Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 014 (Testimonies of the Baptist to Christ)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

1 Qism - Ilohiy nurning porlashi (Yuhanno 1:1 - 4:54)
B - Masih shogirdlarini tavba qilish qoidasidan to'y oqshomining xursandchiligiga boshlaydi (Yuhanno 1:19 - 2:12)

2. Yahyoning Masih haqida yana shahodatlari (Yuhanno 1:29-34)


YUHANNO 1:29-34
29 Ertasiga Yahyo Isoning o'ziga yaqinlashayotganini ko'rib, shunday dedi: "Mana, dunyoning gunohini O'ziga oluvchi Xudoning qurbonlik Qo'zisi! 30 Men aytgan edim: Mening ketimdan kelayotgan Zot bor, U mendan ulug', chunki U mendan ilgari ham bor edi. Bu-O'shaning O'zidir.

Vakillar Quddusga qaytishganda, ular Yahyodan nafratlanishdi. Bu payitgacha Yahyo Masih O'zining xalqini gunohdan tozalash uchun isloxatchi bo'lishiga, bug'doyini shopirishiga ishonib kelgan; Masih jaHldor Tangridek, Uning qo'lida hamma kasallangan daraxtlarni kesish uchun boltasi bor. Shunday qilib Masihning kelishi Qiyomat kunining xabarchisidir. "Masih bizning oramizdadir", deb aytganda, shogirdlar o'zlarining gunohlarini muzokara qilishayotgan edi. Qiyomat kuni ogohlantirmay keladi deb kutishgan edi.

Suvga cho'mdiruvchi Yahyoning oldiga yosh o'ttiz yoshli Masih kelib, muloyimlik bilan Yahyodan suvga cho'mdirilishini so'radi. Bu kamtarlik Isodan uning gunohlarini kechirishini va suvga cho'mdirilishini so'ragan Yahyoga Tangrini ochib berdi. Iso nima bo'lganda ham solihlikni bajarish uchun suvga cho'mishiga turib oldi.

Darhol, Yahyo Muqaddas Xudo insonlarni nobud qilish uchun emas balki gunohlari uchun to'lov to'lash uchun kelganini tushunib etdi. U suvga cho'mishni insoniy vakildek qabul qildi. Isoning dunyoga kelishi qahr-g'azabda hamma narsani bajarish emas, balki Xudo bilan yarashtirish va kechirim berish uchun kelishi edi. U Eski Ahdning oxirida turganidek, Yahyo Xudoning sevgisida Uni teranliklarini sezdi. Bu nurli o'zgarish uning borlig'ini o'zgartirib tashladi.

Keyingi kun Iso kelganda, Yahyo Isoni ko'rsatib shunday dedi,"Ko'ringlar va payqanglar, ko'zlaringizni ochinglar, u O'shadir!" U yerda hech qanday momoqaldiroq yoki tumonat farishtalar yo'q edi, balki Kalom amalda bajarilayotgandi. Bu yosh kishi uzoq yillardan beri kutilgan, Tangrini O'zi, dunyoning Umidi bo'lgan Masihdir.

Yahyo Masihni o'rab turgan olomon eski siyosat va xarbiy strategiyaga oid g'oyalar bilan Masihni ushlab turishini xohlamadi.

Iso juda jo'r va zafarli kutilgan Yahudiylarning Arsloni emas balki U juda muloyim va kamtar Xudoning Qo'zisi edi.

Ruhga to'lib Yahyo shunday deb e'lon qildi, "Bu Iso dunyoning gunohini O'ziga oladi. U Xudoning Qo'zisi va qadimgi qurbonliklar marosimining belgisi bo'lish uchun tanlangan. U hamma insonlar uchun O'rin bosuvchi bo'lishga arziydi. Uning sevgisi kuchli va tasirchandir. U hamma odamlarning gunohlarini oladigan Muqaddas Xudodir". Masihda Xudoning solihligi bo'lish uchun, biz uchun gunohsiz Iso gunohga aylandi.

Yahyoning shahodati Xushxabardagi yuqori Injilning mag'zidir. U Masihning ulug'vorligi biz uchun azoblanish ekanligidan xabardor bo'ldi. Masihning najoti dunyo bo'ylab hamma qabilalar, qizil, sariq, qora va oq, insofli va insofsizlar uchundir. Uning najoti yorug' va qorong'u, boy va kambag'al, qari va yosh, o'tgan, hozir va kelajak uchundir. Uning o'limi hamma gunohlar uchun to'lov to'laydi. Uning mehr-shavqati barkamoldir.

Uning qurbonlik Qo'zisi bo'lib kelgan birinchi kunidan boshlab, U yovuzlikning tasiri orqali azoblandi, lekin U nafratlanmadi, mag'rurlik qilmadi va nopoklik ham qilmadi, balki ularni sevdi. U ularning qullik ostida bo'lgan hayotlarini bilardi va biz uchun o'lishga tayyor edi.

Uni eshituvchilarga Yahyo Xudoning Qo'zisi ulardan Xudoning qahr-g'azabini olganini elon qildi. U ularning o'rinlariga o'ladigan qurbonlik Qo'zisidir. Balki bular qanday qilib bitta odam hamma uchun jazo olishi mumkin deb hayron bo'lgandir. Yahyoning so'zlari ularning ko'zlarini ochib yubordi, lekin xoch ularga hali tushunarsiz edi. Bir boshqacha hodisa Xudoning rejasini Masihda amalga oshirdi.

Yahyo yana, Iso bu najotni komil deb qaytardi, chunki U abadiy Xudo edi,"U mendan buyukroq, U mendan oldin bor bo'lgan".

Masihning ulug'vorligi buyuk edi, lekin Uning xochda ko'rsatgan sevgisi bu ulug'vorlikning mag'zini oshkor qildi. Bu Xushxabarchi, biz Uning shon-shuhratini ko'rdik; U azoblikda xochga osildi va bu bizlarni ozod qiladi va qanchalar bizni sevishini ochib berdi.

IBODAT: Ey dunyoning gunohini o'ziga olgan Xudoning Muqaddas Qo'zisi, bizga rahm qil. Ey Xudoning abadiy va mujassam bo'lgan O'g'li, bizlarning gunohlarimizni kechir. Ey bizlarning gunohlarimizni O'ziga olishga uyalmagan kamtar Nazaryalik, biz Seni juda sevamiz, chunki Sen bizlarni sevding va xochda O'zingda bizlarni komil qilding. Biz Seni sevamiz va rahmat aytamiz, chunki Sen bizlarni hukm qilish uchun kelmading, balki qurbonlik Qo'zidek kelding. Biz Senga ishonamiz, chunki Sen bizning yerimizdagi hamma insonlarning gunohlarini olding. Boshqalarni qutqarganingni ularga aytish uchun bizga donolik ber.

SAVOL:

  1. "Xudoning Qo'zisi " degani nimani anglatadi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 10:12 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)