Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 060 (The devil, murderer and liar)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula? -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

2 Qism - Nur zulmatda porlaydi (Yuhanno 5:1 - 11:54)
C - Isoning quddusga oxirgi safari (Yuhanno 7:1 - 11:54) -- Mavzu : Zulmatning va nurning bo'linishi
1. Ma'baddagi bazmda Isoning so'zi (Yuhanno 7:1 – 8:59)

f) Iblis qotil va yolg'onchidir (Yuhanno 8:37-47)


YUHANNO 8:44
Sizlarning otangiz-iblisdir. Sizlar o'z otangizning nafsu ehtiroslarini bajo keltirmoqchisizlar. Azaldanoq iblis qotil edi. U haqiqat tomonida turmagan, chunki unda haqiqat yo'q. U yolg'on so'zlaganda, o'ziga yarasha so'zlaydi. Chunki u yolg'onchi, yolg'onning otasidir.

Iso Uni sevmagan hammaga iblis ularning otasi ekanligini aytadi. Bu bilan Iso hatto Yahudiylar Xudoni bilishga davo qilgan bo'lsalar ham Yahudiylarga ular haqidagi haqiqatni ko'rsatib berdi. Bu qonunchilar Xudodan uzoqda edilar. Iblis ularning otalari edi.

Iblis qayerga borsa ham g'ala-g'ovurga sabab bo'ladi. Iblisning maqsadi Xudoning ijodidan barbod qilishga olib kelishdir. U har bir insonda kuchsiz taraflarini qidirib yuradi va hukmronlik qilishga yolg'onchilik orqali vasvasaga soladi va gunohlarga berilish uchun uni boshqaradi. Keyin yiqilgan odamni ayiblab, bechorada hukmning jazosini oqlab, u Xudoning taxtiga yugiradi, qanday hunuk yolg'on!

Iso Shaytonni yaxshi niyatdan uni mahrum qilgan yomon shahvoniy hirs-havaslarning jami u bo'lganligini e'lon qildi. U hammadan nafratlanib, o'ziga qul bo'lgan. Bu bir ruhda Masihning hamma dushmanlari boshqalarni va o'zlarini barbod qilib, o'zlarining shahvoning hirs-havaslari orqali boshqarilib yashaganlar. Xudodan ajiralib yashagan hamma ularda Shayton gijgijlagan yovuzlikka bog'langan bo'ladilar.

Shaytonning hirs-havaslari nima? Iso bizlarga u boshidan qotil bo'lganligini aytadi; bu, u insondagi Xudoning suratidan jirkanishidir. U Xudodan, hayot Beruvchidan o'zini ajiratdi. Unda abadiy o'lim ro'y berdi. U o'lim hukmroni edi. Uning maqsadi hamma tirik jonzotni tugatishdir.

Bu yirtqichlikning sababi yolg'ondir. Iblis Odam Ato va Momo Havoni ishonchsizli tomon va Xudoning buyrug'i haqida yolg'on gapirib ularni aldash orqali yo'ldan ozdirdi. U o'zini ham Xudoga qaraganda kuchliroq, chiroyliroq va buyukroq bo'lishga o'zini tasavvur qilib, farishtali ruh boshqaryotgan payitda o'zini laqillatdi.

O'zini aldash o'zining yuksak ko'rishning chegarasini bilmagan va jahannamga qulagan bu Shaytonning mohiyatidir. Masih buning teskarisi. U muloyim va kamtardir. Achinarlisi shundaki, inson Masihning birligini va o'zidan voz kechishligiga qaraganda xatoni va mag'rurlikni afzal ko'radi. Yolg'onchi zaharli ilonlarning zahari bo'lgandek yolg'onchi og'izlardan yolg'onchilarning armiyasini safarbar qiladi. U yerda hech qanday bir kishi orqali boshqalarga ishonch ko'rsatilmaydi.

Bir ayol onasiga shunday dedi, "Hamma yolg'onchidir; ular bir biriga kulgulari bilan hushomad qiladi. Har bir inson o'zini ulug'laydi, o'quvchilar imtihonlarda aldaydi va sotuvchilar yo'lg'on gapiradi. Hatto uyda ham yolg'on eri-hotinlarning orasida yuz beradi. Hech kim o'zgaga ishonmaydi, har bir inson o'zini faqat to'g'ri inson menman deb hisoblaydi.

Shaytonning chaqiriqlari aldashdir! Tez-tez bu yolg'onlarning ba'zisi yarim haqiqatdir. Shayton har bir yo'lg'onni rosga o'xshatadi. U yolg'onchidir va yolg'onlarning otasidir.

YUHANNO 8:45-47
45 Ammo Men haqiqatni so'zlayotganim uchun, Menga ishonmayapsizlar. 46 Qaysi biringiz Meni biron gunoh bilan ayblay olasiz? Agarda haqiqatni so'zlayotgan bo'lsam nega Menga ishonmayapsizlar? 47 Kim Xudoniki bo'lsa, Xudoning so'zlarini eshitadi. Sizlar esa Xudoga bogona bo'lganingiz uchun, eshitmayotirsiz.

Faqat Iso haqiqatni gapiradi, va Xudoning haqiqatini ochib beradi. Uning so'zlariga ishongan kishilar bahtlidir. U olamning haqiqatini biladi, lekin U hamma aytganlarida sodiq qolib, kamtar bo'ladi.

Ko'pchilik bu haqiqatning yaxshi habarini qabul qilolmaydilar, chunki buni Iso gapiradi. Agarda Iso aytganlarini siyosatchi boshliqlar yoki dinni tashkil qiluvchilar aytganida edi, odamlar unga ishongan bo'lar edilar. Lekin Iso oddiy odamdek gapirganda odamlar Uni rad etdilar, chunki ular o'zidan kechishga qaraganda hukmronlikni va buyuklikni istashadi.

Iso Yahudiylardan so'radi, "Nimaga ishonmaysizlar? Mendan yolg'onni yoki mag'rurlikni yoki yovuz hatti-harakatni topdingizmi? Yo'q, Men hardoim haqiqatni gapiraman va yolg'ondan tashqarida yashayman. Men ayibsiz, to'g'ri va Haq Xudoman, hiyla ishlatadigan yoki yolg'onchi emasman."

Oxiri, Iso g'alayonchi odamlariga shunday deb e'lon qildi, "Xudodan bo'lgan kishi Uning so'zlarini eshitadi va Uning ovozini taniydi. Xuddi bola otasining ovozini boshqalarning ovozidan ajiratib oladigandek. Ona ham bolasi yig'laganda ovozini eshitib yugirib boradi. Shunda Xudoni chaqirgan ham samoviy Otasining ovozini eshitadi, lekin Xushxabarni tushuna olmaganlar, Xudodan emaslar. Bu kishi balki dindor, nomoz o'qiydigan va ro'za tutadiga bo'lishi mumkin, lekin hali ham uning otasi iblis bo'lishi mumkin. Bizning xudojo'yligimiz bizlarni qutqarmaydi, ammo Masihning qoni orqali qayta tug'ilish qutqaradi, shunda Ruh bizning ustimizga kelib bizda qolishi mumkin. Sizning otangiz kim, Xudomi yoki Shaytonmi? Javob berishga shoshilmang, lekin o'zingizni maqsadlaringizni Iblisniki bilan solishtirib ko'ring va Masihning ishlari va bu tavba bilan solishtirib ko'ring."

IBODAT: Ey osmondagi Ota, O'zingni sevging va bizlarning gunohlarimiz haqida bizlarga haqiqatni o'rgatganindan minnatdormiz. Mening yolg'onlarimni kechir, hamma nafratdan va mag'rurlikdan meni ozod qilgin. Shaytonning kuchidan meni tortib olgin, shunda men o'zligimdan voz kechay va o'zlik yolg'onda qolmayin. Mening yuragimni va quloqlarimni O'zingni xushxabaringa ochib yubor, va meni kamtar va sodiq inson qilgin.

SAVOL:

  1. Bizga Iso aniqlab bergan iblisning sifatlari qanday?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 10:58 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)