Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 259 (Jesus Crucified Between Two Robbers)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 5 - MASIHNING AZOBLARI VA O'LIMI (Matto 26:1 - 27:66)

25. Muqaddas Iso Ikki Qaroqchining O'rtasida Xochga Mixlandi (Matto 27:35-38)


MATTO 27:35-38
35 So'ng Uni xochga mixlab qo'ydilar. Kiyimlari uchun qur'a tashlab, o'zaro bo'lishib oldilar. 36 Keyin shu yerning o'zida o'tirgancha, Uni qo'riqlab turdilar. 37 Uning boshi uzra bir taxtachaga: “Yahudiylarning Podshohi Iso - Budir” degan ayibnomani yozib qo'ydilar. 38 Iso bilan birga ikki qaroqchini ham - birini Uning o'ng tomoniga, ikkinchisini esa so'l tomonida xochga mixlab qo'ydilar.
(Yuhanno 19:24, Ishayo 53:12)

Biz tanaviy insonlar Xudoning O'g'lini qanday qilib xochga mixlaganlarini eslaganimizda, miyyalar to'xtab qoladi va ruchkalar qaltiraydi. Biz hammamiz gunohkor, yovuz, nodon va shavqatsizlarmiz. Agar siz o'sha yerda bo'lganingizda, siz Isoni xochga mixlashdan askarlarni to'xtatgan bo'larmidingiz? Siz Uning o'rniga o'zingizni qo'ygan bo'larmidingiz? Chunki biz hammamiz takabburmiz, boshqa uchun o'lishni xohlaydigan kishi kamdan kam. Faqat Masih pok Sevgidir, va boshqalar uchun azob tortishga va o'lishga tayyordir. Bizning yuragimiz so'vuq va o'lik, lekin Iso bizga hayot berish uchun va sevgisi bilan bizni to'ldirish uchun o'ldi.

Askarlar xochga mixlagan insonlari haqida g'am chekmadilar. Ularning faqat g'amho'rligi ularning yutug'i edi. Chunki Masihning kiyimi matoning mustahkam qismidan qilingan edi, agar u bo'linsa, narhini yo'qotar edi. Shuning uchun, ular bo'lmaslikka rozi bo'lib, u uchun qur'a tashladilar. Ular bu kiyim hech qanday oddiy kiyim emasligini balki oliy ruhoniyning choksiz kiyimi ekanini bilishmagan edi. Iso hamma insoniyat uchun xochda to'lov to'lash uchun osilganida, U O'zining buyuk iltijo ibodatini qildi, “Ota, ularni kechir, ular nima qilyotganlarini bilishmaydi” (Luqo 23:34).

Pilat Yahudiylarni masxara qildi va Isoga qarshi rasmiy hukmni e'lon qilib, Xochga Mixlanganning boshi ustiga bir yozuvni qo'ydi: “Nasroniylik Iso, Yahudiylarning Podshohi”. Isroil oqsoqollari Pilatga Iso ularning Podshohidek Uni bilishmaganiga shikoyat qildilar va Pilat yozgan bu gapga e'tiroz bildirdilar. Ularning hech qanday shohlari ikki qaroqchining o'rtasida osilmaganiga turib oldilar. Holbuki, askarlar Isoni o'rtaga osib qo'ygan edilar, chunki bu boshliq uchun joydir. Yahudiylarning shohi hamma jinoyatchilarning boshlig'i ekanini shunday qilish bilan anglatgan.

Ba'zi e'tirozchilar Masih xochga mixlanmagan, va xoin Yahudo Uning o'rniga xochga mixlangan deb aytishadi. Ular Xudo Maryamning O'g'lining sifatlarini Yahudoning yuziga qo'ygan va Yahudoning sifatlarini Masihning yuziga qo'ygan deb da'vo qilishadi. Ular Rimliklar esankirab, solih Masihning o'rniga xoinni xochga mixlashgan deb taxmin qilishadi.

Yuqoridagi hikoyaga ishonadiganlar xato qiladilar, chunki Muqaddas Yozuv Yahudo o'zini o'zi o'sganiga va hatto Masih xochga mixlanmasdan oldin u ko'milganligini isbotlaydi. Agar ularning aytgan gaplari haqiqatdan ham sodir bo'lganida, Yahudo yig'lab, o'zini himoya qilgan bo'lar edi va askarlarga u Maryamning O'g'li emasligini balki xoin ekanini aniqlab bergan bo'lar edi. Bu da'vo tarixiy haqiqat bo'lmagan masal ekanini bu dalillardan guvohlarning isbotiga ko'ra aniq bo'ladi.

Isoning onasi ham Xochning tagida turgan edi. Siz Isoning onasi O'g'li va xoinning farqiga borolmay Yahudoning o'limini kuzatib turgan deb o'ylaysizmi? Masihning o'rniga Yahudoning xochga mixlanishi haqidagi tuzilgan hikoya yolg'ondir.

IBODAT: Rabbiy Iso Masih, qo'lingda va oyog'ingda teshilgan izlar, mening qo'lim va oyog'imni teshishi kerak edi. Sening buyuk sevging uchun, Sen meni ozod qilib qutqarding. Sen mening ayib va jazolarimni olib, meni oqlading. Men Senga qanday rahmat aytishni bilmayman. Men Sening nomingni ulug'lash uchun amrlaringga ko'ra yashab, Sening kelishingni kutishim uchun Muqaddas Ruhing orqali muqaddas bo'lish uchun menga yordam ber.

SAVOL:

  1. Rabbiy Iso Masihning xochga mixlanishi uchun qoidaviy sabablar nima?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 07, 2013, at 10:36 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)