Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 255 (The Choosing of an Insurgent)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 5 - MASIHNING AZOBLARI VA O'LIMI (Matto 26:1 - 27:66)

21. G'alayonni Tanlash (Matto 27:15-23)


MATTO 27:21-23
21 Hokim yana ularga xitob qildi: - Sizlar ikkovidan qay birini ozod qilishimni istaysizlar? - Barabbani! - deb javob berishdi. 22 Pilat ularga dedi: - Unda men Masih atalgan Isoni nima qilay? - Xochga mixlansin! - deyishdi bir og'izdan. 23 - U nima yomonlik qilgan ekan? - so'radi hokim. Lekin ular ovozlarini yana balandroq ko'tarib: - Xochga mixlansin! - deb qichqirishdi.

Pilat ikki mahbusdan birini ozod qilishi kerakligiga qaror qilish uchun hukm kursiga o'tirdi. U olomon xalqning qutqaruvchisi va buyuk botirdek tushunilgan Barabbani xohlab baqirishganida, hayron qolib jahli chiqdi.

Hokim bu begunoh kishini o'ldirish na yaxshi ekanini va na ehtiyotkor ekanini bilar edi, shunda u Yahudiy xalqiga qarorini aytdi. Shunday qilib, u xalqning diniy tuyg'ularini aralashtirish bilan va Uni “kutilgan Masih” dek tasvirlash bilan Isoga yordam berishga harakat qildi.

Keyin daxshatli so'z birinchi vaqt uchun portladi: “Uni xochga mixlang!” Ruhoniylar xalqni baqirishga qayrab qo'yishgan edi.

Iso Quddusga birinchi marta kirganida, u yerda juda ko'p olqishlar bo'lgan, Uning hech qanday dushmanlari yo'q deb o'ylashgan. Endi Isoni Pilatning hukm kursiga yetaklashdi, dushmanlarning qichqirishi Uning hech qanday do'sti yo'q deb o'ylash uchun shunday chulg'ab olyotgan edi.

Pilat sababsiz xochga mixlash uchun xalqning talabi tufayli g'azablandi, bu faqat nohaq bo'lgani uchun emas, balki bu nohaq hukmdorni hukm qilish uchun bir sabab bo'lgani uchun ham edi. U Yahudiylardan ayiblanuvchining aybini isbotlashlarini so'radi lekin ular Iso birorta yomon ish qilganini topolmadilar. Ular javob berishning o'rniga g'alayonda “Uni xochga mixlang! Uni xochga mixlang!” deb qichqirishni tanladilar.

IBODAT: Rabbiy Iso, Sen haqiqiy Masihsan. Sen xalqning oldida jim turding, kasallarga shifo berding, o'liklarga hayot berding, va ularning yuraklaridan va tanalaridan yovuz ruhlarni haydading. Bundan qat'iy nazar ular bu buyuk mo'jizalar uchun Senga rahmat aytmadilar. Ular Seni himoya qilmasdan, balki Sendan nafratlandilar. Ular xalqning fikridan cho'chidilar, bosh ruhoniylarning hiylalaridan qo'rqdilar va xalqlarining sotqinligiga qarashdan ko'ra Seni xochga mixlab o'ldirishni afzal ko'rdilar. Biz vasvasa vaqtida Sendan tonmasligimiz uchun bizga yordam ber. Biz yolg'onlar, jahillar va nafratlar o'rtasida haqiqatingni himoya qilishimiz uchun dono guvohlikka bizni boshla. Biz inoyatingning kuchida Senga sodiq bo'lishda davom etishimiz uchun bizga yordam ber.

SAVOL:

  1. Isoni hukm qilish uchun oldinga qo'yilgan aniq siyosiy guvohlikdagi Yahudiylarning omadsizligning darajasi nima?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 07, 2013, at 10:19 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)