Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 043 (Jesus offers people the choice)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula? -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

2 Qism - Nur zulmatda porlaydi (Yuhanno 5:1 - 11:54)
B - Iso hayot nonidir (Yuhanno 6:1-71)

4. Iso odamlarga, "Qabul qilish yoki voz kechish!" tanlovini beradi (Yuhanno 6:22-59)


YUHANNO 6:34-35
34 Bunga qarshi halq: -Hazrat bunday nonni doimo bizga berib turgin!-dedi iIoga. 35 Iso shunday aytdi: -Men hayot noniman. Mening oldimga kelgan odam sira och qolmas, Menga ishongan odam hech qachon chanqamas.

Iso eshituvchilarida Xudoning noni uchun ochlikni uyg'otdi va ularni hos ishlarga bog'lanishdan ozod qildi. U ularda Xudoning mukofotini qabul qilish uchun ularni tayyorlab, najot uchun ishtiyoqlarini yaratdi; U insoniyligida imon uchun muhtojlikni tushintirib berdi.

Bunda haloyiq yuzaki hafsala bilan shunday deb rozi bo'lishdi, "Sen ilohiy nonni in'om qiluvchisan, bizlarga hardoim bu yagona mukofotni bergin va ortiqcha daxmazadan bizlarni saqlagin. Biz Senga suyanamiz, bizlarni abadiy hayot bilan to'ldirgin va O'zingni kuchingni bizlarga bergin!" Ular hali ham yerlik noning haqida o'ylashayotgan edi, lekin loaqal Xudoning mukofoti yagonaligini bilishdi.

Iso Unga yaqinlashgan hech kimni rad etmaydi. U oziq-ovqat yetishtiruvchi emas butun dunyo uchun Xudoning birinchi darajali noni ekanligini aniq qilib berdi. U O'zining insoniyligida butun bir tugamas hayotni yetkazib berdi. U shunday deb tadbiq qildi, "Mendan boshqa abadiy hayotni topa olmaysizlar. Men sizlarga Xudodan bo'lgan mukofotdirman; Mensiz sizlar o'limda yashaysizlar."

Sizning ichingizga non kirib yashashingiz uchun kuch berganday, Men vijdonlaringizni va fikrlaringizni jonlantirib sizning ichingizga kirishni xohlayman, shunda sizlar Ruhda yashashingiz mumkin. Mensiz sizlar hech narsa qila olmaysizlar. Har kuni sizlarga Men kerakman. Men O'zimni sizlarga jon deb beraman. Sizlar hech narsa to'lashingiz shart emas. Faqat yuragingizga kirishimga ruhsat bersangiz bas. Brodarlar sizga Masih kerak. Uning so'zlarini o'qish yoki fikrlarini tushunsh yetarli emas. Shahsan sizga U kerak. U sizga oziq - ovqatdek va har kuni suv kerakdek zarur. Uni qabul qilishingiz yoki halok bo'lishingiz sizlarga bog'liqdir.

Qanday qilib Iso bizning ichimizga kiradi ?-deb so'rashingiz mumkin. U shunday deb javob beradi: Sening yuraging Men uchun tashna bo'lsin, Menga yaqin kel va minnatdorchilik bilan Meni qabul qil va Menga ishongin. Isoning bizning yuraklarimizga kelishi imon orqali bajariladi. Iso sizga Xudoning mukofoti bo'lgani uchun va O'zini jon deb bergani uchun hursandchilik bilan Uni ulug'lab Unga rahmat ayting, chunki U sizda qolishga tayyordir. Agar siz aniq Undan so'rasangiz, U keladi. Seizda abadiy qolishi uchun Undan o'tinib so'rang.

Keyin Iso sizni ishontiradi, "Meni qabul qilganing uchun Men senda qolaman, va hayot uchun ochligingni qondiraman. Boshqa dunyoning dinlari haqida va to'g'ri bo'lishi uchun uning falsafalari haqida munozara qilmang. Undan ichish uchun har qanday botqoqqa tushmang. Lekin Men kuch bilan, ma'ni bilan va tinchlik bilan taminlayman.

YUHANNO 6:36-40
36 Lekin Men sizlarga aytgan edim-ku, Meni ko'rib turgan bo'lsangizlar ham, ishonmayapsizlar. 37 Otam kimni Menga bergan bo'lsa, Mening oldimga keladi. Oldimga kelgan odamni esa sira quvib chiqarmayman. 38 Men O'z irodamni emas, balki Meni yuborgan Otamning irodasini ado etish uchun osmondan tushganman. 39 Meni Yuborganning irodasi Uning Menga berganlaridan hech birini yo'qotmasligim, balki oxirgi kunda ularning har birini tiriltirishimdir. 40 Otamning irodasi yana shuki, Uning O'g'lini ko'rgan, Unga ishongan har bir kishi abadiy hayotaga ega bo'lsin. Men esa bundaylarni oxirgi kunda tiriltiraman.

Iso allaqachon Jalilaliklarga inoyat nonini tekinga bergan edi. Nurli hokimyatda Unga qaratildi. Shunday sezish aqida bo'lmadi yoki ularni imonni tan olish uchun harakatlantirmadi. Ular hali ham noaniqlikda tebranishayotgan edi. Ular Isoga nonning Tangrisidek qiziqishayotgan edi, lekin insondek Unga ishonish haqida ikkilanishdi. Ular Uni minnatdorchilik bilan qabul qilishmadi.

Iso ularga Quddusda qilganidek Undan ajirashlari uchun sababni tasdiqlab berdi. Nima uchun ko'p halqlar Isoga ishonishmaydi?Voajab, yetarli, Iso pastkashlik bilan shunday deb aytmaydi, "Bu sening aybing," lekin Otaga ularni ko'rsatadi, va ularga qanday qilib imonni ilohiy harakattagidek qurishni ko'rsatib berdi.

Isoda hech qanday yolg'on gapirishlar orqali yoki oddiy tortishuvlar orqali biror kimni ustidan g'alaba qozonish niyyati yo'q; U ular haqida haqiyqatni biladigandek va ular tavba qilishga to'g'ri keladigan va xushxabar aytishga to'g'ri keladigan tayyorgarlik darajasini bilgandek O'zini gunohkorlarga taqdim qiladigan Xudodir. Faqat Ruh orqali kelganlar Isoga jalb qilinadi. Shuncha uzoq vaqt qiynalganlar Unga kelishganday Masihdan yolg'onchilar, zinokorlar, yoki o'g'irilar jirkanmaydi. U Unga yaqin kelganlarni rad etmadi, hatto O'zining dushmanlarini ham. Iso ularga rahm-shavqat ko'rsatdi va ularga najotni taqdim etdi.

Iso O'zi uchun yashamadi, yoki U insoniy xohishlar orqali hayotini rejalashtirmadi. U Otasining xohish irodasini bajarish uchun va qutqarilishni xohlagan insonlarni saqlash uchun, Unda qolishga qiziqqan imonlilarni saqlash uchun O'zining sevgisining maqsadlari bilan to'la sulh tuzish uchun yer yuziga keldi. Uning muruvvati va kuch saqlashi buyukdir. Na o'lim, na Iblis va na gunoh ularni Uning qo'llaridan tortib ololmaydi. O'zining mehr-muruvvati bilan U qiyomat kunida abadiy hayotga O'zining ergashuvchilarini yuksaklikka ko'taradi.

Xudoning irodasini bilasizmi? U sizni O'zining O'g'liga qarashingizni , Uni tanib bilishingizni va Unga ishonishingizni xohlaydi. U inoyatga va haqiyqatga to'la bo'lgan Ruhdan tug'ilgan. Iso yo'qolmas abadiy ahdda hamma Unga ishonuvchilar bilan va Najotkor bilan birga bo'lishingizni xohlaydi; holbuki siz uchun Xudoning maqsadi muyassar bo'ladi. Isoga ishonuvchi uning nimjon tanasiga Muqaddas Ruh kelishi orqali abadiy hayotni qabul qiladi. Isodagi sizning imoningiz sizda sevgida, hursandchilikda, tinchlikda va kamtarlikda namoyish qilinadigan bu hayot, abadiy hayotni sug'urta qiladi. Sizdagi Xudoning hayoti payonsizdir. Xudoning xohishidagi oxirgi qadam bu Iso sizni o'limdan tiriltirishidir. Bu ishonuvchilarning buyuk umididir, keyin O'g'il orqali sizga taqdim etilgan hayotning avji paydo bo'ladi, -bu Uning O'g'lining ulug'vorligi va Uning sevgisining nuridir.

IBODAT: Ota, O'g'il va Muqaddas Ruh, biz Senga sajda qilamiz. Sen bizdan uzog'da emassan. Lekin Seni halq rad etganda Sen bizlarga kelding. Sen bizlarni Seni ko'rish uchun va Seni haqiyqiy nondek qabul qilish uchun Sen bizlarni nurlantirding. Bizlarni rad etmaganing uchun rahmat. Sen bizning och qalblarimizni qondirding va abadiy saodatlikka va tugamas hursandchilikning ulug'vorligiga bizlarni ko'tarasan.

SAVOL:

  1. "Hayot noni" ning ma'nosi nima?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 10:43 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)