Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 019 (The first six disciples)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

1 Qism - Ilohiy nurning porlashi (Yuhanno 1:1 - 4:54)
B - Masih shogirdlarini tavba qilish qoidasidan to'y oqshomining xursandchiligiga boshlaydi (Yuhanno 1:19 - 2:12)

3. Birinchi oltita ishogirdlar (Yuhanno 1:35-51)


YUHANNO 1:47-51
47 Bundan so'ng Iso Natan'ilning o'ziga yaqinlashyotganini ko'rib:-Qarang hech hiylani bilmaydi, huddi haqiyqiy isroillik!-dedi. 48 Natan'il Isodan so'radi:-Sen meni qayerdan taniysan?-Filip seni chaqirmasidan oldin, sen anjir daraxtining tagida eding. Men seni o'sha erda ko'rgan edim,-deb javob berdi Iso. 49 Shunda Natan'il:-Ustoz, Sen Xudoning O'g'lisan, Sen isroilning Podshosisan!-dedi. 50 Iso unga javoban:-Men senga: seni anjir daraxti tagida ko'rdim, deganim uchun ishonyapsan-da. Sen bundan ham buyuk ishlarni ko'rasan!-dedi. 51 So'ng unga yana:-Sizlarga rostini aytay: bundan keyin osmon ochilib, Inson O'g'li oldiga Xudo farishtalari tushib-chiqayotganini ko'rasizlar,-dedi.

Natan'il, Iso uning ichki dunyosini ko'rganini tushunib yetganda, ozgina orqaga olindi. Natan'il Eski Axdning haqiyqiy imonlisi edi, chunki u Yahyoning oldida gunohlarini tan oldi va butun yuragi bilan Xudoning Shohligini xohladi. Bu o'zini o'ylaydigan solihlik emas edi, balki bu Qutqaruvchi Masihni jo'natish uchun Xudoni chaqiradigan gunohlardan tavba qilish uchun singan yuraklarning munosabati edi.

Iso olisda daraxtning tagida tizza cho'kib, o'tinib so'rovchining ibodatni eshitdi va ko'rdi. Bu kishida yashiringan dalillarni isbotlovchi bu kuch ilohiy sezgidir.

Iso uni rad etmadi balki uni Masihning kelishi tomon qaratgan va Eski Ahdga asos solgan etiqodli inson namunasida tasvirlab uni oqladi.

Masihning ulug'ligi Natan'ilning shubhasini tarqatib tashladi. U Isoga tan berdi va Masihga tegishli shunday Kitobiy so'zlardan foydalanib Uni ulug'ladi: Xudoning O'g'li va Isroilning Podshohi. Shunday iboralar talafuz etilganda Natan'ilni o'limga fosh qiladi, chunki Xattotlar va Yahudiyaning Kengash azolari Xudoda O'g'il bo'ladi degan iborani rad etishgan. Shunday yozuvlar shak keltirish xisoblaniladi. Vaxolanki Isroil Shohi bo'lishining davosi Rimliklar arboblari tomonidan qo'lga olinishiga o'xshab, Hirod tomonidan U quvg'in qilinadi. Shunda sodiq ishonuvchi, payg'ambarlarga oshkor qilingan va'dalarni ko'rsatib berdi. U bu insonga qaraganda Xudodan ko'proq qo'rqdi va otaning tarkibini belgilash orqali Uni ulug'ladi.

Hech qaysi boshidagi shogirdlar Natan'il Isoni shunday nomlar bilan nomlaganiga o'xshab ular Uni nomlashmagan. Ajablanarlisi shundaki, Iso hech qaysi bu ijodlardan voz kechmadi, lekin unga osmonlar ochilganini ko'rsatish orqali uning zexnini o'stirdi. Masih osmonga ko'tarilib, Otaga O'zining mo'jizalarini ko'rsatib va O'g'illikga qaytib, marhamatlar bilan to'lib-toshib ko'rinmaydigan farishtalar bilan qoplangan edi. Shunda Yoqubning bashorati bajo bo'ldi, chunki Masihda to'la baraka topildi. Pavlus yozganidek, "Osmonlarda ruhiy marhamat bilan bizni marhamatlagan Tangrimiz Iso Masihning Otasi Xudoga shon-shuhrat bo'lsin." Masihning yeridan va suvga cho'mdirilishidan boshlab osmon ochiqligicha qoldi. Burun bu osmon Xudoning qahrining hisobi bilan va bu darvoza qo'llarida qilichlari bilan qo'rixlab turadigan farishtalar bilan berkitilgan edi. Xudo tomon boshlovchi bu darvoza hozir Masihda ochildi.

Mana birinchi marta Yuhanno Masihning oddiy jumlasini ishlatadi, "Chindan, Men senga aytaman..." Bu inoyat davrining asli, insonning tushunchasidan ancha ulug' edi, bizning yangi imonimizning asil ilohiyotidek, hali ham insonga kerak. Chunki qachondir Iso shu iborani qaytarsa, biz to'xtab, bizning o'ylarimizda ruhiy vahiy iborasi o'tguncha Uning istagini o'ylaymiz.

Bu e'londan keyin, Masih yangi tug'ilgan jamoatga va U tomon to'g'irlangan quvg'inga qarshi ehtiyotkorlikda Natan'ilning shahodatini to'g'irladi. Iso, Men va'da berilgan Shohman, Xudoning O'g'liman, deb aytmadi, balki U O'zini 'Inson O'g'li' deb nomladi. Bu Iso O'zi uchun umumiy ravishda ishlatgan ijod edi. Uning tanada bo'lishi Uning yagona xarobaligi edi; U bizdek bo'ldi bu Xudoning O'g'li insondek bo'lib, bizlar uchun Xudoning Qo'zisidek o'lishi judayam buyuk mo'jizadir.

Xuddi shu vaqtda 'Inson O'g'li' iborasi Donyorning Kitobida sirli ravishda eslatilganini ko'rsatadi. Xudo 'Inson O'g'liga' hukmni topshirdi. Natan'il, Iso faqat Zot Shoh va O'g'il emasligini, balki Inson soyasidagi Ilohiy Zod va dunyoning Hukmlovchisi ekanligini tushunib yetdi. Shunday qilib Iso g'amgin imonlini yuqori imonning bosqichiga yetagladi. Iso yosh yigit bo'lganidan beri, shunday imon yuzaki emas edi. Lekin Imon orqali shogirdlar osmon ochilib, Undagi yashiringan ulug'vorlikni ko'rdilar.

IBODAT: Hukmlovchi Xudoning O'g'li, bizlar Seni ulug'laymiz. Bizlar faqat qahr-g'azabga loyiqmiz holos, lekin biz Sening inoyating orqali kechirim berishinga va bizning do'stlarimizga g'amho'rlik qilishinga iltijo qilamiz. Xudoni qidiruvchilarga marhamatingni yog'dir, shunda ular Senga ishonib, umitda va bilimda o'sib, Seni ko'radi, biladi va Seni sevadi.

SAVOL:

  1. 'Inson O'g'li' va 'Xudoning O'g'li' degan gapning o'rtasida qanday bog'liqlik bor?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 10:18 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)