Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 050 (Disparate views on Jesus)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula? -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

2 Qism - Nur zulmatda porlaydi (Yuhanno 5:1 - 11:54)
C - Isoning quddusga oxirgi safari (Yuhanno 7:1 - 11:54) -- Mavzu : Zulmatning va nurning bo'linishi
1. Ma'baddagi bazmda Isoning so'zi (Yuhanno 7:1 – 8:59)

b) Odamlar va oliy kengashning orasidagi Iso haqidagi har hil fikrlar (Yuhanno 7:14-53)


YUHANNO 7:21-24
21 Iso esa O'z so'zida davom etdi:-Men bitta ish qildim, hammangiz bunga hayron qolyapsizlar. 22 Muso sizlarga sunnatni buyurgan ( sunnat aslida Musodan emas, balki ota-bobolardan merosdir), sizlar esa dam olish kunida o'g'il bolani sunnat qilyapsizlar. 23 Musoning qonuni buzilmasin deb, hatto dam olish kuni o'g'il bola sunnat qilinadigan bo'lsa, nega sizlar Menga dam olish kuni odamzodni butunlay sog'aytirdi, deb g'azab qilasizlar? 24 Yuzaki hukm qilmanglar, hukmingiz adolatli bo'lsin.

Iso to'g'ridan to'gri yahudiylarning Uni jin uribdi degan gaplariga javob bermadi, lekin Iso olomon Uni o'ldirish uchun o'lim haqidagi gapni to'plaganliklari adolatsizlik ekanini ko'rsatdi. Iso ularga boshqaruvchilarining Unga qarshi hukm qilishi Dam olish kunida Bayt-saydadagi shol odamga shifo berishi uchun rejalashtirilganini eslatib o'tdi. Iso u odamga to'shagini olib uyiga kitishini buyurdi. Bu buyuk mo'jiza edi, va bu mo'jiza Unga qarshi talabning rad etishga loyiq edi.

Keyin Iso qonun mutahasislari o'zlari bu qonunni to'la bajarmaganliklarini tasdiqladi. Bu qonunda o'zining zidma-zidliklari bor: Sunnat Xudo bilan ahd qilishning belgisidir, vaholanki Dam olish kuni Muqaddas Xudoning dam olish kunidagi do'stlik haqida gapiradi. Odamlar bolalarini tug'ilgandan keyin yettinchi kunida hatna qilishlariga to'g'ri kelgan, lekin bu Dam olish kunida qulashi mumkin. Hatna qilish ishmi?

Holbuki kasallik gunohning natijasi deb hisoblaniladi, va sog'ayishning manosi najot, tana, qalb va ruhdir. Shunda Iso dam olish kunida hatna qilishdan mehr-shavqat hizmatini farqlash uchun ularning fikrlarini ishlatishlariga harakat qildirdi, qaysi biri ko'proq hayotiy edi? Shunda Iso O'zining sevgisini, kuchini va najotini o'lchovini tushinish uchun ularni uyg'otish haqidagi vositadek mantiqdan foydalandi. Urinish behuda edi; ularning quloqlari eshitmasdi va ruhlari qotib ketgandi, qaror va yaxshi kukm ular uchun mumkin emas edi.

YUHANNO 7:25-27
25 Shunda ba'zi Quddusliklar gapga kirdi:-O'ldirish uchun qidirib yurishgan shu emasmi? 26 mana U bemalol so'zlayapti, Unga qarshi hech kim hech narsa demayapdi. Nahotki boshliqlar Uning haqiyqiy Masih ekanligiga tan berishgan bo'lsa? 27, Axir Buning qayerdan ekanligini hammamiz bilamiz-ku, biroq Masih kelganda, uning qayerdanligini hech kim bilmaydi.

Quddus halqi olomonni topish uchun mabadga qaytib keldilar. Ular Isoni diqqat markazlaridaligini payqaganlarida ularning jahllari chiqdi, holbuki Uni qo'lga olish uchun farmonga qaramay U hali ham erkin yurgandi. Bu yangiliklar oddiy bilim edi.

Poytahtning fuqorolari kengash ustidan, buni qo'lga olishga ojizligi uchun mazah qilishdi. Rimliklar Yahudiylarning qoidalaridan o'lim jazosini haybatli haqini chetlatishdi. Odamlar hiringlashib shunday deyishdi, "Xohlangan odam qo'rqmasdan ma'bad hovlisida voizlik qilib shaharda erkin yuradi. Hukmdorlarda Uni taqiqlash uchun hech qanday kuch yo'qdir. Ruhoniylar Iso bilan baxslashish uchun Uni pastga olib ketishga qurbilari yetmaydi."

Boshqalari shunday javob qilishdi, "Sizlar tushunmaysizlar, hukmdorlarning ba'zilari Unga Masihdek ishonishlari mumkin. "Bu Isoni qo'lga olish uchun ularning toyishlarini tushuntirish uchun qilingan belgi edi. Umum fikr hamma guruhlar orasida bo'lindi.

Uchinchi fikr: Agar Masihning kelishi tahmin bo'lsa U sirli shakildagi shon-shuhratda porlar edi, va oddiy inson bo'lmagan bo'lar edi. Bu yosh odam tog'li qishlog'dan bo'lgan duradgor edi. Haqiyqiy Masih osmondan tushadi, odddiy odamlar orasidan emas.

YUHANNO 7:28-30
28 Bunga javoban Iso ma'badda ovozini baland qilib, shunday ta'lim bera boshladi:-Sizlar Mening kimligimni ham, qayerdanligimni ham bilasizlar. Lekin Men O'z-O'zimdan kelganim yo'q. Meni Haq yuborgan, sizlar Uni bilmaysizlar. 29 Men Uni bilaman, chunki Men Uning oldidan kelganman, Meni O'sha yuborgan. 30 Bu so'zi uchun Isoni ushlashga intildilar. Biroq hech kim Unga qo'l uzatmadi, chunki Uning vaqti-soati hali kelmagan edi.

Iso bu bahslashuvlarni hurmat bilan eshitdi. U shunday deb jar soldi, Sizlar Meni bilasizlarmi? Yoki qayerdan ekanligimni bilasizlarmi? Sizlar o'zlaringni hukmlaringdagi yuzaki odamlarsilar va Meni bilish uchun harakat qilmaysizlar. Menga quloq tuting, Mening Ruhimga chuqur kiring. Shunda Men kim ekanligimni va qayerdan kelganligimni bilib olasizlar."

Iso O'zini O'zi jo'natmadi, balki Uning davomchisi bo'lgan Xudo Uni orqasida turgan edi; Isoning Otasi Uni yuborgan Zod edi. Iso Otasining tabiatidan bo'lgan va hatto U bilan birlashgan edi. U shunday deb qo'shib qo'ydi, "Hech biringiz Xudoni bilmaysizlar, hatto siz U shu yerda ma'badda ekanligini bilmaysizlar. Sizlarning ruhoniylaringiz ko'rdirlar; ular ko'rmaydilar, yoki Uning haqiyqiy ovozini eshitmaydilar. Shunday qilib siz o'zingizni o'zingiz aldayapsizlar."

Keyin U shunday dedi, "Men Uni bilaman." Xushxabarning mag'zi budir, Iso Xudoni biladi, va U bizlarga Otaning ismini va Uning ovozini e'lon qiladi. Nazaryalik Iso Otasi bilan yaqin doyimiylikda yashab gunohsiz edi. Holbuki boshqalarning hammasi o'zlarini Muqaddas Xudodan gunohlari tufayli ajiratganlar.

Ba'zi eshituvchilar Uning so'zlarini muhumligini payqashganda, Iso ularni qat'iyan hukm qildi, ular shunday deb baqirishdi, "U mabadga qarshi shakkoklik qildi va bizlarni kofirlik qilishga burdi. "Ular qahrlanib, Uni ushlashga harakat qilib o'kirishdi. Lekin ularning hech biri Uni farishtalar o'rab olgandek Xudoning O'g'liga yaqinlashishga qurbilari yetmadi. Yerdagi oxirgi Uning shahodat uchun belgilangan vaqt kelishi kerak edi. Uning Otasi insonzodni qutqarishidagi keskin vaqtni o'rnatdi. Yerdagi hech qanday kishi bu vaqtni oldinga yoki orqaga qo'yolmas edi.

IBODAT: Iso Tangrimiz, biz Seni ulug'laymiz, chunki Sen Xudoni bilasan va bizlarga Otani ochib berding. Biz Senga hizmat qilamiz va hursandchilik bilan Seni sevamiz. Sening vahiying bizni Xudoning bolalari qildi. Senda biz sakrab hamma qayta tug'ilganlar bilan Sening ismingni ulug'laymiz. Biz Sendan bizni atrofimizdagi dindorlarga Otaligingni ochib berishingni o'tinib so'raymiz, shunda ular o'zlarini o'jarliklaridan va mensimasliklaridan qaytishsin.

SAVOL:

  1. Nima uchun faqat haqiyqatdan Xudoni biladigan inson Isodir ?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 10:50 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)