Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 031 (Jesus leads his disciples to see the ready harvest; Evangelism in Samaria)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

1 Qism - Ilohiy nurning porlashi (Yuhanno 1:1 - 4:54)
C - Masihning quddusga birinchi tashrifi (Yuhanno 2:13 - 4:54) -- Mavzu: Haqiyqiy sajda nima?
4. Iso Samariyada (Yuhanno 4:1–42)

b) Iso shogirdlariga pishgan hosilni ko'rsatishga boshqaradi (Yuhanno 4:27-38)


YUHANNO 4:31-38
31 Shu orada shogirdlari:-Uztoz ovqat eb olgin, -deb Isodan iltimos qilishdi. 32 Ammo Iso ularga dedi:-Mening yeydigan boshqa ovqatim bor, sizlar uni bilmaysizlar. 33 Shogirdlari o'zaro gap qotib:-Ajabo, biron kishi Unga ovqat keltirganmikan?-deb hayron bo'lishdi. 34 Iso ularga dedi:-Mening ovqatim-Meni Yuborganni irodasini ado etish, Uning yumushini bajo keltirishdan iboratdir. 35 Sizlar: o'rim-yig'imga hali to'rt oy vaqt bor, deb aytyapsizlar-ku. Endi sizlarga aytay: ko'zlaringizni ekinzorlarga tikib qaranglar. Hosil allaqachon yetildi, o'rim yig'imga tayyor bo'libdi. 36 O'roqchi hozirdan mexnat haqini oladi va abadiy hayot uchun hosilini yig'ib oladi; shunday bo'lgani uchun ekuvchi bilan o'roqchi birgalikda quvonadilar. 37 "Birisi ekadi, boshqasi o'radi", degan maqol shu vaziyatga to'g'ri keladi. 38 Men sizlarni o'zingiz zaxmat chekmagan hosilni o'rgani yubordim. Boshqalar zahmat chekkan edi, sizlar esa ularning zahmatidan foydalanasizlar.

Iso gunohkor ayolning qalbini qutqargandan keyin uni abadiy hayotga boshladi, va Iso shogirdlariga o'xshash xizmatni berib qayrildi. Ularning fikrlari dunyoviy bo'lgan moddiy narsalarda edi. Ular Xudoning Ruhi ayolning yuragida qilgan ishidan quvonmadi. Shubhasiz ovqat va ichimlik tirik qolish uchun hayotiydir, lekin nondan ko'ra muhimroq ovqat bor, va yetkazib beradigan suvga qaraganda Unda kuchli qoniqish bor. Buni ular hali tushunishlariga to'g'ri kelar edi. Ular Isoga ergashishda ruhoniyliklaridan qat'iy nazar bu ayoldan yaxshiroq emasdilar.

Iso ularga samoviy va ruhiy ovqatning ma'nosini tushuntirib berdi. Bu tanaviy ovqatga qaraganda ko'proq qalbni qondiradi. Iso Otaning xohishini bajarishda berilgan marhamat bilan hammani qondirdi.

Iso Xudoning havoriysi edi. U ixtiyoriy O'g'il bo'lib, lekin Otasining xohish irodasini xursandchilik bilan qabul qilib, Otasiga bo'ysundi, chunki Xudo sevgidir. Kimki sevgida yashasa Xudoda yashaydi. Masihning bo'ysunishi Otaga pastkashlik emas, balkiUning sevgisining darajasini isbotlashdir. O'g'il dunyoning najoti Uning Otasining ishi ekanini aytgan, hatto U buni O'zida ro'yobga chiqardi. Ilgari Otasi O'g'liga hammasini berganiga o'xshab U ulug'vorlikni Otasiga berdi. Ota O'g'liga yetuklikni berdi va U osmonda va yerda butun hokimyat Unda bo'lib Otasining o'ng tomonida o'tirdi.

Quduqning yonida Xudoning irodasi nafratlanilgan ayolni qutqarish edi. Bu faqat yahudiylarni qutqarish emas, balki hamma insonlarni qutqarish edi. Hamma buzilgan va Xudoga chanqoq edi. Iso bu uchrashuvda ayolning ichki borlig'ida tavba qilish uchun ochlikni topdi. Yahudiylarga qaraganda Xudoning kechirimini qabul qilishga tayyorlik bu ayolda ko'proq namoyon bo'ldi. To'satdan U oldidagi Muqaddas Ruhning shabadasi o'tib hosil uchun tayyor pishgan bug'doy bilan to'lgan bepayon dalaga o'xshagan basharni ko'rdi.

Nima bo'lganda ham, shogirdlar hosil uchun dunyo tayyor bo'lgan bu dalaning belgisini ko'ra olmadilar. Iso qishda Samariyaga yetib bordi va bu yuzaga kelishi uchun hosil bir necha oylarni talab qiladi. Iso shundek aytyotgandek tuyuladi, "Sizlar yuzaki dalillarga qarashingiz besh qo'ldek ayon. Inson ruhini o'zagidagi haqiqatlarga qarang; Xudoni qidirishga farovon hayot uchun hohish uchun savollar to'lib ketgan. Bugun hosil payti. Ko'pchilik najod xushxabari sevgi va donolik bilan ularga keldimi yo'qmi deb Xudoning O'g'lini o'zlarini Najodkorlaridek qabul qilishga havotirlanadilar.

Aks holda siz; mening atrofimdagi hammani o'jar, aqidaparast yoki ko'r deb his qilishingiz mumkin. Bu huddi shogirdlari his qilgandekdir; ular yuzaki hukm qilishdi. Lekin Iso yuraklarni sezdi. Dastavval begonadek U bilan munosabat qilgan gunohkor ayolni mahkum qilmadi. Iso hatto ruhiy munozara ayoldan narida bo'lsa ham u bilan suhbatlashishga ikkilanmay u bilan oddiy va aniq gaplashdi. Shunday qilib Iso ayolga Ruhiy rahbarlik bilan ko'p narsalarda yordam berdi va u xushxabarchi bo'lguncha Iso unda Masihiylikning ulug'vorligini va sajdaning hotiralarini uyg'otdi. Qanday o'zgarish! Ayol dinga berilgan Nikodimga qaraganda Ruhning ishlariga yaqinroq edi. Xudoga xizmat qiluvchi har bir odamga ularning mavzeida Xudoning solihligiga ochu-chanqoqlarni ko'rish uchun Isoning zakovatli sevgisi kerak. Ularning qo'polliklari yoki beg'amliklari to'g'risida g'am yemang, Xudo ularni sevadi; Iso ularni O'ziga jalb qiladi. Ularning fikrlari tobora inoyat orqali ruhlantiriladi. Dunyoda shuncha ko'p Xudoni qidiruvchilar bor, qachongacha siz jim yurasiz?

Inson qachonki Masihga qaytsa, shunda abadiy hayot uniki bo'ladi; hursandchilik ko'p yuraklarni to'ldiradi. Osmonda ham farishtalarning orasida bitta gunohkorning tavba qilgani uchun xursandchilik bo'ladi. Axir Xudo hammani qutqarilishini va haqiqatni bilishga kelishini xohlaydi-ku. Xudoning xohishiga o'zini qo'shganlar va kamtarlik bilan boshqalarga voizlik orqali uni ko'tarib yurganlar o'zlarini qalblarini qondiradilar va hursand qiladilar. Xuddi Iso O'zini aytgandek" Mening ovqatim Meni Yuborganning irodasini qilish va Uning ishini bajarishdir."

Iso shogirdlariga O'zining habarini shunday deb tugatdi, "Men sizlarni hosilni terib olish uchun jo'nataman." Yahyo allaqachon quruq dalani tavbaga chaqirib haydadi. Isoning O'zi tayyorlangan qalbga Xudo ekkan bug'doy urug'idir. Bugun biz xochdagi Uning o'limining hosillarini yig'ib olamiz. Iso o'rim-yig'imga sizni chaqiradi, yodda tuting bu sizning hosilingiz emas. Bu Xudoning ishi. Masihning kuchi Ruhning hosilida pishadi. Biz hammamiz hosilsiz xizmatkorlarmiz, U ba'zan urug' sepishga, ba'zan haydashga va o'rib olishga Uning Ruhiy xizmatini bo'lishishga bizlarni chaqiradi. Biz Xudoning birinchi ishchilari emasligimizni eslab qolish yaxshi. Ko'pchilik bizning yonimizda ko'z yoshlari bilan mehnat qilyapdi; Ularning ibodatlari osmonda yozib qo'yiladi. Siz boshqa xizmatkorlarga qaraganda yaxshiroq jihozlanmagansiz yoki sizni yurish turushingiz yaxshi emas. Siz har lahzada Uning inoyatli kechirimi orqali yashaysiz. Xizmatingizda Ruhga itoat qilishni o'rganing. O'rim-yig'im davomida ulug'lash bilan Unga xizmat qiling va shukronalar ayting, Osmondagi Otangizni boshqa 'Sening Shohliging kelsin; hukmdorlik ,kuch va ulug'vorlik abadiy Senikidir, Omin' degan hosil yig'uvchilar bilan Uni ulug'lang.


c) Samariyadagi hush-habarchilik (Yuhanno 4:39-42)


YUHANNO 4:39-42
39 Shundan keyin, o'sha shaharda yashovchi talay Samariyaliklar Isoga imon keltirishdi. Ular haligi ayolning "Men qilgan ishlarning hammasini aytib berdi", degan guvohligiga ishonishgan edi. 40 Shunday qilib, Samaryaliklar Isoning oldiga kelib, ularnikida qolishini iltimos qilishdi. U esa ukki kun o'sha yerda qoldi .41 Natijada Isoning so'zini eshitib, yanada ko'proq odamlar imon keltirdi. 42 Ular ayolga:-Endi Sening so'zlaring tufayligina ishonayotganimiz yo'q. Uni o'zimiz ham eshitdik, U haqiqatdan olamning Qutqaruvchisi-Masih ekaniga qanoat hosil qildik, -deyishdi.

Tumonat haloyiq shahardan Isoning oldiga ayolning tasirli so'zlari orqali yugurib borishdi. Ularda Iso hosil bo'ladigan oq dalani ko'rdi. U ular bilan imon va abadiy hayot haqida gaplashdi va u yerda to'la ikki kun qoldi. Uning shogirdlari qalbning hosil yig'uvchilaridek uylarga tashrif buyurishdi. Masihning O'zi va so'zlari olomonda chuqur belgi bo'lib qoldi. Ular Xudo bizning hafa dunyomizga gunohkorlarni saqlash uchun Masihda keldi deb tushunishdi. Bu Samariyaliklar birinchi bo'lib "Dunyoning Najotkori " deb nom berishgan edi, ular Isoni faqat O'zining halqini qutqarish uchun kelmaganligini balki butun insoniyat uchun kelganligini his qilishdi. Uning sevgisining chegarasi yo'q, hatto bugun U ozod bo'lganlarga Shaytonning to'sig'idan va Uning gunohli changalidan ozod qilishga va saqlashga qodirdir. U odilona dunyoni hukm qiladi. Rimdagi qaysar "Dunyoning Himoyachisi va Najotkori" deb nomlagan. O'sha Samaryaliklar Iso Qaysardan yuqoriroqligini payqashdi; U halqiga abadiy tinchlikni beradi.

IBODAT: Iso biz Senga shukurlar aytamiz; Sen bu gunohkor ayolning hayotini qayta qurding va bizlarga sajdadan ko'ra Ruhga itoat qilish yahshiroq ekanligini hammasini ko'rsatding. Bizlarni galga solishdan ozod qilgin shunda biz Sening irodangni hursandchilik bilan va abjirlik bilan bajaraylik, va darbadarlarga Sening najodingni yetkazaylik, shunda ular Senda imon orqali abadiy hayotga erishishsin.

SAVOL:

  1. Qanday qilib biz Iso uchun foydali hosil keltiruvchilar bo'lamiz?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 10:31 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)