Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 004 (The word before incarnation)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

1 Qism - Ilohiy nurning porlashi (Yuhanno 1:1 - 4:54)
A - Xudoning so'zi isoda mujassamlashgan (Yuhanno 1:1-18)

1. Azaldan Kalomning ishi va mazmun-mohiyati mujassamlashgan (Yuhanno 1:1-5)


YUHANNO 1:5
5 Nur zulmatda porlaydi, Zulmat esa nurni qoplay olmadi.

Hamma narsa Xudo bilan nurga va poklikka to’ladir. Bu ochiq va chiroylidir. Unda qorong’ulik yo’q. Undagi hamma narsa aniq, to’g’ri, haq va muqaddasdir. Unda hech qanday nopoklikga joy topib bo’lmaydi. Muqaddas Ruh pokdir va Rabbiyning nuri dag’al bo’lib porlamaydi balki beozor bo’lib porlaydi. U shifo va dalda beradi.

Masihning nurini shu’lasi osmonlarga chegaralanmagan. Ular qorong’ulikni teshib o’tadi va najotni amalga oshiradi Bugunlik kunda Masihning zulmatda porlashi ajoyib inoyatdir. U bu darbadarlikdan yuz o’girmaydi aksincha ozodlikga olib chiqib ularni ruhlantiradi.

Biz qorong’u dunyoning umrini porloq dunyoga xilof deb tan olishimizga to’g’ri keladi. Biz qanday qilib zulmat kelgani haqida juda yaxshi bilmaymiz. Havoriy Yuhanno bu sirni bizga ochib bermadi U bizni qorong’ulikga fikrimizni qaratishni emas nurni bilib olishimizni xohladi. Hamma inson va bor mavjudod qorong’ulikga g’arq bo’lgan va butun dunyo shaytonning qo’l ostidadir.

Balki siz: Agar Masih Xudo bilan birga dunyoni yaxshi qilib yaratgan bo’lsa, qanday qilib unda qorong’ulik bo’lishi mumkin deb so’rashingiz mumkin. Xudo O’zining tasavvurida insonzodni yaratgan, va bugunlik kunda qanday qilib biz Uning shon- shuhratini ko’ramiz?

Xudoga bo’ysunmagan va Uning nurini so’ndirishga harakat qilgan Shaytonning ismini Yuhanno eslatib o’tishni xohlamaydi. Shayton har doim Masihga qarshi bo’lgan. Demak, unga berilgan nurni yo’qotgan. Shayton manman edi va Xudosiz buyuklikni izlagan. U Xudoning ustidan g’alaba qozonishni xohlagan. Oxir oqibat u zulmat soxibiga aylandi.

Aziz brodar, hayotingizni maqsadi nima? Siz Xudosiz ulug’likni, shuhratni, o’z nafsingizni qondirishni izlayapsizmi? Shunday bo’lsa, zulmat Shohiga tegishli bo’lasan. Chunki u o’zi yakka qolmadi balki uning dunyosiga milyonlab insonlarni tortadi. Ko’chada sizning oldingdan o’tadigan insonlarga bir nazar tashlang. Ularning ko’zlaridan zulmatni yoki nurni o’qiy olasizmi? Ularning yuraklari Xudoning xursandchiligini aks etadimi yoki Shaytonning hafagarchiliginimi?

Shayton Xudodan nafratlanadi chunki Xudoning muqaddas nuri uni hukm qiladi. Nur uning qabih ishlarini oshkor qilishini u xohlamaydi. U demak o’zini yashiradi va o’zini o’rab oladi, Masihning va Uning izdoshlarini ustidan g’alaba qozonishga harakat qiladi. Bu hoin Shayton Xudoning nuriga ega emas va nurdan nafratlanadi. U atayin yuzini berkitadi va nurni seza olmaydi. Qo’rqish nima, milyonlab insonlar gunohlarining natijasida Masihning quyoshini ko’raolmaydilar. Biz quyosh nima ekanligini bilamiz. Uni tushuntirishni hojati yo’q. U o’zi chiqadi, porlaydi, yoritadi, va nur sochadi. Hamma kichik bolalar quyosh hayotni manbasi ekanligini bilishadi.

Lekin tumonat insonlar Masihning shuhratini, Uning kuchini sezishmaydi, chinki ular buni tushinishni xohlashmaydi. Yolg’on mafkuralar qalin choyshab bilan ularning ko’zlarini o’rab olgan, shuning uchun ular Masihning ilohiyligi haqidagi haqiqat Xushxabarni rad etadilar. To’g’risi, ular o’zlarining gunohlari fosh bo’lishini xohlamaydilar. Ular nurga yaqinlashishni xohlamasdan zulmatda qolishni avzal ko’radilar. Ular o’zlaridan kechmaydilar va gunohlarini tan olmaydilar. Ular mag’rur va manman bo’ladilar. Masih nurining inoyati uchun ularning ko’zlari ko’rdir. Zulmat nurga qarshi raqobatlashadi lekin nur sevgi orqali engib chiqadi. Shunday qilib siz kimsiz? Tangridan nur porlaydi va shaytonda qorong’ulik hukm suradi.

IBODAT: O Tangr ,Sen dunyoning nurisan. Biz Sening sevgingda va imonda Senga ergashamiz. Biz zulmatda yurmaymiz, biz hayot nurini bilib oldik. Shukronalar aytamiz chunki Sen bizni yolg’iz qoldirmading va Xudoning g'azabidan ozod qilding, lekin Sen bizlarni nuringga chorlading. Sen Bizning atrofimizdagi milyonlab insonlarni atrofida nur sochib turishinga qaramasdan ular Seni ko’rmaydilar, ularni gunohlaridan pokla. Bizga g’amxo’rlik ko’rsat va nuringni soch, ey, mexribon Tangrim!

SAVOL:

  1. Kalomning ruhiy ma’nosidagi nur va zulmat o’rtasida qanday farq bor?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 10:02 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)