Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 244 (Jesus Arrested)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 5 - MASIHNING AZOBLARI VA O'LIMI (Matto 26:1 - 27:66)

13. Isoning Hibsga Olinishi (Matto 26:47-50)


MATTO 26:47-50
47 Iso gapini tugatmayoq, o'n ikki shogirdlaridan biri bo'lgan Yahudo kelib qoldi. Uning yonida oliyruhoniylar va xalq oqasoqollari tomonidan yuborilgan, qilich va tayoq ushlagan olomon bor edi. 48 Isoga xoinlik qiluvchi esa: “Men kimni o'psam, U o'shadir, Uni tutib olinglar”, deb ular bilan til biriktirgan edi. 49 U to'g'ri Isoning oldiga borib: - Kayfing chog' bo'lsin, Ustoz! - deb, Uni o'pdi. 50 Iso unga: - Do'stim, nima uchun kelding? - deyishi bilanoq, odamlar kelib, Isoga qo'llari bilan yopishgancha Uni ushlab olishdi.

Yahudo Iso haqida gapirganda, u bu iborani ishlatdi, “U O'shadir!” Bu ibora Yahweh (Menman) ismini o'z ichiga oladi. Shuning uchun, xoin haqiqiy Xudoning yagona ismi bilan Rabbiyga qaradi.

Askarlar va bosh ruhoniylar Masihga yopishib, Uni bog'ladilar, va Uni urib hukm zaliga olib bordilar. Qanday daxshatli og'riq! Haqiqat gunohga bog'langanlar tomonidan bog'landi. Zulmat soati keldi va nohaqlik Xudoning O'zini sevgisi uchun hukm qildi. Masih xoinlik bo'sasi bilan Uni o'pgan xionni hukm qilmasdan, balki unga oxirgi najod imkonini bardi va uni “Do'stim!” deb chaqirdi. Xudoning sevgisi, kechirimi va najodi bu yumshoq nomda jamlandi. Masih sizni gunohingiz qanchalar buyuk bo'lmasin “Do'stim” deb chaqiradi. Siz singan yurak bilan Uning ovozini eshitasizmi? Tavba qilib yig'laysizmi?

IBODAT: Rabbiy Iso, Sen ahd Rabbiysisan. Sen ahd xalqiga Seni hibsga olishga va diniy kengashning zindoniga Seni boshlashga ruhsat berding. Bundan qat'iy nazar, Sen xoiningni sevding va uni ilohiy kuching bilan yo'q qilib yubormading. Sen bu yolg'on bo'sani qabul qilib, uni “do'stim” deb nomlading. Sendan tonishda Sening sevging qanchalar buyukdir. Biz Senga rahmat aytamiz chunki Sening mehribonchiliging hamma fikrlar tomondir. Biz hatto Sen va Sening noming uchun guvohliklarimizda sodiq bo'lmaganimizda bizga sabr qilib, bizni qabul qilganingga ishonishimiz uchun bizni jasoratli qilgin.

SAVOL:

  1. Iso nima uchun xoinini “Do'stim” deb atadi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 07, 2013, at 10:01 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)