu : Zulmatning va nurning bo'linishi
3. Iso yaxshi Cho'pon (Yuhanno 10:1–39)

a) Qo'y haqiqiy cho'ponning ovozini eshitadi (Yuhanno 10:1-6)


Iso 7 va 8 boblarda O'zining dushmanlarini haqiyqiy holatlarini ko'rsatgan, va 9 bobda ularning o'zlaridek Xudoning bilimiga va Uning O'g'liga ko'rliklarini ko'rsatib bergan.10 bobda O'zinikilarni o'zlarining gunohkor yo'lboshchilari ergashadigan majburiyatlardan ozod qiladi va ularni O'ziga chorlaydi.U Yaxshi Cho'pondir va Xudoga boshlaydigan bitta eshikdir.

YUHANNO 10:1-6
1 Sizlarga rostini aytay: kim qo'y qo'risiga eshikdan kirmay, boshqa yo'ldan oshib tushsa, u o'g'ri va bosqinchidir. 2 Eshikdan kirgan odam esa qo'ylarning cho'ponidir. 3 Unga darvozabon eshikni ochib beradi. Qo'ylar uning tovushiga quloq soladi. U esa qo'ylarini nomma-nom chaqirib tashqariga olib chiqadi. 4 U o'z qo'ylarini qo'radan olib chiqib, ularning oldida boraveradi. Qo'ylar esa unga ergashadi, chunki ular cho'ponning tovushini biladilar. 5 Begona kishiga esa ergashmaydilar. Aksincha, begonaning tovushini tanimay, undan qochib ketadilar. 6 Iso bu ibratli naqlni aytib berganida, tinglovchilari Uning nima demoqchi ekanligini tushunmadilar.

Ba'zi qishloqlarda dexqonlar o'zlarining qo'ylarini katta qo'raga to'plashadida, uni kechasi bilan qo'riqlab chiqishadi. Ertalab cho'ponlar kelishadi va qo'raga kirib o'zlarining qo'ylarini chaqirishadi. Qo'riqchilar ularga kirish uchun ruhsat berishadi, va ajib narsa sodir bo'ladi; cho'ponlar o'zlarining qo'ylarini to'polon qo'radan tortib olishmaydi yoki quvib chiqarishmaydi, biroq tanish ovozda ularni chaqirishadi. Qo'y boshqa ovozdan boshqa ovozni ajirata oladi va o'zlarining cho'ponlarining ovoziga ergashishadi. Hatto cho'ponning egasi niqobda kiyingan bo'lsa ham, qo'ylar o'zlarining egalari ortidan ergashishadi. Vaholanki agar sohta cho'pon o'zlarini egalaridek yasaniib kelgan bo'lsa ham, qo'ylar umuman bir qadam ham siljimagan bo'lar edi. Qo'ylar haqiyqiy cho'ponning ovoziga ergashishadi. Chaqirish orqali cho'pon o'zining yam-yashil yaylovlari tiniq suvlari sari yetaklaydi. Uning qo'ylari uning orqasidan boradi; ularning birortasi ham orqada qolib ketmaydi ;ular o'zlarining cho'ponlariga to'la ishonishadi.

Iso bu ramzni Uning ovozini jon deb eshitadiganlar uchun Iso ilohiy Cho'pon ekanligini ko'rsatish uchun bundan foydalandi. U Eski Ahd davridagi odamlarining oldiga tortib olish uchun yoki o'g'irlash uchun kelmadi, balki U ularning oralaridan Xudoning o'zgacha odamlarini tanlab, O'ziga chaqirish uchun keldi. Iso odamlarni qutqardi va ularni doimiylik ruhiy oziq bilan ovqatlantirdi. Boshqa "cho'ponlar" yirtqich bo'rilardek qo'y podasining atrofida izg'ib yurgan qaroqchilarga o'xshaydi. Ular ayg'oqchilarning va yolg'onchilarning yordami bilan kirib kelishadi. Ular o'zlari uchun qo'ylarni tortib olishadi va ularga ochko'zlik bilan hamla qilishadi. Ular o'zlari uchun yashashadi va o'zlarini izzat-hurmat qilishadi. Ular haqiqatdan qo'y podalariga hizmat qilishmaydi. Xudo tomonidan chaqirilmagan ibodatxonalardagi cho'ponlar va hizmatkorlar haqiqatdan Masihda qolishmaydi, Xudoyimiz bundaylarni qaroqchilar deb ataydi. Ular yordam berishdan ko'ra zarar keltirishadi.

Iso avvaldan Uning asl izdoshlari vaqtida havfni sezib notanish cho'ponlardan yiroqda bo'lishlarini va ulardan saqlanishlarini aytib berdi. U 23 Zaburda yozilganidek O'zining qo'ylarini Xudoning O'zi ularni boqishini vadasiga ishonishlari uchun ularga buni aytdi.

Odamlar o'zlarining 'cho'ponlari' bevafo va yomon ekanligini sezmasdan Isoning so'zlarini tushunmadilar (Yeremiya 2:8; 10:21; Izikel 34:1-10; Zakariyo 11:4-6). Bundan qat'iy nazar, Xudo Muso va Dovuddek ularga sodiq cho'ponlarni jonatishga va O'zi ularning Yaxshi Cho'ponlari bo'lishga tayyor edi. Kalom cho'ponga oid kinoyalardan foydalanadi; shunaqa terminlar "cho'pon" va "poda, "Xudoning Qo'zisi" va " qon to'kilish orqali najot", bularning hammasi cho'ponga oid qishloq joyning shakllarini fikridan kelib chiqadi. Xudo O'zining O'g'lida bizlar uchun O'zining kerakli g'amho'rligini takidlab Yaxshi Cho'pon deb nomlanadi.


b) Iso ishonchli eshikdir (Yuhanno 10:7-10)


YUHANNO 10:7-10
7 Shu sababdan Iso yana gap oldi: "Sizlarga rostini aytay: Men qo'ylarning eshigiman. 8 Mendan ilgari o'tganlarning hammasi o'g'ri va bosqinchi edilar. Lekin qo'ylar ularga quloq solmadi. 9 Men eshikman. Kim Men orqali kirsa, najot topadi. U kirib chiqib, yaylov ham topadi. 10 O'g'ri faqat o'g'irlash, bo'g'izlash, barbod qilish uchun keladi. Men esa ularga hayot, farovon hayot berish uchun kelganman.

Iso O'zini Xudoning podasiga boshlaydigan eshikdek tasvirlab berdi. Masihdan boshqa ibodatxonada qutqarishga bog'liq hech qanday yo'l yo'qdir. Kimki Masihsiz bir aqidani tashkil qilishga harakat qilsa, u Xudoning qo'ylarining fikrlarini yolg'onlar bilan chalg'itgan o'g'iriga o'xshaydi. Muqaddas Ruh bizlarni nato'g'ri yo'llardan boshlamaydi, balki tor eshik bo'lgan Iso tomon boshlaydi. Hech kim Uning tanasini yemasdan, qonini ichmasdan va Xudoning bolalariga to'g'ri hizmat qilmasdan to'g'ridan-to'g'ri kirmaydi. Bizlarning o'zimiz yutug'imiz uchun va Masihning bag'riga kirishimiz uchun o'lishimiz kerak; shunda biz Uning qo'ylarining qismi bo'lamiz.

Masihdan oldin yoki keyin paydo bo'lgan hamma yuksalgan odamlar va Uning Muqaddas Ruhida yashamaganlar yolg'onchi o'g'iridirlardir. Iso agar Unga ishonmasa va itoat qilmasa hamma falsafachilarni, idiyachilarni va halqni yatakchilarini o'g'irilar deb aytadi; ular o'zlarining talimlari bilan va odatlari bilan olomonni buzishadi. Lekin Masihning Ruhida yashaydigan haqiyqiy payg'ambarlar eshik orqali Xudoga kelayotgan singan yuraklar edi. Iso ularni tayyorlagan va ularni O'zining qo'ylariga sodiq hizmat qilish uchun jo'natgan.

Agar o'zi uchun o'lmasa va o'zini saqlash uchun Isoga yopishib olmasa, hech kim Xudoning bag'riga kira olmaydi. Iso uning itoatkorligini qo'ylarning shohi va ruhoniylari qiladi. Sodiq cho'pon saqlanib qolish uchun odamlarga murojat qilish uchun dunyoga eshikdan chiqadi. Keyin u ularda qolish uchun va ular unda bo'lish uchun Masihning tanasiga ular bilan qaytadi. Shunday cho'ponlar o'zlarini qo'ylarga eng yaxshidek hisoblamaydilar, chunki ularning hammasi Masihga kiradi. Kimki itoatkorlikda yashasa o'zining Tangrisida to'la kuchni va bilimni topadi. Kamtar yurak Isoda muvaffaqqiyatli yaylovni topadi.

To'rt marta Iso boshqalarni buzadigan va o'zining shon-shuxratini qidiradigan ruhoniylarni va xattotlarga qarshi qo'ylarini ogohlantiradi.

Huddi shu vaqtda Masih haqiyqiy yaxshilik va tinchlik hayotni berish uchun va boshqalarga uni marhamat manbayi qilish uchun O'ziga har bir kishini chaqirdi. Kimki Masihga kelsa, boshqalar uchun oqadigan yaxshi buloq qiladi. Cho'ponlar o'zlari uchun yashashmaydi, lekin ular qo'ylar uchun o'zlarining hayotlarini va kunlarini qurbon qilishadi. Xudoning Ruhi bizlarga faqat bizning shaxsiy najotimiz uchun samoviy hayotni bermaydi, balki bizlarni o'zimizdan kechib boshqalarni sevish uchun cho'ponlar qilib tayinlaydi. Sevgining o'sishi bilan jo'shib-toshishadi. Masih uchun hizmatga qaraganda hech narsa yoqimliroq emas! Bu shunday ifoda orqali shuni anglatadi, "Ularda mo'l-ko'l hayot bo'lishi mumkin!"

IBODAT: Iso Masih Tangrimiz, Xudoga yetaklaydigan eshik bo'lganing uchun raxmat aytamiz. Biz Senga sajda qilamiz chunki Sen bizlarni Xudoga va odamga hizmat qilish uchun O'zinga chaqirding. O'zimiz itoat qilishimizga va haqiyqiy hayotni topishimizga yordam ber. Sening Ruhing orqali boshqarilgandek qalblar g'olib chiqishi uchun ruHsat ber va bizga beradigan inoyat bilan hammaga marhamatli bo'lishimiz uchun ruhsat bergin.

SAVOL:

  1. Qanday marhamatlarni Iso O'zining qo'ylariga beradi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 11:04 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)