Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 008 (The fullness of God in Christ)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

1 Qism - Ilohiy nurning porlashi (Yuhanno 1:1 - 4:54)
A - Xudoning so'zi isoda mujassamlashgan (Yuhanno 1:1-18)

3. Oyatda Xudoning kamoloti paydo bo'ladi (Yuhanno 1:14-18)


YUHANNO 1:14
14 Kalom inson qiyofasiga kirdi va biz aro maskan qildi, biz esa Uning ulug’vorligini ko’rdik; Otasi xuzuridan kelgan, marhamat va haqiqat ila to’lgan Yagona O’g’ilning ulug’vorligini ko’rdik.

Iso Masih kim? U haqiyqiy Xudo va haqiyqiy Zot. Havoriy Yuhanno bizga xushxabarining shioridek buyuk sirni ko’rsatadi. Xudoning Kalomini mujassamligini bizga eslatganda u o'zining Xushxabarining poydevorini bizlarga ko’rsatadi. 14 chi oyat quydagi hamma yangiliklarning kalitidir. Agar siz uning hamma ma’nosidagi ruhiy marvaridini sezsangiz, quydagi boblarning chuqur manosiga erishasiz.

Masihning mujassamligi bizning ruhiy yangilanishimizdan umuman boshqacha. Bizning hammamizning tanamiz bor va biz ota-onadan tug’ilganmiz. So’ngra, Xushxabar kalomi bizlarga etib keldi va bizlarda abadiy hayot taqdim etildi. Biroq Masih dunyoviy otadan tug'ilmagan. Biroq Xudoning Kalomi farishta orqali Maryamga keldi "Farishta javob berdi: Muqaddas Ruh sening ustinga tushib keladi, Xudoyi Taoloning qudrati seni qoplaydi. Shu sababli senda tug’ilajak muqaddas bola Xudoning o’g’li deyilur ( Luqo 1:35)". Bokira qiz imon orqali bu xabarni qabul qildi, Maryam qornidagi Muqaddas Ruh inson qoni bilan birlashgan yagona chaqaloqni topdi. Bu esa Xudo qanday inson bo’lganidir.

Bizning fikrilarimiz bu haqiqat oldida to’xtaydi. Biologiya bu sirni aniq ochib bera olmaydi. Odamzodning tajribasi uni tushuna olmaydi. Ba'zi tiologiklar ilmiy fikrlari orqali Masih faqat og’riqsiz va g’am chekmasdan tug'ilgan va haqiyqiy tanasiz shunday tanada paydo bo’lgan deb Masihning tug’ilishini mumkin emasligini aniqlashga harakat qilishadi. Biroq biz Masihning o’sha bir paytda to’la inson va to’la ilohiy bolganiga ishonamiz.

Bu ajoyib tug’ilish uchun Masihning mujassamligi eng zo’r izohdir. Hamma borliqdan oldin Otadan bo’lgan mangu O’g’il gunohsiz bo’lib bizning tabiy jismimizda qatnashdi. Chunki Muqaddas Ruh Undagi gunoh tomon moyillikni yo’q qildi. Shunday qilib Iso faqat insoniycha qoldi va gunohsiz, judayam muqaddas yashadi.

Xudoning O’g’li hamma o’tib ketadigan g’alayonchi, iltifotsiz va qabih insonlar bilan yashadi. Nima bolganda ham U abadiydir va Uning ilohiyligi haqqi U o'lishi mumkin emas. U yuksalishiga qaramasdan bizni sevdi va U Xudo bo’la turib inson qiyofasida bizlarning oramizda yashadi. U bizning mehribonimiz va bizning vaziyatlarimizni to’la tushunadigan Zod bo’ldi. U O’zining azoblarida to’la itoatkorlikni o’rgandi. Shu bilan U haqiyqatdan mehr-shavqatli bo’ldi. U Shayton rad etganday, bizni rad etmadi. Masih bizga yaqin bo’lish uchun inson qiyofasiga kirdi va Xudoga bizni yaqinlashtirdi.

Masihning tanasi Xudo odamlar bilan uchrashgan Eski Ahddagi qurbongohga o’xshaydi. Xudo Masihda edi va inson qiyofasida bo’lib odamlarga O’zini e’lon qildi. Hamma ilohiylik Masihda namoyon edi va insonzot bilan aloqani tikladi. Yunon matiniga ko’ra Yuhanno haqiqatdan 'U bizning oramizda qurbongoh qurdi" deb aytgan. Ma’nosi shuki U erda biz bilan qolib mustahkam qasr qurmadi balki U qisqa vaqt mobaynida odamlar chodirlarida yashagan Qabiladek yashadi. Shu paytdan boshlab U pastda O’zining chodirini oladi va uni boshqa joyga siljitadi. Xuddi shunday Masih jannatga ketishidan oldin qisqa vaqt bizning oramizda bo’lgan edi.

Havoriylar birgalikda Masihning shuhratini ko’rganliklari to’g’risida dalolat berishadi. Ularning shahodatlari ajoyib va quvonchlidir. Ular Xudoning O’g’lining tanada bo’lganligining guvohlaridirlar. Ularning imonlari Isoning ilohiyligini, sevgisini, sabrni, kamtarligini, vafodorligini tushunish uchun ko’zlarini ochdi. Uning pokligida ular Xudoning O’zini ko’rdilar. "Uning shuhrati" ifodasi Eski Ahddagi hamma ilohiy hislatlarning natijasining mazmunidir. Havoriy Yuhanno mardlarcha Isoning hamma hislatlarini uning shahodatida yoyib berdi. Yuhanno Isoning go’zalligi va buyukligidek Uning oliyjanobligi yashiringanini sezdi.

Yuhanno Muqaddas Ruh orqali ruhlanib Xudoni Ota va Isoni O’g’il deb nomladi. Bu so'zlardan qochadigan hech qanday narsa yo'qdir. Ruhning ilhomlanishi Xudoning muqaddasligini, buyuk Yaratguvchi Otaligini, O’ziga o’xshagan O’gli ham muqaddasligini, ulug’vor va abadiyligini va sevgiga to’la Xudoning yashiringan ismini ochib beradi. Xudo shunchaki qudrati bilan qasos olib va hukmi bilan ostin –ustun qilib yengmayapdi. Aksincha U rahm-shavqatli, muloyim, sabrlidir va Uning o’g’li Iso ham xuddi shundaydir. Biz Otani va O’g’ilni tushunishimiz orqali Yangi Ahdning mag’ziga yetamiz. Kim O’g’ilni ko’rsa Otani ko’rgan bo’ladi. Bu vahiy Xudoning timsolini o’zgartiradi va boshqa dinlarda buni topsa bo’ladi va bu ko’zlarimizni ochadi.

Xudoni bilishni xohlaysizmi? Shunday bo’lsa Masihning hayotini o’rganing! Shogirdlar Isoda nimani ko’rdilar? Ularning shahodatining mazmuni nima? Ular inoyat va haqiqat bilan birlashib ketgan Xudoning sevgisini ko’rdilar. Ibodatingiz singari bu uchtasining ma’nosi haqida o’ylang va siz Masihdagi Xudoning to’la shuhratini sezasiz. U biz munosib bo’lmagan shifobaxsh inoyati bilan bizlarga keladi. Biz hammamiz gunohkormiz; hech birimiz yaxshi emasmiz. Uning bizdek buzilgan nasilga kelishi biz uchun inoyatdir. Bizni Uning birodari deb chaqirish uyat emas, U bizlarni O’zining Muqaddas Ruhi bilan to’ldirdi, yangiladi, muqaddasladi va tozaladi. Bular "inoyat ustiga inoyat" saqlash hatti-harakatlari emasmi? Va hatto biz yangi haqiqatga erishdik chinki Masihning inoyati Xudoning haqiyqiy bolalari bo’lishga bizlarni o’tqazdi. Inoyat xabari yolg’onchi va tasavvur emas balki yangi haqiqatdir. Mujassamlanish, Uning hayotidagi bizni kamolotga elituvchi Xudoning ishini asl isbotidir. Inoyat bizning imonimizning asosidir.

IBODAT: Baytlaxmdagi munajjimlar va cho’ponlar oxurdagi chaqaloqqa bosh egib sajda qilganlaridek Biz ham Senga sajda qilamiz. Bizlarni birodarlar deb chaqirishga uyalmasdan bizning oldimizga inson bo’lib kelgan Xudosan. Sening nuring zulmatda porlamoqda. Mening nopok yuragimni tozala va u Sen uchun abadiy oxur bo’lishga munosib bo’lsin. Hamma Senga ishonganlar bilan Seni ulug’layman chunki Sening shuhrating muloyim jism bo’lgan. Biz Sendan o’tinamiz Bizning xududimizdagi ko’p miskinlar yangi haqiqatlarini sezishsin va Seni qabul qilishsin.

SAVOL:

  1. Masihning mujassamligining ma’nosi nima?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 10:06 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)