Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 218 (The Clear Signs of Christ’s Second Coming)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 4 - ISONING QUDDUSDAGI OXIRGI XIZMATLARI (Matto 21:1 - 25:46)
C - ZAYTUN TOG'IDAGI MASIHNING VA'ZI (Matto 24:1 - 25:46) -- ISO SO'ZINING OLTINCHI TO'PLAMI

8. Masihning Ikkinchi Kelishining aniq bir Belgilari (Matto 24:27-31)


MATTO 24:27:31
27 Chunki inson O'g'lining kelishi xuddi sharqda chaqnab, hatto g'arbda ham barchaga ko'rinuvchi chaqmoqday bo'ladi. 28 Murda qayerda bo'lsa, kalxatlar ham o'sha yerda to'planadi. 29 O'sha kunlarning musibatidan so'ng, alhol quyosh tutilib, oy hiralanadi. Yulduzlar osmondan tushib, samoviy kuchlar larzaga keladi. 30 O'shanda Inson O'g'lining alomati osmonda namoyon bo'ladi. Yer yuzidagi barcha qabilalar uvvos tortib yig'laydilar. Inson O'g'li osmon bulutlari uzra buyuk qudrat va shon-shuhrat ila kelayotganini ko'radilar. 31 U mahobatli karnay tutgan farishtalarni yuboradi. Ular esa Uning tanlagan kishilarini osmonning bir burchidan boshqa burchigacha, to'rt tomondan to'plab keladilar.
(Ishayo 13:10, Donyor 7:13-14, Mark 13:24-27, Luqo 17:37, 21:25-28, 1 Corinfliklarga 15:52, 2 Butrus 3:10, Vahiy 1:7, 6:12-13, 8:2, 19:11-13)

Masihning Ikkinchi Kelishi hatto kelajakda ham eng muhimi bo'ladi. Hozirgacha bo'lgan barcha tarixiy rivojlar bu hodisaga yo'naltirilgan. Buyuk ulug'vorlik bilan kelayotgan Shohi bilan uchrashishga tayyorlangan kishi saodatlidir.

Yaratguvchi oxirgi hosillar uchun hamma kuch-qudrati bilan keladi, “Chunki murdalar qayerda bo'lsa, kalhatlar birga to'planadilar.” Vahiy kitobining (19:17-21) da Xudoning farishtasi Masihning o'lgan dushmanlarining tanalarida ovqatlanish uchun birga hamma qushlarni chaqirishini o'qiymiz. Iso hayvonlarni va barcha izdoshlarini yengib chiqib, yer-yuzida tinchlik shohligini o'rnatadi.

Masihning keyingiz kelishidan oldin, tabiatdagi o'zgarishlar ro'y beradi. Quyosh oyning nurlari tutiladi, yer qimirlashlar bo'ladi va dengizlar jo'sh uradi va samoviy tanalar ko'chiriladi. Fazodagi bu o'zgarishlar ham ruhiy kurashni ko'rsatadi, chunki Masih Shaytonning lashkarlari ustidan zafar qozonish uchun barcha farishtalari bilan keladi. Barcha samoda Inson O'g'lining alomatlarini ko'radi.

Bu vaqtda, Masih o'liklarni tiriltiradi. Xudoni rad etganlarda umid va yig'i bo'lmaydi chunki Xudo nuridan qochish uchun hech qanday joy yo'qdir. Aziz do'stim, vatq borligida Xudoga qayting! Uning oldida gunohlaringizni tan oling va shunda Masihning qoni sizni abadiy poklaydi. Uning qudratli Ruhi sizga hayot beradi va sizni toza ruhiy inson qiladi. Masihning ruhisiz, siz o'lik va buzuqligingizcha qolasiz. Hukmning farishtalari sizni to'plab, abadiy o'tning alangasiga qurug' o'tin kabi tashlab yuborishadi. Ammo siz Muqaddas Ruhning solihligiga to'lgan bo'lsangiz, Masih sizni qiyomat kunida taniydi va sizni barcha imonlilar bilan birga O'zining to'y bazmiga taklif etadi. Siz Masihni qabul qilish orqali Uning nuri sizning ustingizda oqadigan ruhiy badanining bir qismi bolasiz. Siz tuyg'ularingizga chulg'anasiz, va Iso sizga deydi, “Qo'rqmang, chunki Men sizni qutqardim; Men ismingiz bilan chaqirdim; sizlar Menikisizlar” (Ishayo 43:1).

IBODAT: Muqaddas Xudo, men bizga kelayotgan ulug'vorliging nuriga yuzimni qaratishga munosib emasman. Mening mag'rur tabiatimni kechir, yolg'onlarimni olib tashla. Iflosligimdan meni tozala va sevgingning bir qismi bo'lishim uchun va buyuk kelishing uchun tayyorlangan ruhiy tanangning bir a'zosi bo'lib qolishim uchun meni to'liq poklagin. Rabbiy Iso kelgin, chunki zulmat kuchaymoqda. Tez kelgin.

SAVOL:

  1. Inson O'g'lining kelishining alomatlari qanday?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 07, 2013, at 08:58 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)