Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 022 (People lean towards Jesus; Need for a new birth)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

1 Qism - Ilohiy nurning porlashi (Yuhanno 1:1 - 4:54)
C - Masihning quddusga birinchi tashrifi (Yuhanno 2:13 - 4:54) -- Mavzu: Haqiyqiy sajda nima?
2. Isoning Nikodim bilan gaplashadi (Yuhanno 2:23 – 3:21)

a) Insonlarning Iso tomon borishi (Yuhanno 2:23-25)


YUHANNO 2:23-25
23 Iso Quddusda, Fisih bayramida bo'lganda, ko'p odamlar Uning qilayotgan ibratli mo'jizalarini ko'rib, Unga imon keltirdilar. 24 Ammo Iso hamma insonlarning ko'nglini bilgani uchun, O'zini ularga ishonmas edi. 25 Unga inson haqida biror ma'lumotning hojati yo'q edi, chunki inson dilida nima borligini U bilar edi.

Fisih bayramIda odamlar sajda qilish markazi bo'lgan Quddusga kelishgan edilar. Ular Xudoning hukmidan ota-bobolariga qalqon bo'lgan Qo'zi haqida o'ylayotgan edilar, shunda ular o'zlarining taomlaridagi qurbonlik go'shtini bo'lishdilar.

Xudoning tayinlangan Qo'zisi bo'lgan Iso Quddusga keldi va Ozining sevgisini va kuchini ko'rsatib ko'p mo'jizalarni ishlatdi. Shunda U olomonning diqqat nazari bo'ldi va Uning Ismi ko'plarning o'g'izlarida edi; ular shunday deb shivirlashishayotgan edilar, "U payg'ambarmi yoki kelajak haqida bashorat qiluvchi Elishami yoki Masih payg'ambarmi?" Ko'plar Uning oldiga oshiqdilar va U Xudodan kelganiga ishondilar.

Iso ularning yuraklarini ko'rgan edi, lekin ularning hech birini shogird bo'lish uchun tanlamadi. Ular haligacha Uning Xudoligini bilishmadi, lekin ular dunyoviy yo'l bilan o'ylashyotgan edilar. Ularning fikrlarida Rimdan bo'lgan ozodlik, qulay bo'lgan mansablar va qulay bo'lgan kelajaklar bor edi. Iso hamma insonzodni bilar edi. Uning ko'zidan birorta yurak yashirin qolmagan. Hech kim Xudoni chin qalbdan qidirgan emas. Agar ular sidqi dildan Xudoni qidirishganda, ular O'rdun daryosida gunohlarini tan olib, tavba -tazarru qilib suvga cho'mdirilgan bo'lishar edi.

Masih sizning yuragingizni, sizning tasavvurlaringizni, ibodatlaringizni va gunohlaringizni biladi. U sizning fikrlaringizni va ularning manbalarini biladi. U sizning to'g'rilik va xush xulqlik hayotni istashingizni sezadi. Qachon sizning mag'rurligingiz ketadi? Va Qachon siz Muqaddas Ruh tomonidan to'lib o'zingizni sevishlikdan qaytasiz?


b) Yangi tug'ilish uchun talab (Yuhanno 3:1-13)


YUHANNO 3:1-3
1 Yahudiy boshliqlaridan Nikodim ismli bir odam bor edi, u farziylar mazhabida edi. 2 Bu odam bir kun kechasi Isoning oldiga kelib, Unga dedi:-Ustoz Sen Xudodan kelgan bir muallim ekaningni biz bilamiz, chunki hech kim, agar Xudo U bilan bo'lmasa, Sen qilayotgan mo'jizalarni qilaolmaydi. 3 Iso unga shunday javob berdi:-senga rostini aytay: agar kim yuqoridan tug'ilmasa, Xudo saltanatini ko'ra olmaydi.

Olomonning orasidan Nikodim ismli bir odam chiqdi, u dinga berilgan va ko'zga ko'ringan, adolat sudining ettita boshliqlaridan biri edi. U Isoda Xudoning kuchi ishlayotganini sezdi. Balki u bu yangi Payg'ambar bilan Yahudiy jamosi o'rtasida ko'prik qurishni xohlagandir. O'sha bir vaqtda u oliy ruhoniylardan va oddiy halqdan hayiqdi. U Isoning insonligi haqida ikkilangan edi. U Isoga qo'shilishdan oldin Uni sinab ko'rmoqchi bo'lib, tunda Isoning oldiga yashirinib keldi.

Ergashuvchilarga Yozuvni o'rgatgan Masihni ko'rgan Nikodim, "Ustoz"degan yozuvni ko'rib, u keng fikrni ifodalayotgan edi. U, Iso Xudo tomonidan jo'natilganiga ishondi, va mo'jizalar orqali tasdiqladi. U shunday deb tan oldi, "Biz ishonamizki Xudo Sen bilan va Seni ushlab turibdi. Sen balki Masihdirsan? Bu ko'proq aniq yo'l qo'yish edi.

Iso, odamlarning yo'l boshchilarining o'rtasidan chiqayotgan Masihga bo'lgan bu uning savoliga to'la javob bermadi. U Nikodimning yo'ldan ozayotgan yuragini, uning gunohlarini va adolat uchun chanqoqligini ko'rdi. Nikodim diniy burchga ko'ra, u Xudoni haqiqatdan bilmadi. Iso u bilan ochiq ko'ngilli edi va shunday deb aytdi, "Haqiqatdan ham inson o'zining ishlari bilan Xudoni bila olmaydi; unga samoviy Ruhning yana yaratilishi kerak.

Bu e'lon qilish tealogika o'qishidagi va mantiqga ko'ra aqidalardagi Masihning hukmi edi. Chunki Xudoning bilimi ziyoliy ma'ruzalari orqali kelmaydi, biroq yangi tug'ilish orqali keladi. Radioda, yoqimsiz televizorda, siz xohlaganingizga burashingiz mumkin, lekin siz ba'zi tasavvurlarni ololmaysiz. Suratlar umuman radiodan boshqacha bo'lgan narsani talab qiladi. Mana yana tabiy inson, u fikrlash orqali yoki sezish orqali, uning diniy burchiga va haarakatiga qaramay Xudoni ko'rolmaydi. Bu ruhiy sezish o'zgarilishni, samoviy tug'ilishni va yangi ijod bo'lishni talab qiladi.

YUHANNO 3:4-5
4 -Keksa odam yana qanday tug'ila oladi? Onasining qorniga ikkinchi gal kirib tug'ila oladimi?- deb so'radi Nikodim. 5 Iso javob berdi:-Senga rostini aytay: agar kim suvdan va Ruhdan tug'ilmas ekan, Xudo saltanatiga kirolmaydi.

Nikodimning qismida Xudoning jaxolatini ko'rsatgan Masihning javobi uni gangiratib qo'ydi. U ikkinchi tug'ilish haqida eshitmagan edi. Buni eshitib, u bu taklif orqali yani keksa odam yana onasining qorniga qaytib borishini eshitib esankirab qoldi. Tajribaga ko'ra bu javob kalta o'ylashni ko'rsatadi. U, Ota Xudo O'zining Ruhi orqali bolalarni olib kelishini tushunmadi.

Iso Nikodimni sevdi; tan olish uchun uni boshqargandan keyin, u Xudoning Shohligiga bo'lgan yolni bilmadi, u Iso haqiqat bo'lganligini tasdiqlash orqali dalilni takidladi. Biz ikkinchi marta tug'ilmasdan Shohlikka kirolmasligimizga ishonishimizga to'g'ri keladi.

Ikkinchi tug'ilish nimani anglatadi? Tug'ilish bu na g'oya, na kishining hatti-harakatidan bo'lgan tug'ilishdir, modomiki hech kim o'zini tu'g'a olmaydi, Xudo ota-ona va hayot beruvchi bo'ladi. Bu ruhiy tug'ilish inoyatdir, bu xulq-atvorni islohat qilish, na ijtimoiy tartibni isloxat qilish emas. Hammalari yoshliklaridan gunohkordirlar va yaxshilanishga umidsiz bo'lib kilishgan. Ruhiy tug'ilish insonzod uchun Xudoning hayotining eshigidir.

Bu qanday bo'ladi? Iso Nikodimga aytdi, unga suv va Ruh orqali erishiladi. Suv Yahyoning suvga chomdirishini va nikoh to'ydagi poklanish idishlarni aytadi. Eski Ahdning azolari tozalanishda kerak bo'lgan suv gunohdan tozalanish belgisi ekanligini bilishar edi. Iso aytganidek, "Nima uchun siz gunohlaringizni tan olishga va suvga cho'mdirilish uchun Yahyoning oldiga tushmaysiz?" Yana bir yerda Iso shunday degan, "Agar kimdir Menga ergashishni istasa, o'zidan kechsin, va xochini ko'tarib orqamdan yursin." Birodar aybingizni tan oling, sizning gunohingizga Xudoning hukmini qabul qiling. Siz nobud bo'lyapsiz.

Iso suvga cho'mish bilan kifoyalanib qolmagan, biroq singan yurakdagi yangi hayotni yaratib Muqaddas Ruh bilan tavba qilibsuvga cho'mgan. Uning xochdagi o'limidan keyin bizning ong-vijdonimizdagi tozalanish bu Uning qoni orqali tozalanishdir. Bu tozalanish Muqaddas Ruhning ishi. Kishi Ruh orqali jalb qilinganda, u abadiy hayot va uning mevasi bilan to'ldiriladi. Bu inson Iso orqali boshqarilgan yaxshi inson bo'ladi. O'zgarilish uchun vaqt kerak bo'ladi; bu tug'ilmagan chaqaloq qorinda rivojlanib tug'ilgandekdir. Imonlidagi ikkinchi tug'ilish ham shundaydir.

Iso O'ning voizligining maqsadini, va Xudoning Shohligining mavzusini tuzdi. Xo'sh, Shohlik degani nima? U siyosiy harakat emas, yoki ekonimik teoriya ham emas, lekin bu Ota, O'g'il va Muqaddas Ruh bilan qayta tug'ulishning hamjihatligidir. Bu marhamat Ruhi ular Masihga o'zlarini bag'ishlaganlarida va bo'ysundirilish uchun ular Uni o'zlarining Sxohlaridek e'tirof etishganida ularning ustiga bu Ruh keladi.

IBODAT: Rabbim Iso, inoyat orqali qaytatdan tug'ilishim uchun senga rahmat. Sen mening ruhiy ko'zlarimni ochib yubording. Men Sening sevgingda yashayin. Seni chin yurakdan qidiradiganlarni, gunohlarini bilib tan oladiganlarni, Sening Muqaddas Ruhing orqali yangilanadiganlarni va Sening to'kkan qoninga sodiq qoladiganlar Sen bilan birliginga kirishlari uchun ko'zlarini ochgin.

SAVOL:

  1. Nikodimning diniy burchi va Masihning maqsadining o'rtasida qanday farq bor?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 10:22 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)