Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 002 (The word before incarnation)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

1 Qism - Ilohiy nurning porlashi (Yuhanno 1:1 - 4:54)
A - Xudoning so'zi isoda mujassamlashgan (Yuhanno 1:1-18)

1. Azaldan Kalomning ishi va mazmun-mohiyati mujassamlashgan (Yuhanno 1:1-5)


YUHANNO 1:1
1 Azalda Kalom bor edi. Kalom Xudo xuzurida edi, Kalom Xudo edi.

Kishi o’zining fikirlarini va xohishini so’zlari orqali ifodalaydi. Siz nima aytsangiz, siz o’shasiz. Sizning so’zingiz sizning shaxsligingizni talqin qilib beradi va sizning ruhingizda mujassamlanadi.

Yuqori tuyg’uda Xudoning Kalomi Uning ilohiy shaxsligini va Uning tasdiqlangan Kalomida Uning kuchlari faolligini ifodalab beradi. Chunki Azalda Xudo O’zining qudratli Kalomi orqali osmonni va erni yaratdi. U "Bo’l" deb aytganda aytgan Uning so’zi bajo bo’ldi. Hozirgacha Xudoning kuchi hali ham Uning so’zida bajo bo’lib kelmoqda. Siz qo’lingizda ushlab turgan Xushxabar Xudoning hokimyatligi bilan to’la ekanligini sezdingizmi? Bu kitob hamma vodorod bo’mbalaridan ham kuchliroq chunki u sizdagi yomon narsalarni quritib yo’q qilib tashlaydi va hamma yaxshi narsalarni sizda barpo etadi.

Yunon tilidagi Yuhanno Xushxabarida uchragan "Kalom so’zi Uni ifodalashdagi yashirin muhim so’zdir va uning ikkita ma’nosi bor. Birinchisi bu: og’izdan chiqadigan ovozni keltirib chiqaradigan nafasdir. Ikkinchisi: erkakcha, ruhiy inson. Bu ikkala ma’nolar Arabik tilida erkaklarga ham ayollarga ham oid zotlarni Kalomga ergashishini keltirib chiqaradi.Ingiliz tilida ular ikkita zotlarni erkak va ayol orqali Kalom uchun foydalangan olmoshda ko’rsatilganidek bularni farqiga boradilar. Xullas, agar havoriy Yuhanno "azalda Kalom bor edi" deb aytsa va ikkinchi oyatda "U azaldanoq bor edi" deb aytishi orqali uni tushuntirib berib, bu sizga Isoning shaxsini sirlarining birini ko’rsatib beradi. Bir kishining og’zidan chiqadigan oddiy so’zdek, U Otadan kelib chiqadi. Shunday qilib Masih Xudoning xohishini va Uning fikrlarini jamidir. Biz boshqa dinlarda shuni topamiz yani Masih Xudoning so’zi va Uning Ruhi. Dunyoda bokira Maryamdan tug’ilgan Isodan boshqa hech qanday inson shunday samoviy sifatlarga ega bo’lmagan.

Baytlahmdagi Isoning hayoti Uning tug’ilishidan boshlanmagan chunki U hamma mavjudotlardan oldin Otada bor edi va dunyo yaratilmasdan oldin bor edi. Xullas, Masih Otaga o’xshab avvali-yu oxiridir, U Xudoning Kalomidek o’zgarmaydi va o’zgaruvchi yo’l ham yoq .

Yuhanno bizga Masihni va Uning Otasining o’rtalaridagi munosabatni asosiy asoslarini ko’rsatib berdi. U og’izdan chiqadigan so’zdek va chiqqandan keyin havoda g’oyib bo’lib ketadigan va og’iz va uning orasida masofa bo’ladigan so’zga o’xshab Otasidan ajiralib ketmadi. Lekin Masih Xudo bilan birga qoldi. "Xudo bilan" degan iboraning ma’nosi Yunon tilida Kalom Xudo uzra, Xudoga kirib, chiqib parvoz etar edi. Masih har doyim Xudo tomon yo’naltirilgan. Bu yo’nalish hamma Muqaddas Ruhdan tug’ilganlarning asosidir, chunki U sevgi manbayi. Bu sevgi umuman mustaqil bo’lishni xohlamaydi lekin u uning manbasi tomon yo’naltirilgan, va unga kirib turadi.

Xudo Masihni Uning so’zi bilan vujudga kelgan mavjudotlardek yo’qlikdan yaratmadi, lekin O’g’il, Sozni yaratgan va Undagi hokimyatini olib yurgan Otasida mujassamdir. Bu birinchi oyatning oxirida biz Kalom Xudo huzurida edi degan bir boshqacha iborani topamiz. Shu yo’l bilan havoriy Yuhanno sizga o’zining birinchi oyatida Masih haqiyqiy Xudo, haqiyqiy Nur, haqiyqat Xudosi va U yaratilmagan balki abadiy, kuch qudratli, muqaddas, va mehribon Xudodan tug'ilganini aytib o'tadi. Masih Xudoning Kalomi deb tan olgan har bir inson Uning ilohiyligi haqidagi iboraga qo'shiladi.

IBODAT: Rabbim Iso Masih biz Sening oldingda tizza cho’kamiz chunki Sen hech narsa yaralmasdan oldin ham Ota bilan birga eding, har doim U tomon yo’naltirilgansan. Sendan ajralib ketmasligimiz uchun bizga yordam ber, lekin biz Xudoga o’zimizni topshiramiz va Uning sevgisida qolamiz. Iso Tangrim biz Senga minnatdorchilik bildiramiz, chunki Sen O’zingni tushunarli so’zlaring bilan Xushxabaringda bizlarga kelasan, Sening hokimyating bizlarda so’zing orqali nomoyon bo’lsin.

SAVOL:

  1. Yuhannoning 1 oyatining boshida qanday so'z qaytarilgan va uning ma’nosi nima?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 09:58 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)