Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 217 (False Christs)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 4 - ISONING QUDDUSDAGI OXIRGI XIZMATLARI (Matto 21:1 - 25:46)
C - ZAYTUN TOG'IDAGI MASIHNING VA'ZI (Matto 24:1 - 25:46) -- ISO SO'ZINING OLTINCHI TO'PLAMI

7. Sohta Masihlar (Matto 24:23-26)


MATTO 24:23-26
23 Agar o'shanda kimdir sizga: “Masih mana bu yerda”, yoki “U yerda”, - deb aytsa, ishonmanglar. 24 Chunki soxta masihlar va soxta payg'ambarlar paydo bo'lib, ilojini topsalar, hatto tanlangan kishilarni ham yo'ldan ozdirish uchun g'aroyibot va mo'jizalar ko'rsatadilar. 25 Mana, Men sizlarga oldindan aytib qo'ydim. 26 Shunday qilib, agar sizlarga: “Mana, U sahroda”, - deb aytsalar, chiqmanglar. “Mana, U berk xonalarda”, - deb aytishsa ham, ishonmanglar.
(Iklamchi Qonun 13:2-4, Luqo 17:23-24, 2 Salonikaliklarga 2:8-9, Vahiy 13:13)

Yahudiylar aytilgan vaqtda Xudo Najodkor qilib Masihini ularga yordam berish uchun farishtalar bilan jo'natadi deb ishonishgan. Biroq, Iso kelganida, ular Xudo ularning ichida yurganini tushunishni rad etdilar. Faqat bu emas, balki ular Uning O'g'lini xochga mixlab, Muqaddas Ruhini rad etdilar. Biroq ular Masihni kutishda davom etdilar va hatto bugun ham U allaqachon kelganini bilmasdan kutadilar. Va Iso yaqinda samolarda chaqmoqqa o'xshab paydo bo'lib, buyuk kuch va ulug'vorlik bilan yana keladi! Biz uyg'oq turishimiz kerak, diqqat etishimiz kerak va Shaytonning qo'rqnchli va yolg'onchi bolasi bo'ladigan Shaytonning tuzog'laridan yirog'da bo'lishimiz kerak. Biz o'limdan tirilgan, Xudoning o'ng tomonida o'tirgan va yaqinda osmon bulutlarida keladigan Rabbiy Masihdan boshqa rabbiyni qabul qilmaymiz.

Iblis vaqti chegaralanganini va bu dunyo oxiriga yetayotganini bilib, u o'zining soxta payg'ambarlarini, dono xabarchilarini va xalqlarni aldash uchun “masihlar” (rostan ham dajjol) ga ishontirib, ularni jo'natadi (1 Yuhanno 2:18). Xochdagi Masihning o'limidan beri, yuzlab soxta payg'ambarlar va yovuz shaytonning xabarchilari dunyoning najodkorlaridek Xudo tomonidan moylanishga da'vo qilib kelganlar. Biroq, ular o'zlarini sevganlar va sajdani qabul qilganlar. Ular Xudoni ulug'lab va Unga sajda qilishning o'rniga odamlar ularni ulug'lab ularga sajda qilish uchun ko'chalarda o'zlarining suratlari va haykallari o'rnatilishiga ruhsat berishgan. Gitler Germaniyada xalqi “Najod Gitler orqali keladi” deb baqirishlarini talab qilish bilan shunday qilgan. Bu xuddi shu nodonlik Rassiyada ham u o'zining suratini uylarda diniy butlarni o'rnatganda bu Stalin tomonidan ko'rsatilgan. Sharqdan quyosh porlashi kabi millionlab Hitoyliklar tomonidan hisoblanilgan Mao Tse Tungga ham sajda qilishgan. G'alati narsa shundaki, zo'ravonlik bilan e'tiqodga qarshi bo'lgan bu yo'l boshchilar o'zlarining shaxsiyatlarning dinlarini yaratganlar va buni davlatning jafokor kuchi bilan aralashtirishgan. Juda katta kuchlaridan va buning buzuqligidan qat'iy nazar, ular yumshoq va kamtar bo'lgan va hanjarning zo'ravonligisiz boshqargan Masihning Ruhini to'xtata olmadilar. Iso dushmanlarini yo'q qilib yubormasdan, balki gunohlarini olib, muqaddas sevgisi bilan ularni yengib chiqdi.

Haqiqiy Masih bizning xochga mixlangan va rad etilgan Isomizdir. U yuraklarni o'zgartiradigan va Xudo bilan bizni yarashtiradigan yagona Xudodir. U izdoshlarini sevgi shohligiga taklif qiladi. Soxta masih qarshilik qiladi. U odamlarni o'zlarining solihliklariga va soxta solihlikka yoqlash orqali yuraklarini tosh qilib qo'yadi. U insoniy fikrlarga va yangilikka ishontirib, Iso Masihning ilohiyligidan bosh tortadi. U izdoshlarini gunoh va o'lim shohligiga taklif etadi. (1 Yuhanno 2:22-25, 4:1-5).

Masih uch marotaba degan, “Soxta masihlardan ehtiyot bo'ling.” Yolg'onchilar o'zlariga ishontirish uchun sizga gapiradilar. Biroq Xudoning Qo'zisi gunohlarni kechirgan va Unga ishonadiganlarga va Unga yopishib oladiganlarga abadiy hayotini beradigan yagona Masihdir. Ehtiyot bo'ling, asosan yolg'onchilarning boshlig'i bo'lgan Shaytondan ehtiyot bo'ling. U butun dunyoni birlashtiradi va dinlarni birga birlashtirib, bitta aqil bilan yolg'on tuzimga birlashtirish tomon ishlaydi. U yaqinda paydo bo'ladi, chunki bu dunyo barcha ish tuzumlarida uni qabul qilish uchun tayyorlanyapdi: iqtisodiy, diniy, texnalogiya tomonidan, vahokozo. Tushkunlikka tushmang, bu buyuk yolg'onchi haqiqiy Masihning oldida kichik bo'lib kelish kerakligini eslang.

IBODAT: Ota, biz Senga rahmat aytamiz chunki Sen Muqaddas Ruhingning kuchi orqali Sevimli O'g'lingning qoni bilan yana bizni ruhan tug'ding. Sen bizlarni shohligingga munosib qilding. Biz insonning tabii solihligiga ishonmasdan balki xochga yopishib olishimiz uchun bizlarni kamtarlik bilan saqla. Biz Shaytonning halal berishlariga va uning xabarchilariga quloq solmasligimiz uchun quloqlarimizni berkitgin. Barcha tanlangan xalqing bilan sevimli O'g'lingda qolishni bizga nasib et.

SAVOL:

  1. Shayton kim? Uning hislatlari va ishlari qanday?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 07, 2013, at 08:56 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)