Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 225 (Parable of the Wise and Foolish Virgins)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 4 - ISONING QUDDUSDAGI OXIRGI XIZMATLARI (Matto 21:1 - 25:46)
C - ZAYTUN TOG'IDAGI MASIHNING VA'ZI (Matto 24:1 - 25:46) -- ISO SO'ZINING OLTINCHI TO'PLAMI

12. Dono va Nodon ayollar haqidagi Masal (Matto 25:1-13)


MATTO 25:8-13
8 Ovsarlari es-hushlilarga: - Chiroqlarimiz o'chib boryapdi, bizlarga yog'laringizdan beringlar! - deyishibdi. 9 Es-hushlilar javob berib: - Yo'q, bizlarda ham, sizlarda ham yog' yetmay qolmasin. Yaxshisi siz baqqollarning oldiga borib, o'zlaringizga yog' sotib olinglar, - deyishibdi. 10 Ular yog' sotib olgani ketishganda, kuyov kelib qolibdi. Tayyor turgan qizlar kuyov bilan birga to'yxonaga kirib, orqalaridan eshiklar yopilibdi. 11 Bir muddatdan keyin qolgan qizlar kelib, - Hoy Egam, hoy Egam, eshikni oching, bizlar keldik! - deyishibdi. 12 Lekin U ularga javob berib: - Men sizga rostini aytsam, sizlarni tanimayman, - debdi. 13 Shunday qilib, hushyor bo'lib turinglar, chunki siz Inson O'g'li keladigan aniq kunni ham, soatni ham bilmaysizlar.
(Matto 7:23, 24:42, 44, Luqo 13:25)

Masih osmondan kutilmagan payitda keladi. Uning to'saddan kelishi imonlilarni silkitib, ularni uyqularidan turg'izadi chunki ular najatkorning kelishi nimani anglatishini oldindan bilishadi: bu olamning oxiri yaqinlashyapdi.

Biroq, ko'plar Masihning ikkinchi kelishi va hukmi bu hozirgi asrda sodir bo'ladi deb ishonishmaydi. Ularning orasida hech qanday yupanch bo'lmaydi va ularning qo'rquvlari buyuk bo'ladi. Bu keskin vaqtda, ular sevmaydigan yuraklarining, nopok fikrlarining va ahloqsiz harakatlarining hatarini tushunishadi. Shunda ular imkon qadar tezda bu kamchiliklarni to'g'irlashni xohlashadi. Lekin Xudoning ruhiy solihliklari ko'zning miltirashida bu bizda o'smaydi. Biz Iso Masihning qoni ularni biz uchun sotib olganligi va Muqaddas Ruhning kuchi biz uchun erishganligi uchun bahtlimiz. U bizning chiroqlarimiz uchun yog'dir. Biz Unga rahmat aytamiz va U haqiqatdan ham bizni poklash uchun o'zimizdan kechib, hayotimizni Unga bag'ishlaymiz.

Havoriy Pavlus Muqaddas Ruhning rahbarligiga ta'sirli bo'lish kerak bo'lgan vijdonini tinglash uchun o'zini o'rgatgan. U muqaddaslikda yashab, Masihning havoriysi bo'lsa ham, u doimo poklanar edi. U bo'ysunish, rohatlanihsning maqsadi, qurbonlik va sevgi haqida jamoatlarga yaxshi misol bo'lishga harakat qilgan. Siz azizdek yashashingiz uchun Masihning misoliga ergashish uchun o'zingizni o'rgating; buni o'z kuchingiz bilan emas, balki Rabbiyning ruhi yashashi orqali qiling. Shunda siz jamoatingizda solih, mehribon va hursandchilikning bulog'i bo'lasiz. Siz bu qorong'u dunyoda Masihning nuri bo'lasizmi?

Imonli o'zi uchun yashamaydi, balki Xudo uchun yashaydi. Kelin o'zi uchun o'zini bezatmaydi, balki kuyov uchun o'zini bezatadi. Shuning uchun biz jannatga erishish uchun muqaddaslikda yurmaymiz, balki biz uchun o'lgan va tekinga jannatning hamma marhamatlarini bizga bergan Masihni sevganimiz uchun yuramiz. Biz Unga yuraklarimizni bag'ishlash orqali tashakkur aytamiz. Biz hayotimizni Uning qo'llariga qo'yamiz va U bizni O'z hislatlari bilan to'ldiradi. Qutqarilganliklari uchun minnatdorchilik bildiradiganlar va Rabbiyning so'zida turadiganlar Masih kelganida tanlaydigan kishilardir. Ular Uning ismini va suratini tanalarida olib yuradilar, xochining hosillari bo'lganlar. Ularning minnatdorchiligi va hamdu-sanosi ularni Masih uchun sevgida birlashtiradi. Hayotlarining maqsadi bu muqaddas qoni bilan ularni poklagan Masih bilan Masihiy bog'lanishdir.

Biroq Isoning sevgisini, kechirimini va ilohiy kuchini rad etadiganlar Iso qaytib kelganida U bilan birlashmaydilar. O'zini yuksaltirishdagi hamma harakat va tirishqoqliklar hech narsaga yaramaydi chunki ularning hayotlari o'zidan voz kechish va solihlikni olib keladigan Iso Masihning poydevoriga qurilmagan. Ular uchun jannat eshiklari yopib qo'yilishi qanday buyuk fojea! Masih haqiqatdan ham ularni tanimaydi, U ularni begonalardek va ular haqida hech narsa bilmagandek ularni hisoblaydi. Xudo adolatlidir, va U Ruhi orqali barcha Unga kelishi uchun imkoniyat beradi. Uni rad etadiganlar bu yagona imkoniyatni yo'qotadilar. Aziz do'stim, siz Masihning Ruhisiz yashaysizmi? Yoki U sizda ishlab hosil keltiryapdimi?

Bu matalda kuyov kelganida, ichidagilar havf-hatarsiz bo'lishi uchun va tashqaridagilar kirmasligi uchun eshiklar berk edi. Xudoning uyida ustun bo'lgan imonlilar hech qachon tashqariga chiqmasliklari kerak (Vahiy 3:12). Ulug'langan azizlar samoviy shohlikka kirganlarida, ularning ichidan berkitib qo'yiladi. Gunohkor va azizlarning holati aralashib ketmaydi va tashqaridan berkitib qo'yilganlar abadiy tashqarida qoladilar. Xozircha jannatga bo'lgan eshik ochiq, hatto bu tor bo'lsa ham. Kuyov kelgandan keyin, u berkiladi va buyuk ko'rfaz jannat bilan do'zax o'rtasiga o'rnatiladi. Bu aniqlik Nuh kemaga kirganida kemaning eshiklarining yopilishiga o'xshaydi. U bu qaror orqali qutqarilib qolgan.

IBODAT: Samoviy Ota, O'g'lingning Ikkinchi Kelishi orqali bizga bergan samoviy hursandchilik uchun Senga rahmat aytamiz. Biz iliq sevging bilan tosh bo'lib qolgan yuraklarimizni yengib chiqishimiz uchun, dushmanlarimizni sevishimiz uchun va o'zimizni Isoning qaytib kelishiga tayyorlashimiz uchun imon bilan Isoda qolishimiz uchun bizga yordam ber. Biz yo'ldan adashyotganlarni sevib, ular halok bo'lmasliklari uchun Iso bilan uchrashishga ularni chaqirishimiz uchun bizlarni poklagin.

SAVOL:

  1. Nima uchun ovsar kelin dugonalari Masih kelishidan oldin oxirgi vaqtda Uning solihligini va muqaddasligini qabul qilishga qodir emaslar?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 07, 2013, at 09:06 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)