Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 049 (Disparate views on Jesus)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula? -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

2 Qism - Nur zulmatda porlaydi (Yuhanno 5:1 - 11:54)
C - Isoning quddusga oxirgi safari (Yuhanno 7:1 - 11:54) -- Mavzu : Zulmatning va nurning bo'linishi
1. Ma'baddagi bazmda Isoning so'zi (Yuhanno 7:1 – 8:59)

b) Odamlar va oliy kengashning orasidagi Iso haqidagi har hil fikrlar (Yuhanno 7:14-53)


YUHANNO 7:14-18
14 Bayramning yarmi o'tganda, Iso ma'badga kirib ta'lim bera boshladi. 15 Shunda yahudiy mansabdorlari:-Bu odam o'qimagan bo'lsa, qanday qilib muqaddas bitiklarni biladi?-deb taajublandilar. Iso ularga javoban aytdi: 16-Mening ta'limotim O'zimniki emas, balki Meni Yuborgannikidir. 17 Kim Uning irodasini bajarishni istasa, bu ta'limot Xudodanmi, yoki Men O'zimdan gapiryapmanmi, bilib oladi. 18 Kim o'z nomidan gapirsa, o'ziga ulug'lik izlaydi. Kim uni yuborganga ulug'lik izlasa, u haqqoniydir, uning dilida biron nohaqlik yo'q.

Iso o'limdan yoki Uning dushmanlaridan keladigan zarardan qo'rqmadi. U yashirincha bayram paytida Otasining irodasi bilan birgalikda Quddus tomon ketdi. U u yerda O'zini yashirmadi, lekin U vakil qilib tayinlangan o'qituvchidek, qo'rqmasdan O'zining xushxabarini o'rgatib, ma'bad hovlisiga bordi. Odamlar to'g'ridan to'g'ri Xudo ularga murojat qilayotganini sezishdi. Shunda ular bir birlaridan savol so'rashdi: Qayerdan bu yosh kishida shunday chuqur tiologikaga oid fikrlar bor ekan? U mashhur Muqaddas Bitiklar maktabida o'qimagan. qanday qilib akademik tarbiyasida tarbiyalanmasdan duradgor Xudoning to'la haqiyqatini bizlarga tanishtira oladi?

Iso shunday deb javob berdi, "Chindan Menda muallimlik bor va Men haqiyqatning O'qituvchisiman. Hamma Xudoning fikrlari va xohishlari Menda namoyondir. Mening muallimligim Mendan emas, Men Xudoning ovoziman, U Menda yashaydi, Mening Otam Meni o'qitadigan Otamdir. Men Uning to'la fikrlarini, rejalarini, maqsadlarini va kuch-qudratlarini bilaman. Men O'zimning fikrlarim bilan kelmadim, chunki Xudoning fikrlari yagona haqiyqatdir. Men aniq bo'lmagan vahiyni to'ldiraman."

Shunda, U O'zini Xudoning Havoriysi deb nomlab, Otasini ulug'ladi va Unga bo'ysundi. U O'zi bilan O'zi bitim tuzib kelmadi, balki U Otasining nomida to'la ilohiy huquq bilan keldi. Shunda, huddi shu paytda Iso bizning diqqatimizga, imonimizga Otaga qilgandek sajdamizga loyiq bo'lib Xudoning O'g'li va Havoriysi bo'ladi.

Yahudiylarning javobgarligi uchun O'zidagi imonni ossonlashtirib, Iso ularga amaliy yo'l bilan ularni ishontirish uchun Uning ta'limi Xudoning irodasini bajaradi. Xop, Isoning talimi va insoniyligining haqiyqiyligi uchun asosli isbot nima? U shunday dedi, "Mening xushxabarimga ko'ra harakat qilishga intiling va keyin siz uning buyukligini ochib berasiz. Masihning so'zlarini, oyatma oyat qo'llang va keyin siz Uning so'zlari oddiy inson emas balki ilohiyligini ko'rasiz."

Masihning ta'limini qo'llash uchun urunish birinchi sizning hammangizni ochiqligingizni talab qiladi. U nima xohlagan bo'lsa siz ham xohlaysizmi? Xudoning irodasi bilan sizning irodangizning birligisiz siz Masihning bilimiga ega bo'lmaysiz. Qayerda sizning xohishingiz Unga hosil keltirsa, bu Masihnikidir, siz yuqoriga ko'tarilishni boshlaysangiz va sezish darajasi ham yangilanadi siz Xudoni Undek bilasiz.

Kimki Iso bizlarni o'rgatganday Otaning irodasini bajarishni o'zi o'rgansa xushxabar va Qonunni o'rtasidagi keng farqni bilishga ega bo'ladi. Bizning Tangrimiz bizning yelkalarimizga oddiy og'ir yukni qo'ymadi, balki shu vaqtning o'zida buni olib yurish uchun so'ralgan kuchni ham beradi. Siz Uning irodasini hursandchilik bilan bajarolasiz. Kimki Masihning buyrug'lariga bo'ysunsa, Uning sevgisidan yashash uchun kuchni qabul qiladi. Uning ta'limi Musoning qonuni bilan bo'lgandek muvaffaqiyatsizlikga yetaklamaydi, balki to'la Xudoning inoyatida yashashga yetaklaydi. Kimki Masihning ta'limotidagi oshkor qilingan Xudoning irodasini qo'llashni xohlasa, shaxsan Xudo bilan bog'langan bo'ladi, va u Masih insoniy o'qituvchi emas balki mavjud bo'lgan Xudoning Kalomi ekanligini anglab yetadi. U shunchaki falsafa bilan kelmaydi balki gunoh uchun kechirim bilan keladi, va U Xudoning hayot kuchini bizlarga beradi.

YUHANNO 7:19-20
19 Tavrotni sizlarga Muso payg'ambar bermadimi? Shunga qaramay, birortangiz ham Tavrot qonuniga qarab ish yuritmaysiz. Nima uchun Meni o'ldirmoqchisizlar? 20 -Seni jin uribdi! Kim Seni o'ldirmoqchi ekan?-dedi haloyiq.

Masihning muqaddaslikdagi hatti-harakati Unga Yahudiylarga shunday deb aytishga huquq berdI, "Siz qonunni qabul qildingizlar, lekin hech kim unga qarab ish yuritmadI! "Bu harakat Eski Ahd a'zolarining hech biri Qonun talablarini bajarmaganligini takidlab Yahudiy halqining yuraklarini teshib tashladi. Oddiy qonunda gunoh qilgan inson hammasining aybdoridir. Xudoning g'azabi unda bo'ladi. BU e'lon bilan Iso Yahudiylar solihllik talablarini bekor qildi, va qonunchilarning urinishi va g'ayrati oddiy o'zini o'ylaydigan yolg'onligini ko'rsatib qo'ydi.

Iso ularga ularning boshqaruvchilari Uni yo'q qilishni xohlayotganini bilishini aytdi. Hech narsa Isoning oldida yashirinmaydi. U O'zinikilarni yuzaki g'ayratdan ogohlantirdi va Unga ergashishni narhini aytib o'tdi.

Shunda Iso so'radi, "Nima uchun Meni o'ldirmoqchisizlar?"

Olomon Masihning so'zlari orqali orqaga chekindilar va ogohlantirildilar, chunki Iso ularning hech biri solih emasdir degandi. Ularning javoblari o'zlarini ig'volarini berkitdi va ular shunday dedilar, "Yo'q, yo'q, kim Seni o'ldirmoqchi ekan? Xudo taqiqlaydi!" ba'zilar hatto Uni jin uribdi deb hisoblashdi. Ular nafratdan ko'r edilar va yovuz ruhdan Muqaddas Ruhni ajrata olishmadi. Ular Xudoning sevgisining bilimi uchun hamma sezgilarini yo'qotgan edilar.

SAVOL:

  1. Xudodan keladigan xushxabar uchun qanday isbotlar bor?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 10:49 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)