Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 062 (Healing on the Sabbath)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula? -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

2 Qism - Nur zulmatda porlaydi (Yuhanno 5:1 - 11:54)
C - Isoning quddusga oxirgi safari (Yuhanno 7:1 - 11:54) -- Mavzu : Zulmatning va nurning bo'linishi
2. Ko'r tug'ilgan kishiga shifo berish (Yuhanno 9:1-41)

a) Dam olish kunidagi shifolash (Yuhanno 9:1-12)


YUHANNO 9:1-5
1 Iso o'tib ketayotganida, Uning ko'ziga bir tug'ma ko'r odam chalindi. 2 Shogirdlari Isodan:-Ustoz buning ko'r bo'lib tug'ilishida kim gunohkor, o'zimi yoki ota-onasimi?-deb so'radilar. 3 Iso shunday javob berdi:-Bunda na o'zi gunohkor, na ota-onasi, balki Xudoning ishlari unda namoyon bo'lishi uchun ko'r tug'ilgan. 4 Kun yorug' ekan Meni Yuborganning ishlarini qilishim lozim. Ana tun kelyapti, o'shanda hech kim ish qila olmaydi. 5 Men olamda bor ekanman, olamning nuridirman.

Isoni toshbo'ron qilmoqchi bo'lgan O'zining dushmanlaridan tezda qochib ketmadi, balki U azob chekayotgan birodar kishini jiddiy holatda ekanligini payqab qoldi. U kechirish sevgisidir va marhamatda samiymiydir. Shogirdlar ham bu ko'r odamni ko'rdilar lekin o'ta tashvishlanmadilar. Uni o'rniga ular, oldingi zamondagi ko'p odamlar kasalliklar ba'zi gunohga yoki boshqaga sabab bo'lgan deb va bu Xudodan bo'lgan jazo deb o'ylashgandek bu baloga sabab bo'lgan ayb haqida o'ylashdi. Iso bu nuqsonning sababini ta'riflamadi; U bunga ota-ona yoki yosh odam aybdormasligini e'lon qilmadi, lekin Iso bu odamning azob-uqubatida Xudo ishlash uchun bir imkonyatni ko'rdi. Iso bu miskinni hukm qilishga shogirdlariga yoki ko'rlik sabablarida falsafachilarga ruhsat bermasdi. Iso ularni oldinga siljishlariga qistadi va ularga Xudoning irodasini maqsadini, najotni va shifolashni ko'rsatib berdi.

"Men ishlashim zarur",dedi Iso.Sevgi Uni majbur qildi,Unda hukm qilish yoki barbod qilish istagi yo'q edi,biroq muhabbatda shifolash hohishi bor edi.U O'zining qutqarish sevgisini , e'tiqodini va maqsadlarini ko'rsatadi.U ilohiy hayotga odamlarni tashkil qilishni hohlaydigan dunyoning Najotkori.

Biz ham Isoning shunday aytgan so'zlarini eshitamiz, "Men O'zimning nomimdan yoki O'z kuchim orqali ish qilmayman; balki Men Otamning ishlarini Uning nomidan va U bilan birgalikda bajaraman." O'zining ishlarini Iso Xudoniki deb atadi.

Iso bu vaqt qisqaligini va o'limi yaqinligini bilar edi. Shunga qaramay, U ko'r odamni shifolash uchun vaqt ajiratdi. U hayot nuri bilan bu ko'r kishini ruhlantiritishni xohlagan dunyoning nuridir. Na U, na biror avliyo biror narsa qilgani kelishga vaqti bor edi. Holbuki bu kun voizlik qilish uchun fursatlar bor, kelinglar U haqida shahodat beraylik. Zulmat kuchayyapdi, va bizning dunyomizda Masihni qaytib kelishidan boshqa hech qanday umid yo'q. Kim Uning yo'lini tayyorlaydi?

YUHANNO 9:6:7
6 Iso bularni aytdi-yu, yerga tupurdi, tupukdan loy qilib, ko'rning ko'zlariga surtdi. 7 -Borib Siloam hovuzida yuvin,-dedi unga.(Siloam-"Yuborilgan" demakdir). Ko'r odam borib yuvindi va ko'zi ochilib qaytdi.

Iso oddiy so'z orqali O'zining mo'jizasini ko'rsatdi. Lekin bu Iso yerga tupirdida, tupikdan loy qilib, uni ko'r kishining ko'zlariga surtdi. Iso Xudoning tanasidan bu ko'r kishiga biror narsa berilganligini bu ko'r kishi his qilishini xohlagandi. Iso bu ko'r odam uchun sog'ayishiga uni yetaklash uchun eng yaxshi ishda u bilan muomala qilganini his etdi. Voajab, bu kishining ko'zlari birpasda ochilmadi. U vodiyning etagiga Siloam ko'lida (Siloam ma'nosi "Yuborilgan") o'zini yuvish uchun yo'lda yurib borishiga to'g'ri kelgan va buning ramzi, shifo topish Uning odamlariga jo'natilish ma'nosini bergan edi. Ularning o'zlari Iso beradigan shifoni va najotni ham qabul qilish uchun muhtoj bo'lib, ayb- gunohlarda ko'r bo'lib tug'ilishgan.

Bu ko'r odam Masihning va'dasini qabul qildi va Uning sevgisiga ishondi. U o'shandayoq ishondi. U o'zining yo'l-yo'riqlari savolida yurib bordi. U oldinga yurib, ko'zlarini yuvdi va shunda u ko'ra boshladi. Shunda u odamlarni, suvni, nurni, o'zining qo'llarini va osmonni ko'rdi. U bularning hammasini hayrat bilan ko'rdi. Uning ovoziXamdu-sanolar va Xudoni ulug'lash bilan jarangladi.

YUHANNO 9:8-12
8 Shunda uning qo'shnilari va ilgari uni ko'r bo'lib o'tirganini ko'rgan odamlar: Bu haligi tilanchilik qilib o'tirgan ko'r odam emasmi?-deb so'rashdi. 9 Ba'zilar Bu hiddi o'sha, -desalar, boshqalar: O'shanga o'xshaydi,-deyishardi. Odamning o'zi esa: O'sha menman,-deb takidlardi. 10 Unday bo'lsa, ko'zlaring qanday ochildi?-deb so'radilar. 11 Iso degan kishi tupikdan loy qilib ko'zlarimga surtdi-yu, "Borib Siloam hovuzida yuvin", dedi. Men borib yuvindim va ko'radigan bo'lib qoldim,-dedi u odam. 12 U qayerda? - deb so'radilar. -Bilmayman,-deb javob berdi u.

Bu mo'jiza yashirin qolmadi, chunki uning qo'shnilari shifo topgan bu kishini ko'rishdi va juda hayron qolishdi. Ba'zilar bu to'g'ri yuradigan odam siljiganida ikkilanib qoqilishga odatlangan va tez-tez bir guvoh orqali yetaklangan bu kishiligiga ishonishmadi. U ular bilgan huddi o'sha odam ekanligiga guvohlik berdi.

Odamlar uning shifo topishi haqida ko'proq bilish uchun so'rab surishtirdilar,l ekin Shifokor haqida so'ramadilar, faqat buni qanday qilingani to'g'risida so'rab surishtirdilar. Bu shifo topgan ko'r kishi Isoni o'zining Shifokori deb aytdi, va U haqida ozgina ham bilar edi. U Masihning xudojo'yligi haqida nodon edi, lekin Isoni, loy qilib uning ko'zlariga loyni surtgan insondek ko'rdi. Keyin Iso unga yuvinishni buyurdi va shunda u ko'ra boshladi.

Shunda, Kengashning ayg'og'chilari shunday deb so'rashdi, "Bu Iso qayerda?" Bu yosh odam shunday deb javob berdi, "Bilmayman; o'shanda men ko'r edim lekin hozir ko'ryapman. U mendan pul yoki rahmat aytish uchun so'z so'ramadi. Men buloqqa tushdim va hozir ko'rolyapman. Men U kimligini yoki qayerdaligini bilmayman."

IBODAT: Iso Tangrim, biz Sendan minnatdormiz; Sen bu ko'r kishidan o'tib ketmading va uni mensimay qo'ymading. Sen uning ko'zlarini ochib yubording va uni gunohda tug'ilgan hamma uchun bir nishona qilding. Bizning ko'zlarimizni O'zingning Muqaddas Ruhing orqali tozala va shunda biz Sening nuringni ko'ra olamiz va hirsandchilik ila ismingni tan olamiz.

SAVOL:

  1. NIma uchun Iso ko'r tug'ilgan kishini shifoladi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 11:00 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)