Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 252 (The Prophecy has its Accomplishment)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 5 - MASIHNING AZOBLARI VA O'LIMI (Matto 26:1 - 27:66)

19. Payg'omda o'zining Yutug'i bor: Xoinning Narxi Haqida (Matto 27:6-10)


MATTO 27:6-10
6 Oliy ruhoniylar tangalarni terib olib: “Bu pul qon narxidir, uni ma'badning xazinasiga qo'shish mumkin emas”, - deyishdi. 7 O'zaro kelishib, bu pulga begonalar ko'miladigan qabriston uchun Kulol Yerini sotib oldilar. 8 Shuning uchun u yer bugungacha “Qon Yeri” deb ataladi. 9 Shu yo'sin Yeremiya payg'ambarga vahiy bo'lgan ushbular bajo bo'ldi: “Isroil o'gillari Unga baho berib qo'ygan o'ttiz kumush tangani olib, 10 Xudovand menga buyurgani kabi, Kulol Yerin sotib oldilar”.
(Iklamchi Qonunlar 23:18)

Bosh ruhoniylar Yahudo ma'badga qaytarib bergan pulni xazinaga qo'ymadilar chunki bu qon bilan ifloslangan edi. Aksincha, ular nopok bo'lgan begonalarni ko'madigan bir yerni sotib oldilar. Ular Zaharyo (11:12-13) ga e'lon qilgan Xudoning payg'omini bajarganliklarini tushunmadilar. Bu payg'om keyin ma'badga tashlab yuborilishi bilan birga, o'ttiz kumush tangani Isoga xoinlik qilish uchun to'langan pulning miqdorini tasvirlab bergan.

Isoning xochga mixlanish hikoyasi boshlanishdan aniq bashorat qilingan. Xudoning irodasi bizning najodimizni o'ylashi aniqlik va to'liqlik bilan ijro etildi. Azoblariga bo'lgan Uning hamma qadamlari Eski Ahdning payg'omlarida ma'lum qilingan. Endi ba'zi odamlar qanday qilib Iso xochga mixlanmagan va o'lmagan deb da'vo qilishlari mumkin?

IBODAT: Rabbiy Iso, men Yahudoning halokatiga qaraganimda, qaltirab titrayman. Har bir yolg'on uchun, pulga bo'lgan sevgi uchun, xoinlik uchun va Sening sevginga qarshi itoatsiz harakatlarim uchun meni kechirgin. Mendan har bir vasvasani olib tashla. Vaqtida Sening oldingda hamma gunohlarimni tan olishga, haqiqatdan ham Muqaddas Ruhing orqali boshqarilgan tavbaga, dushmanlarimni sevishga, pulni Sen uchun ishlatishga va yuqori lovozim va kuchni izlamaslikka meni yetakla. Men sodiqlik bilan sevging shohligini tarqatib, kamtarlik bilan Senga ergashayin.

SAVOL:

  1. Biz Yahudoning o'limidan nimani o'rganishimiz mumkin?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on September 13, 2023, at 12:46 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)