Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 216 (Destruction of Jerusalem)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 4 - ISONING QUDDUSDAGI OXIRGI XIZMATLARI (Matto 21:1 - 25:46)
C - ZAYTUN TOG'IDAGI MASIHNING VA'ZI (Matto 24:1 - 25:46) -- ISO SO'ZINING OLTINCHI TO'PLAMI

6. Quddusning Buzilishi (Matto 24:15-22)


MATTO 24:15-22
15 Shunday qilib, Doniel payg'ambar karomat qilib aytgan daxshatli razolat muqaddas joyda turganini ko'rganingizda (o'qigan o'zi tushinsin!) 16 Yahudiyada bo'lganlar tog'larga qochishsin. 17 Tomning ustida turganlar uyidan anjomlarini olish uchun pastga tushmasin. 18 Dalada bo'lganlar esa to'nini olgani qaytib kelmasin. 19 U kunlarda homilador va emizuvchi ayyollarning holiga voy! 20 Qochishingiz qishga yoki dam olish kuniga to'g'ri kelmasligi uchun ibodat qilinglar. 21 Chunki o'shanda dunyo boshlanishidan to oxirigacha sodir bo'lmagan va qaytib sodir bo'lmaydigan buyuk musibat bo'ladi. 22 Agar o'sha kunlar qisqartirilmaganida edi, hech bir jonzod omon qolmas edi. Lekin tanlangan kishilar uchungina u kunlar qisqartiriladi.
(Donyor 12:1, Mark 13:14-23, Luqo 21:20-24, 23:29)

Shu yerda Masih kelishidan oldin oxirgi kunlarda dunyoga tushadigan oxirgi hukmini jamlaydi. U shogirdlariga Xudoning jazolari kelishini, asosan Quddusga kelishini tushuntirgan, chunki Yahudiy xalqi Xudo O'g'lini rad etib, Uni xochga mixlashgan. Iso Masih ular uchun kechirimni izlagan va Otasi Uning ibodatini qabul qilgan.

Yahudiylar ikki qismga bo'linishgan. Aqidaparastlar ma'badda ruhoniylar ustiga tosh va o'tlar yog'dirb, zo'ravonlikdan foydalanishgan. O'lgan ruhoniylarning qonlari ma'bad polini qoplab, muqaddas qurbongoh yoniga oqib kelgan. Kech Eramizdan Keyin 70 da Rimliklar Quddusga kelishyotganda, Yahudiy Masihiylari bu ma'bad ruhoniylarining bu qotili ma'bad o'rtasida nochor ahvolning oldindan aytilgan razillik ekanini bir natijaga keltirishgan. Masihning aniq bir payg'omi bo'yicha, ular o'nta mustaqil shaharlar ichidagi O'rdun Daryosining boshqa qismida joylashgan Pella shahriga jo'nab ketdilar. Ular Quddusning qurshovi boshlanishidan oldin qochib qoldilar, va muqaddas shaharlarining aholisi ustiga tushadigan buyuk musibatdan o'zlarini qutqardilar.

Rim qo'mondoni Titus kuchli bir armiya bilan yetib kelganda, bu shahar ziyoratchilar bilan to'lib toshayotgan payitda, bayram kunlarida u Quddusni qurshab olishni boshladi. Qurshov bu shaharda ochlikka sabab bo'lib, besh oyda nixoyasiga yetdi. Ko'p odamlar bu shaharni tark etishdi va rahimsizlik bilan ularni xochga mixlagan Rimliklarga taslim bo'lishdi. Ulardan minglab odamlar Quddus devorlari bo'ylab ko'tarilgan xochlarga osildi.

Shaharni qo'lga olib, ma'badlarni yondirib va hashamatli binolarni yakson qilgandan keyin, Rimliklar Yahudiylarni qul qilib olishdi. Shunda ular uchun Isoning sinovidagi ularning Pilatga “Uning qoni bizning va bolalarimizning ustida bo'ladi” degan nolalariga ko'ra qiyinchilik va jabrning daxshatli vaqti boshlandi.

Nochor ahvolning razilligi bugun ham bir jamoatda imonlilarning orasida achchiqlanish va o'ch qolishga sabab bo'lib, ular o'rtalarida kerak bo'lmagan bo'linish bo'lganda buni ko'rishimiz mumkin. Bu imonlilarning tanasidan tashqari bo'lgan odamlardan bo'lgan quvg'indan qat'iy nazar bu sodir bo'lishi mumkin. Masihiylik sevgi va kechirimning asl mohiyatiga qarama-qarshiliklar o'ziga qarshi bo'lingan. Qo'shimcha qilib, Najodkorimiz bizga o'ziga qarshi bo'lingan uy tik turolmas deb aytgan. Agar biz shunga o'xshagan bo'linishni ko'rsak yoki bunda qatnashsak, biz tavba qilib kechirim so'rashimiz kerak. Biz bir-birimizga bo'ysunishimiz kerak, va kamtar muomalani izlashimiz kerak. Agar bizda tortishuvlar bo'lsa, biz tinchlik o'rnatishga harakat qilishimiz kerak toki Ustozimizdan tanbex olamaylik. Tortishuvga sabab bo'ladigan kishi bu oqibatlar uchun javobgar bo'ladi.

Sodir bo'ladigan havf-hatarlar vaqtida, bu faqat qonuniy emas, balki o'zimizning yaxshilik va oliyjanoblik ma'nolari orqali himoya qilishimizni izlash uchun burchimizdir. Agar Xudo qochish eshigini ochsa, biz tezda jo'nab qolishimiz kerak; bo'lmasa, biz Xudoga ishonmasdan, balki Uni sinaymiz. O'lim eshik yonida bo'lganida, kechikishlar havflidir. Lut, “Orqanga qarama” (ibtido 19:17) deb aytgan. Xuddi shu qoida gunohga yopishib olganlarga qo'llaydi. Ular haqiqatdan buzilish, oxir-oqibat va Masihning oldiga qochish kerakligi haqidagi kelajaklarini ko'rganlarida, ular gapga kirishlari kerak. Agar shunday qilmasalar ular abadiy kechikishdan halok bo'ladilar.

Dono kishi qochganida o'zi bilan juda ko'p mulklarni olishdan bosh tortadi, chunki bular og'ir va uning qochishiga to'sqinlik qiladi. Suriya qo'shinlari qochishga Xudo tomonidan vahimaga tushishganda, ular kiyimlarini va idishlarini qoldirishgan (2 Shohlar 7:15). Eng kichinasini ham oladigan kishilar qochganlarida hatarsiz bo'lganlar. Hatarning shunday vaqtida, biz hatto mol-mulkimizni yo'qotsak ham hayotimiz uchun minnatdor bo'lishimiz kerak, chunki “hayot ovqatdan afzal emasmi?” (Matto 6:25). Yunon hikmati shunday deydi, “kambag'al sayohatchi qaroqchi tomonidan hech narsa yo'qotmaydi” va qochoq, hech narsasi yo'q falsafachi degan, “Menda o'zim bilan hamma mol-mulkim bor”. Shuningdek yuragida Masih bo'lgan kishi hamma yerga Uni olib yuradi, hatto hammasi olib qo'yilsa ham.

IBODAT: Ota, biz boshqalar kabi Sening g'azabing va yo'q qilishingga loyiqmiz, chunki biz takabbur, mag'rur, guruh va qismlarga bo'linganmiz, va bir-birimizdan nafratlanamiz. Biz boshqalarga qaraganda yaxshirog'miz deb o'ylagan fikrlarimiz uchun bizlarni kechir, va qudratli Xushxabaringdagi sevgi kamtarligi bilan bizlarni birlashtir.

SAVOL:

  1. Hafagarchilikning razilligi nima ma'noni beradi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 07, 2013, at 08:53 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)