Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 273 (Christ’s Command to Baptize)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 6 - RABBIMIZ ISO MASIHNING TIRILISHI (Matto 28:1-20)

8. Suvga cho'mish uchun Masihning Buyrug'i (Matto 28:19)


MATTO 28:19
19 … Ularni Ota, O'g'il va Muqaddas Ruh nomi bilan cho'miltirib, imonga kiritinglar.
(Mark 16:16, Havoriylar 2:38-39)

Jamoatlarning tarixida ko'plab payg'ambarlar va turli hil targ'ibotchilar tabii insondagi nopokliklarni tushinib yetishgan va agar kimdir Xudo bilan yurishni istasa poydevorli poklanishga muhtojlikni e'lon qilishgan. Xudo bizni gunohlarimizni tan olib tavba qilishga chaqiradi. Suvga cho'mish gunohlarimizdan yuvilishni bildiradi (Matto 3:1-6; Mark 1:5). Suvga cho'mish eski inson nopok, buzuq va yovuzligini ko'rsatadi va suvga cho'mgandan keyin toza, pok va yangi inson bo'lib chiqishi uchun cho'kib ko'milishga loyiq ekanini ham ko'rsatadi. Biroq, Dovud, Hizqiyo va Yahyo o'zidan kechish va itoatkorlik bizni poklash uchun yetarli emasligini ochib berishgan. Biz Xudoning Ruhi orqali yangilanishimiz kerak shunda ongimiz va yuragimiz yangilanadi. Bu Yahyo oldindan Masih izdoshlarini Muqaddas Ruhga cho'mdiradi deb aytganidir (Yuhanno 1:32-34). Masihning O'zi ochib bergan, “sizga rostini aytay, agar kim suvdan va Ruhdan tug'ilmas ekan, Xudo saltanatiga kirolmaydi (Yuhanno 3:5). suvga cho'mish harakati eski hayotini qoldirib Isoning inoyatini qabul qilgan bir insonning shahodati va keskin hodisasi bo'lish uchun Xudo tomonidan qo'yilgan.

Masih bizga buyuklikning tushunchasini, yetib bo'lmas va qo'rqinchli Xudoni olib kelmagan, balki U bizga O'zining to'rtta xushxabarida Samoviy Otamiz Xudo bizga yaqinligini va hammani sevishini 200 marta aytadi. U yangi ahdda imonlilar bilan O'zini nikohlagan. Iso bizga U va otasi bir ekanini va ko'plikda emas balki Xudoning boshqacha nomlarini O'zining buyuk topshirig'ida eslatib o'tmaganini balki birlikda eslatib o'tganini tasdiqlagan. U bizdan “Ota, O'g'il va Muqaddas Ruh, Bir” ekanini bilishimizni istaydi.

Biz faqat Xudoning mustaqil shaxslari bo'lgan uchta bo'linishga ishonmaymiz, balki Muqaddas Uch Birlikning buzib bo'lmas Birligiga ishonamiz. Iso bu yangi imonni U Otasida va Otasi Unda ekanini aytib tasdiqlagan (Yuhanno 14:10; 17:21-23).

Imonlilar Qudratlining bolalari kabi asranib olinganlariga ishonib Otaning nomi bilan suvga cho'madilar. Ular samoviy Otalari ularga g'amho'rlik qilishini, ularga sevgi va himoya berishini, ularning ibodatlarini va talablarini eshitishini va ularni Otalari kabi abadiy shohligida a'zolar kabi qabul qilishini bilishadi.

Agar siz O'g'ilning nomi bilan suvga cho'msangiz, siz ko'proq gunohlaringiz uchun abadiy jazoni olgan Zotdek Masihning sevgisini va qurbonini tushunib yetasizlar. Uning qoni sizni Xudoning g'azabidan, o'limdan va Shaytondan qutqargan, sizni oqlash uchun o'limdan tirilib, hamma gunohdan poklaydi. U sizga kuch va hokimyat beradi va siz Uning chaqiruvini bajarishingiz uchun sizni yuboradi. Siz U bilan muqaddaslikda va sevgida yashashingiz uchun sizga abadiy hayotni beradi.

Masih siz uchun bu dunyoga kelib o'ldi, va U yana sizning oldingizga va Uni sevib tan olganlar oldiga keladi. Ota Xudoning ulug'vorligi uchun Rabbiy Iso Masihdan boshqa hech qanday najod yo'q.

Suvga cho'mish Muqaddas Ruhning kuchi bilan va sizning Ruhiy ikkinchi tug'ilishingiz bilan aloqangizning tasdig'idir. Ruh sizni Xudo sizning mehribon Otangiz ekaniga ishontiradi. Bu Ruh siz Xudo va insonlar bilan tinchlikda yashashingiz uchun, sevishingiz va quvonishingiz uchun, o'zingizni tutishda va sabr-toqatda yashash uchun vasvasalaringizni yengishingiz uchun va sizga qarshi gunoh qilganlarni kechirishingiz uchun ham sizni poklaydi. Bu Ruh sizni soxta payg'ambarlar haqida ham ogohlantiradi, siz bilan gunohlaringiz uchun duch keladi, va hayotingizning hamma hududlarida sizga tinchlik beradi, chunki bu Ruhning O'zi ilohiy hayotdir.

Sizning suvga cho'mishingiz samoviy Otangizning sevgisida, O'g'lining hokimyatida, va Muqaddas Ruhning kuchida sizni asraydi. Rabbimiz Iso Masihning inoyati, Otamiz Xudoning sevgisi va Muqaddas Ruhning hamrohligi suvga cho'mgan va Muqaddas Uch Birlikning birligida bo'lgan hammaga yor bo'lsin.

IBODAT: Bir Xudo bo'lgan Ota, O'g'il va Muqaddas Ruh biz Seni ulug'lab Senga tashakkur aytamiz, chunki Sen bizga muqaddas Isming bilan suvga cho'mishga, inoyatingning to'liqligiga kirishga, Senda qolishga, va ruhiy kuchindan, najodingdan, tinchligingdan, muqaddasligingdan va qutqaruvingdan olishga ruhsat berding. Suvga cho'mishning abadiy ishonchni bilmaganlar eski hayotlarini tark etib, Senda Muqaddas Ruhning yordami va qat'iyatligi bilan mustahkam bo'lishlari uchun ularni ruhlantirish uchun bizga yordam ber.

SAVOL:

  1. Sizning Ota Xudo, O'g'il va Muqaddas Ruhda suvga cho'mishingizning ma'nosi nima?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 03, 2023, at 02:28 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)