Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 045 (Jesus offers people the choice)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula? -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

2 Qism - Nur zulmatda porlaydi (Yuhanno 5:1 - 11:54)
B - Iso hayot nonidir (Yuhanno 6:1-71)

4. Iso odamlarga, "Qabul qilish yoki voz kechish!" tanlovini beradi (Yuhanno 6:22-59)


YUHANNO 6:51
51 Men osmondan tushgan tirik nondirman. Bu nonni yegan kishi abadiy yashaydi. Men beradigan non O'zimning tanamdir, uni dunyoga hayot baxsh etish uchun fido qilaman.

Biror marta nonni qimirlashini yoki gaplashishini ko'rganmisiz? Iso O'zini Hayot Noni, yashash noni deb ataydi. Osmondan bo'lgan tanaviy non haqida gapirmaydi, ammo ruhiy va ilohiy oziq-ovqat haqida gapiradi. U aynan bizga O'zining tanasini yeyishni aytmayapdi; biz inson yeyuvchilar emasmiz.

Iso O'zining o'limi haqida gapirishni boshladi. Bu Uning insonzodning qutqargan manaviyati emas, biroq Uning mavjutligi edi. U bizning gunohimiz uchun O'zini berish uchun inson bo'ldi. Unga quloq soladiganlardan hafa bo'lishdi; U oddiy kishi va kamsuqum oiladan bo'lganga o'hshardi. Osmondan farishta nomoyon bo'lganida, ular qarsaklar bilan Uni qabul qilgan bo'lar edilar. Iso O'zining ulug'vorligini va ruh ularni qutqarmasligini tushuntirib berdi, lekin Uning inson uchun kelgan tanasi qutqaradi.

YUHANNO 6:52-56
52 Shunda yahudiylar:-U qanday qilib bizga O'zining tanasini yedira olar ekan?-deb o'zaro talashib-tortisha boshladilar. 53 Iso ularga aytdi:-Sizlarga rostini aytay: agar Inson O'g'lining tanasini yemasangizlar va Uning qonini ichmasangizlar, u holda sizda hayot bo'lmaydi. 54 Mening tanamni yegan va qonimni ichgan odamda abadiy hayot bor, Men uni oxirgi kunda tiriltiraman. 55 Mening tanam-haqiyqiy oziq, qonim-haqiyqiy ichimlikdir. 56 Tanamni yeb, qonimni ichadigan kishi Men bilan, Men esa U bilan bir jon, bir tan bo'lamiz.

Yahudiylarning orasida Isoga ishonuvchilar va Undan voz kechuvchilar bor edi. Bu ikki guruh zo'ravonlik bilan baxslashdilar. Isoning dushmanlari Uning tanasini yeyish haqidagi va qonini ichish haqidagi fikrda Undan nafratlandilar. Iso Unga ishonganlarni olib chiqish uchun bu ikki qismning o'rtasidagi yorig'ni olib tashladi. U birinchi guruhning sevgisini sinadi va boshqalarning ko'rligini ko'rsatdi. U shunday dedi, "Sizlarga rostini aytay, agarda Mening tanamni yemasangizlar va kosamdan ichmasangizlar, sizlarda abadiy hayot bo'lmaydi. Agar Mening vujudimda qatnashmasangizlar, bir umir gunohda va o'limda qolasizlar." Bu so'zlar ularning qulog'larida yangradi va shakkoklikdek eshitildi. Iso insondek ularga, "Meni o'ldiring va yeng, chunki Mening O'zim mo'jizaman" deb jazm qilayotgan edi. Mening tanam sizga ilohiy hayotni taqdim etgan nondir." Ularning qoni qaynadi va ularning qahrlari keldi. Holbuki, Muqaddas Ruh orqali yaqinlashganlar va Unga ishonganlar Uning so'zlarini yaxshi bajarishning yo'lini topish uchun Isoga suyanib, zab ishonib javob qildilar. Ular, Fisih bayramida Yahyo Cho'mdiruvchi Isoni Xudoning Qo'zisi deb ataganligini tushunganliklari haqida ozgina o'ylashdi. Hamma Yahudiylar Fisih bayramida bo'g'izlangan qo'yning go'shtini yeb, bu daf'ada qatnashishgan edi. Bu qurbonliklar bilan kimligini ko'rsatish orqali Xudoning qahr-g'azabidan saqlanish edi. Iso dunyoning gunohini oladigan Xudoning haqiyqiy Qo'zisi ekanligini ta'kidlab o'tdi.

Endilikda biz Masihning tanasi bizga kirishini va Uning qoni bizlarni gunohdan poklashligini Tangrining Qutlug' Kechligining ahamiyatlilik ramzlarini bilib olamiz. Biz Unga bu inoyat uchun rahmat aytamiz. Jalilaliklar bu bosqichda sirni bilishmadi va Uning so'zlari ularning o'-yu hayollarini dovdiratib qo'ydi. Iso ularning imonlarini sinayotgan edi, lekin o'jarliklari tezda otashin portlashda nomoyon bo'ldi.

Biz hursandchilikda va minnatdorchilikda Masihni ulug'laymiz, chunki U bizlarga ramzlar bilan Tangrining Qutlug' Kechligi haqida va O'zining Ruhi orqali bizga qanday qilib kelishini tushuntirib berdi. Uning qurbonligisiz biz Xudoga yaqinlasha olmaymiz yoki Unda qola olmaymiz. Gunohlarimizning komil kechirimi Uning bizlarga kelishiga, bizga hizmat qilishga ruhsat beradi. Unga ishonish bu mo'jizani olib keladi va bizlarni O'zining shuhratli tirilishida bo'lishuvchilar qiladi. Biz Qo'zini bizni qutqargani uchun ulug'laymiz. Iso xochda biz uchun o'lish bilan qanoatlanmaydi, balki bizlarni to'ldirishni xohlaydi, va shunda biz abadiy yashovchi azizlar bo'lamiz.

YUHANNO 6:57-59
57 Xuddi barhayot Otam Meni yuborganday, Men Otam orqali yashayotganday, Meni yegan odam ham Men orqali yashaydi. 58 Osmondan tushgan non mana shudir. Bu non ota-bobolaringiz yegan mannaga o'xshamaydi, ular manna yeb o'lib ketganlar. Men bergan nonni odam esa abadiy yashaydi. 59 Iso bu so'zlarni Kafarnahumdagi yahudiylar ibodatxonasida ta'lim berayotganda gapirar edi.

Masih barhayot Ota bo'lgan ulug'vor Xudodagi hayot haqida bizlarga aytib beradi. U abadiyatdan abadiyatga butun sevgining Otasidir. Masih Otada yashaydi va U O'zi uchun emas Otasi uchun yashaydi. Uning hayoti O'zining xohishlarini qondirish orqali mazmunni topmaydi, balki Uni yuborgan Otasiga butunlay bo'ysunish orqali mazmunni topadi. O'g'il Otaga hizmat qiladi, vaholanki Ota o'g'li orqali O'zining to'laligida ishlaydi va O'g'ilni sevadi.

Iso qarshilik qahr-g'azabini oldida Ota bilan O'zining ahilligining sirini ochib berdi. U ularga ulug' vahiyni berdi, "Men Ota uchun va Unda yashaganimdek, huddi shunday sen uchun va senda yashashni istayman. Shu tartibda sen Men uchun va Menda yashashing mumkin. "Aziz birodarim, siz Masih bilan yaqin bog'laningiz uchun tayyormisiz? Siz butun maqsadlaringiz bilan va butun vujudingiz bilan Uni qabul qilasizmi yoki shunday emas? Rabbiy sizda yashashiga o'zlik uchun o'lishni istaysizmi?

Masih amaliy islohat bilan kelmadi yoki bizlarga o'zimizga yordam berish uchun boylik jo'natmadi. U qishloqni rivojlanishini rejalashtirmaydi. Yo'q! U yuraklarni o'zgartiradi, shunda bu kishilar butunlay xudojo'yli hayot bilan yashaydi. Iso Unga ishonuvchilarga O'zining ilohiyligida ulushni taqdim qildi. Mana shunda U yangi o'lmas, hayot bo'lgan, sevadigan va hizmat qiladigan insonni yaratadi. Uning maqsadi Xudodir.

Oltinchi bobni tekshiring, va ularning yasama so'zlarida Masih uchta, "Ota", "Hayot", "Tirilish" ni talafuz qilgan so'zlarni nechtaligini sanab chiqing. Siz tezda Yuhannoning xushxabarining mohiyatini tushunasiz. Masihda Unga ishonuvchi, ulug'vorlikdagi tirilish tomon siljib Otaning Ruhida yashaydi.

IBODAT: Iso Masih Tangrim, bizlarga kelganing uchun va hursandchilikning to'laligi bilan Otaning hayotini bizlarga taqdim qilganing uchun Sendan minnatdormiz. Bizlarning gunohlarimizni kechir va bizni muqaddasla, shunda biz Senga sabr-toqatlik bilan va mehribonlik bilan hizmat qilaylik, va Senga kamtarlik bilan ergashaylik, lekin o'zimiz uchun yashamaylik.

SAVOL:

  1. Nima uchun Iso Uni eshituvchilarga Uning tanasini yeyishlari va Uning qonini echishlari kerakligini aytdi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 10:45 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)