Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 020 (Jesus' first miracle)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

1 Qism - Ilohiy nurning porlashi (Yuhanno 1:1 - 4:54)
B - Masih shogirdlarini tavba qilish qoidasidan to'y oqshomining xursandchiligiga boshlaydi (Yuhanno 1:19 - 2:12)

4. Isoning Kanadagi hikoh to'yidagi birinchi mo'jizasi (Yuhanno 2:1–12)


YUHANNO 2:1-10
1 Uchinchi kuni Jalilaning Kana shaharchasida nikoh to'yi bo'ldi. Isoning onasi ham u yerda edi. 2 Iso bilan shogirdlari ham to'yga taklif etilgan edilar. 3 Sharob tugab qolgach, Isoning onasi Unga:-Ularda sharob qolmabdi-dedi. 4 Iso unga:-Mening ishimga aralashma, ayol. Maning vaqt-soatim hali etgani yo'q,-dedi. 5 Shunda onasi xizmatchilarga:-U sizlarga nima desa, o'shani qilinglar,-dedi. 6 O'sha yerda yahudiylar tahoratda ishlatadigan, har biri ikki-uch chelak sig'imli oltita tosh xum bor edi. 7 Iso xizmatchilarga:-Xumlarni suvga to'ldiringlar,-dedi. Ular xumlarni limmo-lim to'ldirishdi. 8 Iso ularga:-Endi cho'michlab olib, to'y boshiga olib boringlar,-dedi. Ular esa olib borishdi. 9 To'yboshi sharobga aylangan suvni tatib ko'rdi. Uning qayoqdan kelganligini bilmas edi, faqat olib kelgan xizmatchilar bilishar edi. To'yboshi kuyovni chaqirtib unga aytdi: 10-Har kim avval yaxshi sharobni qo'yadi. Kayf qilishgandan keyingina yomonrog'ini beradi. Sen esa yaxhsi sharobni shu vaqtgacha saqlabsan-ku!

Iso O'rdun yo'lagi bo'ylab tavba-tazarru qildiradigan cho'mdiruvchi Yahyoning vodiysidan Jaliliya tepaligiga to'yning xursandchiligida qatnashish uchun shogirdlarini bo'shladi. Bu 100 kilometrli sayohat ikkita Axdning siyosiy o'zgarishini ko'rsatadi. Endi imonlilar Qonun soyasida yashamaydilar, balki tinchlik Beruvchi va Quyosh ko'tarilishi bo'lgan Iso bilan solihlik xursandchiligida yashaydilar.

Iso Yahyoga oxshab qattiq qo'l emas edi. Chunki oddiy nishonlash xursandchiligiga Masih shogirdlari bilan borishi o'zi mo'jiza edi.Iso ,insonning ichiga kiradigan narsa emas,balki insonning yuragidan chiqadigan narsa insonni xarom qilishi haqida o'rgatgunicha , sharob ichishni man qilmadi.Iso qattiq qo'llikni rad etmadi,balki bu turmush-tarzda bo'ladigan kichkina foyda o'rgatdi.Bizning buzilgan yuraklarimizga yangi tabiat va yangi tug'ilish kerak.Muqaddas Kitob taqiqlagan narsa bu ichkilikbozlikdir.

Natan'il Kanada bo'lgan paytida shogirdlar Iso bilan to'yga birga bordilar(21:2). Isoning onasi kuyovning oilasi bilan tanish bo'lganga o'xshaydi. Taxminan Yusuf allaqachon o'lgan. Maryam tul qolgan, va Iso oila boshi bo'lib to'yda qatnashgan.

Shunda Isoning onasi uchrashuvda qarindoshlariga kerak bo'lgan narsaga yordam berishni Isodan so'radi. Uning O'rdundan qaytganidan beri, U oddiy inson emas, balki dunyoviy ishlardan shogirdlari ergashadigan Xudo xizmatiga Muqaddas Ruh orqali o'zgarildi.

Maryam O'g'liga suyanib qolgandi, chunki u Uning mehribonligini va sevgisini bilar edi. Maryamning sevgisi Isoning qo'llaridagi birinchi mo'jizaga yetekladi. Masihning sevgisidagi ishonch Xudoning qo'llarini qo'zg'atadi. Onasi Isoning aytgan so'zlarini qilishlari uchun cho'rilarga buyruq berdi. Maryam Iso bir yo'lda yoki boshqa yo'lda yordam berishiga ishonar edi. Uning cho'rilarga bo'lgan gaplari, hamma Jamoatlarga shiordek ishlatiladi, "U sizga nima aytsa, shuni qiling"! Masihga itoat qilish tasirida; Isoning so'zlariga itoat qilish juda ko'p mo'jizalarni olib keladi.

600 liter hajmli tozza va bo'sh idishlar to'ldirildi. Bu shuni ko'rsatadiki, mehmonlar katta miqdordagi suvni tozalash uchun ishlatishgan. Iso shu yerda bo'lganida boshqa poklanish kerak. Asta-sekin tozalanmagunicha hech kim Qo'zining to'yida qatnasha olmaydi.

Nima bo'lganda ham, poklanish Masihning havotiri emas edi. Nigoh to'yining nishonlanishi davom etishi kerak. Iso sekinlik bilan toza suvni shirin bir yaxshi sharbatga aylantirdi. Bu qanday qilib ijro etildi biz bilmaymiz. Lekin bu hodisadan biz bilamizki Qo'zining to'yida qatnashuvchilarning hammasi uchun Uning qoni to'kilgani yetarlidir. Bunda hech qanday ichkilikbozlik yo'q. Muqaddas Ruh hech qanday ichkilikbozlikka ruhsat bermaydi. Lekin shirin sharbatning mo'l-ko'l taminoti insonzodning gunohi uchun Masihning kechirimining benixoyatda o'lchalgan ramzidir. Osmonning hamma qatnashuvchisi xursand bo'lsin. Hamma Qutlug' kechlikda nonni va sharobni minnatdorchilik bilan qabul qiladi, bu Masihning huzurini timsoli, va Uning xursandchiligida dam olishimizdek kechirim imtiyozidir.

YUHANNO 2:11-12
11 Iso dastlabki ushbu mo'jizasini Jalilaning Kana shaharchasida namoyish qildi, bu bilan O'zining ulug'vorligini zohir qildi. Shogirdlari esa Unga imon keltirdilar. 12 Shundan keyin Iso, onasi, ukalari va shogirdlari Kafarnahum shahriga keldilar va u yerda bir necha kun turdilar.

Shogirdlar Isoning yaratgan ishiga qoyil qoldilar, va ular Uning tabiy hodisa ustidagi hokimyatini his qildilar. Ular Uning ulug'vorligini ko'rdilar va Xudo Uni yuborganiga ishondilar. Bu Unga ishonishga yetakladi. Imondada o'sish uchun vaqt kerak, va tushunish uchun bo'ysunish kerak. Agar Masihning ishlarini o'rgansangiz, va aytganlariga chuqur qarasangiz, bu Uning shaxsining buyukligini tushunib yetasiz.

Iso oilasidan ajiralib chiqqan edi va U Xudoga xizmat qilish uchun oddiy burchlardan ozod edi. Lekin Unig onasi va ukalari bilan aloqasi uzilmagan. Bir muncha ular Isoning shogirdlari bilan yurishgan. Uning ukalari Tiberiya Ko'lidagi asosiy shahar Kafarnahumga Iso bilan birga borishgan. Balki Isoning shogirdlari Kanada bo'lgan mo'jiza uchun emas, shunday insoniylarcha ishonishgan .

IBODAT: Rabbimiz Iso, Sendan minnatdormiz. Chunki Sen do'stligingdagi xursandchilikda sabr qilib bizlarni nikoh to'yiga chaqirding. Bizning gunohlarimizni kechir va Muqaddas Ruhing bilan bizlarni to'ldir. Sen qilgandek va ko'pchilikka O'zingni taqdim qilganingdek, biz Senga ergashamiz va solihlikda muqaddaslikda yashaymiz.

SAVOL:

  1. Nima uchun Iso shogirdlarini nikoh to'yiga olib bordi?

1-SAVOL-JAVOB

Aziz kitobhon, 24 ta savoldan 20 tasiga to'g'ri javob jo'nating. Keyin biz sizga bu o'qish kitobining chop etilgan birini jo'natamiz.

  1. To'rtinchi Xushxabarni kim yozgan?
  2. To'rtinchi Xushxabar va birinchi uchtasining o'rtasidagi munosabat nima?
  3. Yuhannoning Xushxabarining maqsadi nima?
  4. Bu yagona Xushxabar kimga yozilgan?
  5. Qanday qilib Xushxabarning ish mavzusini tashkillashtirib, uni bo'laklarga bo'lish mumkin?
  6. 1Yuhannoning birinchi oyatidagi qaytarilgan so'z nima va uning ma'nosi nima?
  7. Yuhanno o'zining Xushxabarining boshida Masihning qanday oltita hislatlarini ochib berdi?
  8. Kalomning ruhiy ma'nosidagi nur va zulmat o'rtasidagi farq nima?
  9. Yahyo cho'mdiruvchining xizmatidagi asosiy maqsadi nima?
  10. Masih nuri va qorong'u dunyo o'rtasidagi munosabat qanday?
  11. Masihni qabul qilganlar bilan nima sodir bo'ladi?
  12. Masihning mujassamligini ma'nosi nima?
  13. Masih kamoloti orqali belgilangan narsa nima?
  14. Masih qanday yangi fikrni dunyoga olib keldi?
  15. Yahudiy Oliy kengashidan bo'lgan vakillarning savollarining ma'nosi nima edi?
  16. Qanday qilib Yahyo Odamlarni Xudoning yo'lini tayyorlash uchun chaqirdi?
  17. Oliy kengashdan bo'lgan vakillarning oldida Yahyoning guvohligining mag'zi nima edi?
  18. "Xudoning Qo'zisi"degani nimani anglatadi?
  19. Nima uchun Masih Muqaddas Ruh beruvchidir?
  20. Nima uchun ikki shogirdlar Isoga ergashtilar?
  21. Qanday qilib birinchi bo'lgan shogirdlar Isoning ismini eshittirdilar?
  22. Qanday qilib birinchi shogirdlar Isoning ismini boshqalarga e'lon qildilar?
  23. "Inson O'g'li" va "Xudoning O'g'li" degan gapning o'rtasida qanday bog'liqlik bor?
  24. Nima uchun Iso shogirdlarini nikox to'yiga olib bordi?

Quydagi manzilga aniq yozilgan ismingizni va manzilingizni javobingiz bilan jo'nating:

Waters of Life
P.O.Box 600 513
70305 Stuttgart
Germany

Internet: www.waters-of-life.net
Internet: www.waters-of-life.org
e-mail: info@waters-of-life.net

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 10:19 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)