Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 251 (The Traitor's End)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 5 - MASIHNING AZOBLARI VA O'LIMI (Matto 26:1 - 27:66)

18. Xoinning Halokati (Matto 27:3-5)


MATTO 27:3-5
3 Xoin Yahudo esa Isoning mahkum etilganini bilib, pushaymon bo'ldi va o'ttiz kumush tangani oliy ruhoniylar bilan oqsoqollarga qaytarib berib: 4 - Men xoinlik qildim, begunoh qon to'kilishida ayibdorman, - dedi. Ular esa: - Bundan bizlarga nima? Yana o'zing bilasan! - deyishdi. 5 Shunda Yahudo kumush tangalarni ma'bad ichiga uloqtirib yubordi-da, u yerdan chiqib borib, o'zini osib o'ldirdi.
(Matto 26:15, Havoriylar 1:18-19)

Yahudo Ustozi siyosiy g'alayon qilmaganini ko'rib, achchiqlangan edi. U ham Isoning o'limiga hissasini qo'shganini tushunib, juda afsusda edi. Haqiqiy tavba qilmaydigan shunday achinish umidsizlikka yetaklaydi. Yahudo haqiqatdan ham bosh ruhoniylar oldida gunohini tan oldi, lekin ular unga shavqat ko'rsatishmadi. U Isoning begunohligi haqida dalolat keltirishga tayyor edi, va ma'badda u xoinona pullarni sochib yubordi. Uning tan olishi haqiqiy tavbaning boshlanishi emas, balki qo'rquvning natijasi edi. Uning gunohi uni bosayotgan baland tog'dek uning oldida namoyon bo'ldi. Oxir-oqibat, u o'zini arqon bilan osdi. Arqon kesilganda, kallasi uzulib, qorni yorilib ketdi va hamma ichak-chovoqlari chiqib ketdi (Havoriylar 1:18).

Yahudo qilgan ishidan uyalganda, u achinish, afsuslanish va g'azabga to'ldi. O'ttiz kumush tanga boshida juda yaxshi ko'rindi, lekin xoinlik qilinganda va pul to'langanda, bu kumush chiqindi bo'ldi: bu ilon kabi va ari kabi chaqdi. Biz uning o'ziga “Men nima qilib qo'ydim! Men shunday ozgina narsa uchun Ustozimni, hamma yupanchimni va Undagi hursandchiliklarimni sotish uchun, qanday ahmoq va bahtsizman! Bu Unga qilingan buzuqlik va uyatlarning hammasi menga to'lovdir. U men tufayli bog'lanib, hukm qilindi va Unga tupirib, Uni kaltaklashdi” deb aytib, uni tasavvur qilishimiz mumkin.

Endi Yahudo o'zi olib yurgan to'rvani, ko'z olaytirgan pulni, u bilan muomala qilgan ruhoniyni va tug'ilgan kunini la'natlaydi. Ustozining yaxshiligi va shavqati haqidagi estalik, u mensimagan ogohlantirishlar bilan birga uning ustiga hukm qo'yilib, qalbi parchalandi. U Ustozining so'zlarini haqiqat deb topdi, “Bu inson uchun tug'ilganidan ko'ra tug'ilmagani yaxshiroq edi.”

Xudoning inoyatni taklif etishi faqat chegaralangan vaqt uchundir, va pulning hech qanday miqdori buni o'zgartirmaydi. Iliq odamlar uchun Yahudoning halokati tavba qilib qaytishlari uchun turtki bo'ldi.

IBODAT: Rabbiy Iso Masih, biz Seni ulug'laymiz chunki Sen xoiningni “Do'st” deb atading. Sen Rabbiyning Kechligida uni tavba qilib qaytishiga va yomon niyyatini tark etishi uchun ogohlantirding, lekin u xohlamadi va gunohini tan olmadi. U Sendan ko'ra pulni sevdi. U kuch va holat uchun umid qilib, uning fikrlari ustidan iblis boshqarishiga yo'l qo'ydi. Bizning yovuzliklarimiz uchun bizni kechir va har bir birodarlarga qarshi bo'lgan salbiy fikrlardan bizni poklagin. Biz hech qachon ularga xoinlik qilmaylik va ularni hukm qilmaylik, ammo qiyinchilikda ular bilan turib, ulardan nafratlanadiganlar oldida ularni himoya qilaylik.

SAVOL:

  1. Yahudo Butrus kabi tavba qilmasdan, nima uchun o'zini o'zi osdi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 07, 2013, at 10:11 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)