Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 267 (The Determined Resurrection of the Crucified)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 6 - RABBIMIZ ISO MASIHNING TIRILISHI (Matto 28:1-20)

2. Xochga Mixlanganning Maqsadli Tirilishi (Matto 28:5-7)


MATTO 28:5:7
5 Farishta so'zini ayollarga qaratib: - Sizlar qo'rqmanglar! - dedi. - Xochga mixlangan Isoni izlayotganlaringizni bilaman. 6 U bu yerda yo'q. O'zi aytganidek, qayta tirilib ketdi. Kelinglar, Rabbingiz yotgan joyni ko'ringlar. 7 Endi tezroq borib, Uning shogirdlariga: (Iso tirildi. U sizdan oldin Jalilaga ketyapdi, Uni o'sha yerda ko'rasizlar), - deb aytinglar. Sizlarga buni men aytdim.
(Matto 12:40, 16:21, 17, 23, 20:19, 26:32)

Farishtaning shahodati diqqatni talab qiladi. Xudo hamma insoniyat Uning ajoyib ishini tushunishi uchun ayollarning oldiga vakil sifatida uni yubordi. Iso haqiqatdan ham o'limdan tirildi.

Xudo ayollarning oldiga bir farishtani yuborish orqali ularni e'zozladi va qo'rquvdan ularni himoya qildi. U ayollarga yuraklarining o'y-fikrini, Isoni sevishlarini va U haqidagi fikrlarini e'lon qildi. Farishta Isoning so'zlarini eslash uchun ayollarga tanbeh bermadi, balki u ular kichkina bolalar kabi bo'lgandek ularga gapirdi, chunki ular juda gangirab qolishgan edi. Qabir ochiq edi, qorovullar o'lik kishilardek yerda yotishgan edi va porloq farishta ularga gapirdi. Bu ularning tuyg'ulari va fikrlaridan nari edi.

Porlayotgan farishta qaltiragan ayollarga ularning maqsadlarini bilishini aytdi. Ular xochga Mixlanganning o'lik tanasini qidirishyotgan edi. Bu ilohiy ochiqlik xochni rad etadiganlarni va Iso xochga mixlanmagan deb da'vo qiladiganlarni uradi. Maryamning O'g'li Xudoning Qo'zisiga ishonadigan hammaga najod olib kelib, hunuk xochda najodni bajardi. Farishta gangirab qolgan ayollarga Masih tirilganini va Isoning tanasi u yerda yo'qligini aytdi. Farishta ular qoyadagi qabir haqiqatdan bo'sh ekanini ko'rishlari uchun Uni yotgan yeriga diqqatlarini tortdi.

Nur sochayotgan farishta Masih O'zining kuchi bilan tirilganini ishonch bilan e'lon qilib, Uning tirilishiga dalolat berdi. Inson O'g'li o'limni yengib chiqdi. Bu o'limdan qochish uchun millionlab odamlarning umididir. Masih buning kuchini buzib tashladi va ochiqchasiga buning ustidan g'alaba qozondi. Barhayot Isoga yopishib oladigan kishi o'lim soyasining vodiysida U bilan yuradi, lekin ular hech qanday yovuzlikdan qo'rqmaydilar, va ular jannatda hayotning to'liqligiga kirib boradilar.

Keyin farishta ayollarga u birrorta yangi narsani ularga oshkor qilmaganini, balki Iso o'lishidan oldin ularga aytganlarini qaytarib aytganini eslatdi. Bu Xushxabarda Iso aytgan har bir so'z juda muhimligini va imonning qadri ekanini ko'rsatadi. Tavba qilmagan kishi ishonmaydi, biroq Iso barcha insonlarga kechirimini taqdim etadi. Bugun U Muqaddas Ruhga yuragini ochadigan va minnatdorchilik bilan Uning kechirimini qabul qiladiganlarga abadiy hayotni beradi.

Farishta Isoni “Inson O'g'li” deb atamadi, balki Masih yovuz ruhning zanjirlaridan insonlarni qutqarish uchun ularning oldiga kelib, osmondan tushganini bilib “Rabbiy” deb atadi. Qabirda qolgan Masih Xudoning O'zi edi, lekin U tirildi. Hamma falsafachilar, payg'ambarlar va boshliqlar o'lganlar va ularning suyaklari qabirlarida qolgan, lekin Rabbimiz tirildi va O'zining tirilishi orqali hayotning umidini bizga tasdiqladi.

Bu ajoyib hodisadan keyin, ayollar xushxabarchilar bo'lishdi. Ular bu dunyoga tirilgan Masihni e'lon qilish uchun Xudo tanlagan birinchi tirik guvohlar edilar. Hatto bugun ham ishonyotgan qizlar va onalar shubhalanayotgan erkak kishilarga o'zlarining guvohliklaridan umidni olishga va Isodagi hayotning yangiligida qatnashishi uchun Masihning tirilish kuchi haqida dalolat beroladilar.

Bundan keyin farishta ikki ayollarga Iso uch kun avval shogirdlariga aytganidek Jalilaga shogirdlarining yoniga borishini aytdi. U inson qiyofasida ularga ko'rindi. Rabbiy O'zini yashirishni emas, balki Uning ulug'vor tirilishiga ishonganlaridayoq sevganlariga O'zini e'lon qilishni xohladi.

Oxiri farishta qo'rqib ketgan ayollar uning aytgan gaplaridan hech birini unutmasliklari kerakligini tasdiqladi. Barcha insonlar buyuk va ajoyib yangilikni eshitishlari uchun va xochga Mixlangan Masih tirik ekanini eshitishlari uchun bu farishta Xudo tomonidan yuborilgan edi. U Rabbiydir va U o'lim, gunoh va Shayton ustidan g'olibdir.

Siz bu farishtaning vahiysiga va bu ayollarning guvohligiga ishonasizmi?

IBODAT: Rabbiy Iso, Sen o'liklardan tirilding. Biz Seni ulug'laymiz va o'lim Seni ushlab qolmagani uchun quvonamiz, lekin Sen buni yengding, buni mag'lubiyatga uchratding va Sen barhayotsan. Biz Seni ulug'laymiz va quvonamiz chunki Sen bizga umid eshigini ochding. O'lim oxiri emas, lekin Sen bizga abadiy hayotni berasan. Hayoting bilan bizni to'ldir, va o'limingdan keyin bizni qabul qil. Bizning tanishlarimiz biz tavba qilganimiz kabi tavba qilishlari uchun, gunohlaridan kechirimingni olishlari uchun, Muqaddas Ruhingning yashashi bilan pok bo'lishlari uchun va abadiy hayotda hamma tiriklar bilan yashashlari uchun ularga zafaring haqida gapirishimiz uchun bizga yordam ber.

SAVOL:

  1. Bu farishta ikki ayolga nima dedi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 07, 2013, at 10:48 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)