Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 021 (Cleansing of the Temple)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

1 Qism - Ilohiy nurning porlashi (Yuhanno 1:1 - 4:54)
C - Masihning quddusga birinchi tashrifi (Yuhanno 2:13 - 4:54) -- Mavzu: Haqiyqiy sajda nima?

1. Ma'badni tozalash (Yuhanno 2:13-22)


Yuhanno 2:13-17
13 Yahudiylarning Fisih bayrami yaqinlashib qolgani uchun Iso Quddus shahriga bordi.14 Ma'badga kirganda, xo'kiz ,qo'y,kaptarlarni sotayotganlar va o'tirgan sarroflarni ko'rdi. 15 Iso arqondan darra yasadi-da ,ma'baddan hammasini, xo'kizu qo'ylari bilan birga, quvib chiqardi, sarroflarning xontAhdalarini ag'darib, pullarini sochib yubordi.16 Kaptar sotuvchilarga: - Bularni yo'qotinglar bu erdan , Otamning uyini savdoxonaga aylantirmanglar!-dedi. 17 Shunda Uning shogirdlari "Sening uyinga bo'lgan rashkim Mening ichimni kemirib ketdi" degan oyatni esladilar .

Iso dunyo bo'ylab, yuz minglab Yahudiylar to'planadigan ulug' Fisih bayrami uchun Quddusga bordi. Bu Qo'zi tufayli ulardan Xudoning qahr-g'azabi ketganini xotirlab qo'zilarni qurbon giladigan kun edi. Qon to'kmasdan hech qanday gunoh kechirilmaydi. Yarashishsiz sajda behudadir. Iso ularning gunohlarini ramz sifatida O'rdun daryosida bartaraf qildi. Ularning o'rniga Iso o'limdan suvga cho'mib imon keltirishni qabul qildi, bu U Xudoning qahr-g'azabini O'ziga olgan belgidir. Iso Xudoning tanlangan Qo'zisi ekanligini bilar edi.

U shaharga kirganida va ma'bad kengashi tomon yo'l olganda, U hashamatli binoga qoil qolmadi, balki U O'zining qurbonligi orqali insonzodning najotini o'ylayotgan edi. Ajablanarlisi shundaki, U ma'badga kirganida shovqin-suron edi. U ma'badda topgan narsalari shu bo'ldi-ki, U kir-chir, ur-sur, mollarning marashi va savdo-sotiq qiluvchilarning tortishuvlari va hayvonlarning qonlarini topdi. U yana ziyorat qiluvchilar haqlarini to'lash uchun Yahudiy puliga tashqi valyutani almashtiruvchilarning baqir chaqirlarini eshitdi.

Ma'baddagi shovqun-suron maxsus hatti-harakatlar va sotib olinadigan solihlik imoni bilan to'lgan edi. Ziyorat qiluvchilar inoyat va solihlik, udumlar yaxshi ishlar orqali sotib olinadi deb taxmin qilganlar, haligacha savob ishlar orqali najodga erisha olmasliklarini bilmaydilar.

Bunda Iso O'zining pokdil bo'lgan g'azabini ko'rsatdi. Haqqoniy ulug'lash uchun Uning rashki savdo-sotiq qiluvchilarning hayvonlarini tashqariga haydashga va ularning pullarini erga sochib yuborishga olib keldi. Biz U biror kimni urgani haqida o'qimaymiz, lekin Uning ovozi Xudoning ulug'vorligining oldida kim bosh egmasa Xudo shularni uradi degan gapni gapirdi. Erda buzilgan yuraklardan ajiralib Muqaddas Xudoga taslim bo'ladigan va Xudoga maqul keladigan hech qanday sharafli narsa yo'qdir.

Xudoning muqaddasligi tomon insonzodning befarqligidan Isoning yuragi achishib ketdi. Yuzaki xudojo'yllikda ko'ringan shunday mensimaslik va nodonlik, hatto 1300 yil oldin Qonun berilgan bolsa ham, fikrlarni va yuraklarni kafanlaydigan zulmatlikni ko'rsatadi. Bunda Iso sajda qilish markazini tozalash uchun ilohiy qahr-g'azabni va muqaddas rashkni ko'rsatdi. Bu markaz butun holatni aks ettirdi. Iso Xudoga bo'lgan insonning munosabati tubdan o'zgarish uchun, e'tiqodning asosi uchun islohatni talab qildi.

Yuhanno 2:18-22
18 Shunda Yahudiy mansabdorlari:-Bunday qilishga qanday huquqing bor? Isbot qilib mo'jiza yarat-chi! -deb Isodan talab qildilar. 19 Iso dedi: -Bu ma'badni buzinglar, Men uch kun ichida uni tiklayman. 20 Bunga javoban yahudiy mansabdorlari: -Bu ma'bad qiriq olti yilda qurilgan, Sen uni uch kunda tiklamoqchimisan-a?! -dedilar. 21 Holbuki, Iso ma'bad deb o'zining badanini nazarda tutgan edi. 22 Iso o'lib tirilgandan keyin, shogirdlari Uning bu so'zini esladilar va muqaddas bitikka ham, Isoning so'ziga ham ishondilar.

Ruhoniylar ma'badning tozalanishi va savdo-sotiq qiluvchilarning faryodlari haqida bilar edilar, shunda ular shoshilib Isodan so'radilar, "Buni qilish uchun Senga kim huquq bqerdi? Kim seni jo'natdi? Vakolatingni bizga isbotlab ber" deyishdi. Ular tozalash uchun e'tiroz bildirmadilar; Ular buni, Iso inson g'azabi bilan emas, balki Xudoning uyiga bo'lgan xurmati uchun haqiqatda sajda qilish Ruhini qaytarib kelish uchun muqaddas rashkdan qilayotganligini sezdilar; ular Uni qo'zg'atgan sabablarni tasdiqlashni xohladilar. Shunday qilib Iso ularning ko'z o'ngida dushman bo'ldi, chunki U ularning ruhoniylik tashkilotlarini deb ilojsiz ma'badni isloxat qilishni izladi.

Iso ularning ikkiyuzlamachilik bilan topinishlariga tanbeh berdi, chunki ular ommaviy topinuvchilarning baqir-chaqirini va Xudoning huzurining jimligiga bo'lgan dunyo tinchligini afzal ko'rdilar. Iso bashoratlik bilan, ma'bad ularning yuzaki topinishlari va nodonliklarining oqibatidan vayron bo'lganligini ko'rdi. Uyushtirilgan diniy marosimlar va hatti-harakatlar insonni saqlab qolmaydi, balki u o'zgartiradigan Xudoning saqlash haqiqati orqali yuraklarni o'zgarishidir.

Bu huzurni saqlash, ularning o'rtalarida turgan Zod edi. Iso haqiyqiy Ma'baddir. Xudo o'sha joyda Masihda edi. Chamasi Iso shunday deb aytayotgan edi, "Tanamning ma'badini buzing, chunki siz Xudo uchun Mening rashkimga tura olmaysiz. Sizlar mumkinmas narsani qilasizlar va bu Ma'badni buzasizlar, lekin Men bu tanani uch kunda tiklayman; Men qabrdan tirilaman. Meni o'ldirasizlar , lekin Men hayotman, chunki Men O'zim hayotman, Xudo tanadadir. Siz Meni o'ldira olmaysiz. "Shunda Iso O'zining tirilishini co'zsiz e'lon qildi. Bu tirilish bugungi kun uchun Uning mo'jizalarining buyugidir.

Oliy ruhoniydan bo'lgan vakillar ma'bad haqidagi bu masalani tushunishmadi. Ular marmardan bo'lgan ustunlarga va zarrin gumbazlarga tikilib qarashdi, va Hirod 46 yil mobaynida qurgan dindorlar yashaydigan joyda Iso kufrlik qildi deb taxmin qilishdi. Ular toshlar haqida gapirishdi, U O'zining badanini nazarda tutgandi. Bu muhim munozaralar Uning xizmati boshida Sanhedrinning oldida yana bir marta Uni yolg'onchi guvohlarning yordami bilan sinab ko'rishdi.

Masih tashabbus ko'rsatgan yangi imonning ma'nosini tushunish uchun, aniq Eski Axdagi odamlar mag'lubiyatga uchrashgan. Hatto Isoning izdoshlari ham Isoning o'lib tirilishigacha bu yangi imonning chuqur ma'nosiga tushunib yetmaganlar. Keyin ular qanday qilib Og'il gunohlar uchun to'lov to'lab, qayta tirilganiga tudhunib yetdilar.

Bugun Iso bizlar yashayotgan ruhiy ma'badda bizlar bilan birgadir. Muqaddas Ruh shogirdlarni qadimgi Yozuvlarning ma'nolarini ko'rsatib berib va Isoning aytgan so'zlarida ularni yoritib berdi. Ular imonda mustahkam turdilar va birgalikda Xudoning Muqaddas ma'badi bo'ldilar.

IBODAT: Ey Rabbim Iso, Sen Xudoning yashaydigan joyisan va Xudo va gunohkorlar Senda uchrashadi. Biz tavba qilib, sajda qilishimizga va Sening to'liqliging bilan to'lishimizga yordam ber, shunda biz birga Muqaddas Ruhning ma'badi bo'lishimiz va har doyim Otani ulug'lashimiz mumkin.

SAVOL:

  1. Nima uchun Iso ma'badga kirib savdogarlarni quvib chiqardi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 10:21 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)