Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 064 (Healing on the Sabbath)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula? -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

2 Qism - Nur zulmatda porlaydi (Yuhanno 5:1 - 11:54)
C - Isoning quddusga oxirgi safari (Yuhanno 7:1 - 11:54) -- Mavzu : Zulmatning va nurning bo'linishi
2. Ko'r tug'ilgan kishiga shifo berish (Yuhanno 9:1-41)

b) Yahudiylar shifo topgan kishini tergov qilishadi (Yuhanno 9:13–34)


YUHANNO 9:24-25
24 Shunday qilib, ilgari ko'r bo'lgan odamni ikkinchi marta chaqirishdi:-Xudoni ulug'la! Biz u Odamning gunohkorligini bilamiz, -deyishdi. 25-U gunohkormi, yo'qmi, men bilmayman,-deb javob berdi u. -Men shuni bilamanki, men ko'r edim, endi esa ko'zlarim ko'ryapti.

Farziylar unga hukm o'tkizdirib Isoda kuchsiz tomonini topishga qattiq harakat qildilar. Yana ular oldilariga bu shifo topgan kishini olib kelishdi-da uni Isoga qarshi gapirishga va bir ikta gina bilan ayiblash uchun ont ichishga uni majbur qildilar. Ular Iso gunohkor bo'lishligini bilgan qonun mutahasislaridek tasdiqladilar; ularga hamma kerak bo'lgan narsa bu aniq dalil edi. Ular bu odamni bunga qo'shilishga va Isoni ayiblashga majbur qildilar va ular bu odamning shifo topishi Nazariyalikning ulug'lanishiga emasligini bu odam tan olishini xohlashgan edi. Lekin u donolik bilan javob berdi, "U gunohkormi, yo'qmi bilmayman, faqat Xudo biladi. Men bir narsani bilaman-men ko'r edim hozir esa ko'ryapman." Bu dalilni rad etib bo'lmaydi. U mo'jizani, ilohiy kuchni va kechirim inoyatini isbotlaydi. Bu yosh kishining guvohligi minglab imonlilar ma'qullashi bilan birdir. Ular jannat va do'zahning sirlarini bilmasliklari mumkin, lekin ular qayta tug'ilishni qabul qildilar. Ularning har biri shunday deb da'vo qilishi mumkin, "Men ko'r edim,hozir esa ko'ryapman."

YUHANNO 9:26-27
26 -U senga nima qildi? Ko'zlaringni qanday ochdi?-deb yana undan so'radilar. 27-Oldin ham men sizlarga aytgan edim-ku, ammo sizlar quloq solmayapsizlar! Yana nima xohlaysizlar?Nahotki sizlar ham Uning shogirdlari bo'lmoqchisizlar?-dedi u odam.

Bu yosh odamning javobi bilan qanoatlanmasdan, Farziylar uning gapida zidma-zidliklarni topishga harakat qilishdi va undan hikoyasini qaytarishni so'rashdi. Uning jahli chiqib shunday dedi, "Bir martada tushunmadingizmi? Uning shogirdlari bo'lishlaring uchun yana bir marta bu hikoyani eshitmoqchimisizlar?"

YUHANNO 9:28-34
28 Yahudiy din arboblari esa uni jerkib:-Sen Uning shogirdi, biz Musoning shogirdimiz. 29 Biz bilamizki, Musoga Xudo gapirgan. Bu Kishi-chi, Uning qayerdanligini ham bilmaymiz,-deyishdi. 30 -Ana shunisi juda ajablanarli-da! -dedi ularga ko'zi ochilgan odam. -Sizlar Uning qayerdanligini bilmaysizlar, ammo ko'zlarimni ochgan ana Shuning O'zi! 31 Ma'lumki, gunohkorlarga Xudo quloq solmaydi. Biroq kim Xudodan qo'rqib, Uning irodasiga amal qilsa, Xudo uni tinglaydi. 32 Tug'ma ko'rning ko'zlarini birov ochganligi dunyoda eshitilmagan gap. 33 Agar U Kishi Xudodan bo'lmaganida, hech narsa qilolmas edi. 34 Yahudiy din arboblari bunga javoban:-Sen o'zing butunlay gunoh ichida tug'ilgan ekansan-ku, endi bizlarga aql o'rgatyapsanmi?-deyishti-da, uni quvib chiqarishdi.

Yosh kishi hattotlarni va olimlarni mazax qilgandan keyin, ular baqirib ketishdi va shunday deb uni haqoratlab ketishdi, "Biz emas, sen bu yolg'onchining shogirdisan. Biz Xudo bilan gaplashgan Musoga ergashamiz." Iso ilgari ularga agar ular Musoni to'g'ri tushunishganda, ular uning so'zlarini eshitishgan bo'lishar edi va ularga amal qilgan bo'lishlarini ma'lum qildi. Lekin ular Musoning so'zlarini o'girib, o'zlarini oqlash uchun bulardan foydalandilar, ular na uni tushundilar, na u orqali gapirgan Ruhni taniy oldilar.

Shunda shifo topgan kishi shunday javob berdi, "Tug'ma ko'rni ko'zlarini ochadigan Zodda ijodiy kuchlar bor. U qudratli va qobilyatlidir. Uning yumshoqligida U meni ayiblamadi; U pul so'ramadi, balki U menga bekorga mehribonlik hizmatini taklif qildi. U hatto Unga rahmat aytishim uchun kutib turmadi. Men Unda kamchilik yoki bororta ham dog' topolmadim.

Bu yosh kishi, "Eski Ahdning har bir a'zosi, mag'rur odamning ibodatlariga Xudo javob bermasligini bilishlarini tan oldi. Insondagi gunoh Xudodan marhamat kelishiga to'sqinlik qiladi. Lekin Muqaddas Xudoning oldida buzilgan, gunohni tan olib, imonni qidirib va minnatdorchilik bilan sevadigan kishiga Xudo gapiradi."

Sizlarning hech biringiz mening ko'zlarimni ocholmadingiz, hech kim buni qila olmaydi chunki Isodan boshqa hamma gunoh qilgan. U meni shifolashga qodir edi va U gunohsizligini isbot qila olardi. Xudo Unda yashaydi. Buni so'rab-surishtirish davomida Iso haqida o'ylash uchun majbur qilinib, uni Isoni O'zining ayibsizligida va ilohiyligida bilishga uni majbur qildilar.

Shunda o'zini haq deb o'ylaydigan dindor halq uni shunday deb lanatladilar, "Hech kim senga o'xshab ahloqsiz emas, shuningdek ota-onang ham. Sening ahloqsizliging sening ko'rligingda vujudga kelgan." Bu dindor halq bu bechora kishiga qaraganda kuchliroq ko'r ekanliklarini tushunishmadi. Iso ularga uning nomidan ular bilan qila oladigan narsani ko'rsatib, havoriy qilib undan foydalanayotgan edi. Lekin ular bu shifo topgan habarchi orqali Masihning ta'limlarini rad etishdi. Shunda ibodatxonadan majburlab uni chiqarib yuborishdi. Bu chiqarib yuborish Kengash zalida manashu kishini Isoning hizmatkori deb aytishganda bu birinchi sodir bo'ldi. Bu kunda u shifo topgan kishi bo'lgan va o'zining halqi tomonidan rad etilgan va u ularning ruhi Masihning Ruhi bilan to'g'ri kelolmaganiga dalil bo'lgan.

SAVOL:

  1. Bora-bora bu yosh kishini surishtirishganida bu kishi nimani sezdi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 11:02 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)