Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 026 (The Baptist testifies to Jesus)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

1 Qism - Ilohiy nurning porlashi (Yuhanno 1:1 - 4:54)
C - Masihning quddusga birinchi tashrifi (Yuhanno 2:13 - 4:54) -- Mavzu: Haqiyqiy sajda nima?

3. Suvga cho'mdiruvchi Isoga Kuyov haqida dalolat beradi (Yuhanno 3:22–36)


YUHANNO 3:22-30
22 Shundan keyin Iso bilan shogirdlari Yahudiya yurtiga keldilar. Iso ular bilan bir muddat u yerda qolib, odamlarni suvga cho'mdirib, tavba qildirar edi. 23 Yahyo ham Salim yaqinidagi Eynon yerida xalqni daryoga cho'mdirib yurgan edi. U yer ser suv bo'lib, odamlar oqib kelar edi. 24 Yahyo esa hali zindonga tashlanmagan edi. 25 Shu mahal Yahyoning shogirdlari bilan yahudiy mansabdorlari orasida tahorat haqida bahs bo'ldi. 26 Oxiri Yahyoning oldiga borib dedilar: -Ustoz! O'rdun daryosining nargi bo'yida sen bilan bo'lgan, sen guvohlik bergan odam bor-ku, o'sha odam endi halqni suvda tavba qildirib yuribdi, hamma ham Uning oldiga borishyapdi. 27 Bunga javoban Yahyo dedi: - Agar osmondan nasib bo'lmasa, inson kech narsani sig'dira olmaydi. 28 Men Masih emasman-u, faqat Uning oldidan yuborilganman, deb aytganimga o'zingiz guvohsizlar. 29 Kelin kimga tegishli bo'lsa, kuyov o'shadir. lekin kuyovning yonida turib unga quloq solgan do'sti kuyovning ovozini eshitiboq, sevinib quvonadi. Xuddi shunday: mening quvonchim endi komil bo'ldi. 30 Masih ulg'ayish, men esa pasayishim kera.

Fisih bayramidan keyin Iso Quddusni tark etdi va suvga cho'mdirishni boshladi. Shogirdlar yangi tug'ilishdan oldin parchalangan yurak uchun buni kerakligini bilishar, va gunohni tan olinmasdan najot amalga oshmasligini bilishar edilar. Suvga cho'mish Xudo bilan Uning Yangi Ahdga kirish hohishini kechirim so'rash orqali ifodalash va gunohlarni kechirish ramzi bo'ldi.

Suvga cho'mdiruvchi Yahyo O'rdin vodisining sharq tomoniga Aenonga ko'chib, o'zining xizmat joyini o'zgartirdi. Ular Yahyoning oldiga kelishdi va unga yuraklarini to'kib sochishdi; shunday qilib u ularni suvga cho'mdirib, ularni Iso bilan uchrashish uchun tayyorladi.

Iso Fisih bayramidan keyin to'g'ri Jaliliyaga qaytmadi, lekin yana boshqa yerda gunohlardan suvga cho'mdirish ishini boshladi. Yahyoga qaraganda Isoga ko'proq odamlar buyukroq nufuz bilan kelishdi. Ikkalalarining o'rtasidagi baxs-munozaralar ko'tarildi. Masala shunda edi: Qaysi bir yo'l boshqaruvchisi gunohlardan tozalanish topshirig'i uchun yaxshiroq? Ikkalasidan qaysi biri Xudoga yaqinroq? Shu yerda hayotiy savol bor edi, chunki ular rozi rizolik bilan hayotlarini Ustozga bag'ishlashni tanlash haqida faraz qilishdi. Birodar o'zingizni bag'ishlash yo'lini o'ylab ko'rganmisiz?

Suvga cho'mdiruvchi kuchli vasvasaga qarshi bo'ldi. U Isoning yorqin muvaffaqiyatiga hasad qilmadi, balki u o'zining xizmatida chegaralar borligini bildi. U yumshoqlik bilan tan oldi, "Oddiy odam uning o'zi shunday yaxshi ishni qila olmaydi. Agar faqat Xudo unga kuch va marhamat mevasini bergan bo'lsa shunday qilishi mumkin." Biz teskarimiz, biz o'zimiz bilan, o'zimizning ruhiy bilimimiz bilan, ibodatlarimiz bilan, va yaxshi nutqimiz bilan maqtanamiz. Agar siz ruhiy sovg'ani qabul qilishingiz kerak bo'lsa, bu Xudodandir. Siz hali ham qulsiz, hatto Xudo talab qilgan narsani qilgan bo'lsangiz ham loyiq emassiz. Suvga cho'mdiruvchi kamtarligicha qoldi, u na o'zining qobilyatidan davo qilmadi, biroq Xudoni ulug'ladi.

Yuhanno yana shogirdlariga guvohlik berdi. U Masih emas edi. Balki u Quddusga zafar qozonib kirishni kutgan bo'lishi mumkin, lekin bu sodir bo'lmadi. Iso oddiylikcha suvga cho'mdirishni davom ettirdi. Shunda Suvga cho'mdiruvchi gangirab qoldi, va itoat etishda qoldi. U faqat Masihning yo'lini tayorlaydigan habarchi edi.

Yahyo unga berilgan vahiyga sodiq qoldi. U,Iso Uning kelinini suvga chomdirib, okinchini tuzatgan va suv orqali tozalagan Kuyovligini dalil qilib berdi. Bugun Ruh bu birlik ruhini yaratadi, Pavel shunday deb aytganiday, " Bizlar Masihning tanasining a'zolarimiz, va U bizning Boshimizdir; biz U bilan birmiz. "Masih endi bizning jazolovchimiz emas balki Qutqaruvchi kuyovimizdir.Bu xursandchilik to'yi bizning umidimiz Masihdaligini ko'rsatadi.

Suvga cho'mdiruvchi Jamoatning o'sayotganidan xursand bo'lib uzoqda turgan edi. Lekin u uning orasidagi to'plamga qaraganda Isoning orqasida turgandi. U sodiq qoladigan do'st bo'lishni tan oldi. U cho'ldagi hilvat joyda qolganida, Iso va'z o'qigan joy va mo'jiza ko'rsatgan joy poytAhdga to'g'ridan to'g'ri kirib borgandi. Suvga cho'mdiruvchi Shohlikni harakatlanishini nazorat qildi va hursand bo'ldi. Kuyovning ovozi va yetugligi unga yoqdi. Masihning muvaffaqiyatlarining yangiliklari unda samoviy kuy bo'ldi. Shunda Suvga cho'mdiruvchining xizmat kunlari yakunlab qolgan paytlarda uning dag'alligini Masihning muloyimligi yumshatib tashladi. U to'y bayramidaga sherik bo'lgandek quvonib ketdi.

Yahyo o'lishga tayyor edi, u O'zining ko'paygan izdoshlari haqida xavotirlanmadi. U yo'qolishni avzal ko'rdi, shunda Jamoat o'sishi mumkin.

Kitobhon, sizning yig'ilishingizni kim olib boradi? Har biri boshlovchilik uchun boshqasiga qarshi kurashadimi, yoki boshqalarga sizda Masih zo'r o'sishi uchun yo'l qo'yasizmi? Yahyoga qo'shiling va shunday deng, " U kuchayish kerak, men esa pasayishim kerak."

SAVOL:

  1. Masih qanday ma'noda Kuyov?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 10:25 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)