Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 221 (Watch!)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 4 - ISONING QUDDUSDAGI OXIRGI XIZMATLARI (Matto 21:1 - 25:46)
C - ZAYTUN TOG'IDAGI MASIHNING VA'ZI (Matto 24:1 - 25:46) -- ISO SO'ZINING OLTINCHI TO'PLAMI

11. Hushyor bo'ling (Matto 24:42-51)


MATTO 24:42-44
42 Shuning uchun hushyor bo'lib turinglar, chunki Rabbingiz qaysi soatda kelishini bilmaysizlar. 43 Lekin shuni bilib qo'yinglarki, o'g'ri tunning qay vaqtida kelishini agar uy egasi bilganida, bedor turib, uyiga lahim qazilishiga yo'l qo'ymas edi. 44 Shunga o'xshab, sizlar ham tayyor bo'lib turinglar. Chunki Inson O'g'li silzar o'ylamagan soatda kelib qoladi
(Matto 25:13, 1 Salonikaliklarga 5:2)

Masih bizga Uning kelishini kutib, hushyor turishni buyuradi. Hech kim Iso qaysi vatda kelishini aniq bilmaydi. Ba'zilar U hech qachon kelmaydi deb o'ylashadi. Boshqalar U allaqachon kelgan va hozir U oramizda yashirinib olgan deb aytishadi. Biroq, Masih bizni ogohlantiradi va bizga tayyor turishga va ruhan uyg'oq bo'lishga amr beradi, chunki U tunda o'g'ri kelgani kabi, jimgina va kutilmaganda kelib qoladi. Shuning uchun vaqtimizning shiori bu hushyor turish kerak, shunda biz Rabbiy bilan bo'ladigan uchrashuvimizni o'tkazib yubormaymiz.

Hushyor bo'lish faqat Rabbiy kelishini anglatmaydi, balki U kelganda bizda topishni xohlaydigan ruhiy holatda bo'lib, doim tayyor bo'lishni ham anglatadi. Hushyor bo'lish U bilan uchrashishning burchi uchun biz darhol o'zimizga murojat qilishimiz uchun Uning yaqinlashishining birinchi alomatlaridan ogoh bo'lishdir. Biz bu dunyodaligimizda, bu atrofimizdagi qorong'ulik kabidir, va biz o'zimizni o'yg'oq tutishimiz uchun og'riqlarni olishimiz kerak. Biz Masihning kelishi uchun qanday qilib tayyor bo'lamiz?

Uni sevish va haqiqatdan ham Uni yo'qlashimiz orqali.
Iso uchun to'la hamma narsani tuzatish va pok bo'lish uchun uylarimizni va yuraklarimizni tayyorlash orqali.
Eski va Yangi Ahdlardagi Uning kelishini ko'rsatadigan vaqtlarning alomatlarini o'rganish orqali.
Bizning butun hayotimiz Uning kelishi uchun tayyor bo'lishi uchun Rabbiyning irodasi nima ekanini so'rab ibodat qilish orqali.
Qarindosh va do'stlarimiz ham Rabbiylarning Rabbiysini qabul qilish uchun tayyor bo'lishlari uchun Uning kelishi haqida ularga aytish orqali.
Mehribon Najodkorimizni qabul qilish uchun hamdu-sano madhiyalarini tayyorlash orqali.

Siz Isoning kelishi uchun o'zingizni tayyorlayapsizmi? Yoki siz maqsadsiz o'zingizning hayotingiz bo'yicha yashayapsizmi? Vijdoningizni tekshiring, va u yerda gunoh bormi yo'qmi yoki hali kechirmagan kimdirga qarshi g'arazingiz borligini ko'ring. Imkon qadar o'zingiz uchun inoyat orqali poklanishga erishishingiz uchun shoshiling. Shunday qilishga imkoningiz borligida kechirimni so'rang.

IBODAT: Samoviy Ota, sevimli O'g'lingning kelishini mensimagan bo'lsak bizni kechir chunki biz dunyoviy narsalar bilan band bo'ldik. Bizni quvg'indan, vasvasalardan va o'limdan saqlaydigan Qutqaruvchining kelishi tomon boshlarimizni ko'tar. Qarindoshlarimiz va do'stlarimiz ham Masihni qabul qilishga tayyor bo'lishlari uchun bizga Rabbiyning yo'lini tayyorlashga yordam ber. Biz uxlab qolmasligimiz uchun yoki Uning kelish soatini esdan chiqarmasligimiz uchun kutishimizni kuchaytir.

SAVOL:

  1. Rabbingiz Isoning kelishi uchun amalda qanday qilib tayyor bo'lasiz?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 07, 2013, at 09:02 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)