Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 047 (Sifting out of the disciples)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula? -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

2 Qism - Nur zulmatda porlaydi (Yuhanno 5:1 - 11:54)
B - Iso hayot nonidir (Yuhanno 6:1-71)

5. Shogirdlarning elanishi (Yuhanno 6:59-71)


YUHANNO 6:66-67
66 O'sha vaqtdan boshlab Uning ko'p shogirdlari Isodan yuz o'girib, U bilan boshqa yurmaydigan bo'ldilar. 67 Shunda Iso o'n ikki shogirdlaridan:-Nahotki sizlar ham ketmoqchi bo'lsangizlar?- deb so'radi.

Besh ming kishini to'ydirish mo'jizasi ommaviy zavqni yaratdi. Holbuki, Iso bu zavq orqasida ko'plarni Undan ketishga boshqaradigan bu yolg'onni ochib berdi. U yuzakixhudojoylikni xohlamaydi, yoki dargumon maqsad uchun oddiy e'tiqodni xohlamaydi. U orqaga qaramasdan Unga hosil keltirgan samiymiy imonni va ikkinchi tug'ilishni xohlaydi. O'sha vaqtda Quddusdagi Oliy Kengashlardan bo'lgan ayg'oqchilar Uning izdoshlariga suqilib kirishdi. Ular yolg'onchi deb nomlagan Isoga ergashishda davom etgan bo'lsalar, ular Yahudiylikdan sodiq qolganlarni chiqarib yuboramiz deb ularni cho'chitishdi. Kafarnahumdagi ko'p odamlar qaytib ketishdi, shunda oddiy omaviy halq Undan yuz o'girdi. Hatto sodiq qolganlar ham Kengash hokimyatidan qo'rqishdi. Ular Isoning imonini haddan tashqari ekan deb his qildilar. Faqat ozgina sodiq izdoshlari U bilan qolishdi. Tangri somondan bug'doyini elayotgan edi.

Masih O'zining odamlarining o'n ikkita qabilasini o'ylab, shogirdlarining ichidan o'n ikkita havoriylarni tanlab oldi. Bu son yerning to'rtta burchagini, Muqaddas Uch Birlikni, yer va osmonni ifodalab 3x4 dan tuzadi. Mana shunda Uning shogirdlarining davrasida osmon va yer birlashtirildi.

Ularni bo'lib qo'ygandan keyin, Iso tasdiqlash uchun tanlab olganlarini sinab ko'rdi va shinday dedi, "Nahotki sizlar ham Meni tashlab ketsangiz?" Bu savol bilan U shogirdlarining kelajagi uchun qaror qilishga majbur etdi. Shu yo'l bilan U sizdan va sizning do'stlaringizdan hafagarchilik vaqtlarida va quvg'in onlarida siz Uni tashlab ketasizmi yoki U uchun kaltak yeysizmi?-shuni sizdan so'raydi. Qaysi muhimroq hayotmi, madanyatlarmi, his-hayajonlarmi, mantiqiy yoki birini qolidagi moddiy kafolatmi yoki Iso bilan sizning aloqangizmi?

'''YUHANNO 6:68-69 68 -Rabbim,-dedi Simun Butrus,-bizlar kimga boraylik? Senda abadiy hayotning so'zlari bor. 69 Bizlar ishondik va bildik, Sen Xudoning Azizi-Masihsan.'''

Butrus U mustahkam qoya degan Masihning karomatining haqiyqatini ko'rsatdi. Qolganlarning nomidan gapirib shunday dedi, Rabbiy biz qayerga boraylik? Faqat Sen abadiy hayotning manbasisan. "U Isoning maqsadini to'la anglab yetmagan bo'lishi mumkin, lekin u tubdan Nazariyalik Iso kishi oddiy odam emasligini, osmondan bo'lgan Xudo ekanligini va tirik kuch bilan ijodiy so'zlar davom etayotgan Zotdan ekanligini his etdi. Butrus Xudo shu yerdaligiga ishondi. U nonni taqsimlab bo'lishdi. U cho'kayotgan payitda Iso Uni tortib oldi. Butrusning yuragi Isoga biriktirilgan edi, u o'zining Rabbiysini hamma narsadan ko'ra ko'prog' sevar edi va Uni tashlab ketmasdi. Butrus Isoni tanladi, chunki Iso birinchi uni tanlagandi.

Havoriylarning sardori bu so'zlar bilan o'zining guvohligiga yakun yasaydi, "Biz ishondik va bildik". Payqab oling, u shunday demadi,"Biz bildik va keyin ishondik." Chunki u imon yuraklarning ko'rishini ochib beradi. Bizning fikrlarimizning yoritib beradigan narsa bu bizning imonimizdir. Butrus va uning shogird do'stlari Isoda haqiyqatni bilish uchun ularni yoritib imonga ularni yetaglagan Xudo Ruhining jalb qilish uchun hosil keltirishdi. Ular Uning yashiringan shuhrati haqida o'zlarining qarashlari bilan o'sdilar. Isodan bo'lgan hamma bilim to'g'ridan to'g'ri Xudoning inoyatli sovg'asidir.

Shogirdlarning imonlarining tabiati Isoda qanday edi? Bu imonning qoniqishi nima edi? Ular to'la Ruhda yashagan ilohiy Masih bilan birlashtirilishgan edi. U O'zining Insonligida hamma ruhoniylikni, shohlikni va karomatining vazifalarini birlashtirdi. Eski Ahddagi shohlar, oliy ruhoniylar va payg'ambarlar Muqaddas Ruh orqali moylangan. Osmonning hamma kuchlari va ne'matlari Masihda birlashtirilgan. U ilohiy jabbor Shohdir; huddi shu vaqtda U insonzodning o'zlarining Yaratguvchilari bilan yarashtiradigan Oliy Ruhoniydir. U o'likni tiriltirishga qodirdir; U dunyoni hukm qiladi. Imon orqali Butrus Masihning shuhratini sezdi.

Shogirdlar birga ishonishdi; vakildek ular Butrus bilan muhim guvohlikni taqdim etish uchun dalolat berdilar: Bu Iso Xudoning Muqaddas Biridir, va oddiy inson emas balki haqiyqiy Xudo hamdir. Hamma Xudoning sifatlari Xudoning O'g'lidek Unda edi. U begunohligicha qoldi va Yahyo karomat qilganga o'xshab Xudoning Qo'zisidek O'zining vazifasini bajardi. Shogirdlari Uni sevishdi va Unga topinishdi, chunki Uning mavjudligi Xudoning mavjidligi ekanligini bilishar edi. O'g'ilda ular Otani ko'rdilar va Xudoning sevgisini o'rganishdi.

YUHANNO 6:70-71
70 Iso ularga aytdi:-Sizlarni o'n ikkita qilib tanlagan O'zim emasmi? Lekin sizlarning biringiz iblisdir. 71 Iso Simun o'g'li Yahudo Ishqaryotni nazarda tutgan edi. U o'n ikki shogirddan biri bo'lib, Isoga hiyonat qilmoqchi bo'lgan edi.

Iso o'sayotgan imonni ko'rsatganda hursandchilik bilan bu dalilni qabul qildi. Iso ulardan biri bir necha marotaba Unga qarshi chiqqanligini sezdi. Bu kishining tosh yuragi yuqori darajaga o'sdi, buni Iso 'Shayton' deb atadi. Hamma havoriylar tanlandi va Ota orqali O'g'ilga yaqinlashishdi, ular Xudoning qo'lidagi ro'bitlar emas edilar. Ular Ruhning ovoziga bo'ysunish uchun yoki unga etibor bermaslik uchun ham ozod edilar. Yahudo qasdan Xudoning ovoziga fikrlarini berkitib oldi va ularning ikkalasining o'rtasini ruhiy halqani o'rnatgan Shaytonga bo'ysundi. Yahudo Isoni tashlab ketgan boshqalarga o'xshab Uni yolg'iz tashlab ketmadi, lekin Isoga yolg'on yo'l bilan ikkiyuzlamachilik bilan ishonib Isoning hamrohlari bo'lish uchun qoldi. U yolg'onchilar Otasi'ning o'gli bo'lib, hoinlikga kuchaydi. Vaholanki Butrus Isoning Masihiylik ro'lini tan oldi, va Yahudo Oliy Kengashga borib Masihni sotish uchun rejalar qildi. U nafrat orqali chaqirib yashirincha o'zining hoinlik rejalarini tuzdi.

Xushxabarchi bu muhim bobga havoriylar uchun berilgan huquqga yorqin ishlar bilan yakun yasamad. Lekin sodiq shoqirdlarining davrasidagi hatto bitta hiyonatchi borligiga dalil beradi. Iso uni turtib chiqarib yubormadi, yoki boshqalarga uning nomini oshkor qilmadi. Lekin U Yahudo yuragida yomonlikdan tavba qilar deb sabr-toqatlik bilan chidadi.

Dear Brother, examine yourself humbly. Are you a son of God or a child of Satan? Do you open yourself to the attraction of the Spirit, or do you tend towards a compact with Satan? Beware, lest you miss the aim of your life. Your Lord loves you, and has saved you. However, if you reject his salvation, you will drift into the paths of evil, and remain under bondage to Satan. Return to Christ, for he is waiting for you.

Aziz birodar, kamtarlik bilan o'zingizni tekshirib ko'ring. Siz Xudoning o'g'limisiz yoki Shaytonning bolasimisiz? Ruhning ishtiyog'iga o'zingizni ochasizmi yoki Shayton tomon yaqin borasizmi? Ehtiyot bo'ling, hayotingizni maqsadini qoldirishdan. Rabbingiz sizni sevadi va sizni asradi. Agar siz Uning najodini rad etsangiz, siz qabih yo'llarga ketasiz va Shaytonning bo'yintrug'i ostida bo'lasiz. Masihga qaytib keling, chunki U sizni kutyapdi.

IBODAT: Rabbim Iso Massih Sen Xudoning O'g'lisan, muqaddassan, mehribonsan, qudratli va zafarlisan. Mening gunohlarimni kechir, va O'zingni ahddinga meni qo'ygin, shunda men muqaddaslikda yashayman va Sening huzuringda davom etib, Senga o'xshagan bo'laman. Imonda va aql-idrokda o'sish uchun va Sen faqat Barhayot Xudoning O'g'li ekanligingni hammaga guvohlik berish uchun O'zingni izdoshlaringni muqaddaslagin. Omin

SAVOL:

  1. Butrusning shahodatining hulosalari nima?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 10:47 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)