Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 214 (They Will Deliver You up to Tribulation)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 4 - ISONING QUDDUSDAGI OXIRGI XIZMATLARI (Matto 21:1 - 25:46)
C - ZAYTUN TOG'IDAGI MASIHNING VA'ZI (Matto 24:1 - 25:46) -- ISO SO'ZINING OLTINCHI TO'PLAMI

5. Ular Sizni Qiynoqqa Topshiradilar (Matto 24:9-14)


MATTO 24:9-11
9 O'shanda sizlarni qiynash va o'ldirish uchun tutib beradilar. Mening nomim tufayli barcha xalqlar sizlardan nafratlanadi. 10 O'shanda ko'plar vasvasaga tushib, bir-birini tutib beradi, bir-biridan nafratlanadi. 11 Ko'pdan-ko'p soxta payg'ambarlar paydo bo'lib, ko'plarni yo'ldan uradi.
(Matto 10:21-22, Yuhanno 16:2, 2 Butrus 2:1, 1 Yuhanno 4:1)

Masih tinchligini xalqlarga, mamlakatlarga, shaharlarga va insonlar yashaydigan joyga yuboradi. Unga ishonadiganlar tavba qilib, Masihning kechirimini va ta'limini qabul qilishadi, Muqaddas Ruhning kuchida pok bo'lib yurishadi va kuchayyotgan zulmatda nur bo'lishadi. Xudo o'rniga pulni, kuchni yoki nopoklikni afzal ko'radiganlar va haqiqiy tavbadan bosh tortadiganlar solihlikdan o'zlarining holatlarida turib oladilar. Xudoning solihligini rad etish Xushxabarning najodiga qarshi ularning yuraklarini tosh qilib qo'yadi. Ular nurdan nafratlanadilar, Masihning xabarchilarini yoqtirmaydilar va ularning oldilariga qiyinchilik va mashaqqat vaqtlarida kelganlarni o'ldiradilar. Iblis ruhi har doim Xudoga va Uning Ruhidan tug'ilganlarga qarshi turadi.

Oxirgi payitlarda Masihga bo'lgan nafrat kuchayadi. Hokimyatlar Isoning izdoshlarini hukm qiladilar va ularni dunyoning qiyinchiliklari uchun javobgar deb biladilar. Yovuz Shayton har doim Masihning izdoshlarini yo'q qilishga harakat qilgani kabi, barcha xalqlar Masihiylardan nafratlanadilar. Bunga hayron bo'lmang. Xudo hatto nafrat dunyosida siz orqali kuchini va sevgisini ko'rsatsa ham sizdan nafratlanishadi va sizni rad etishadi; balki xochga qarshi bo'lgan dushmanlar orqali uyingizdan haydalasiz, azoblanasiz yoki o'ldirilasiz. Masih Yaratguvchi va abadiy hayot bilan birlikni taqdim etadi; biroq bizga bu dunyoda qulay hayot va'da etilmaydi. Lekin dunyoviy qiyinchiliklar o'rtasida Masih sizga tinchligini, huzurini va hursandchiligini va'da qiladi.

Quvg'in vaqtlari ochig'lik vaqtidir. Masihiylikning kasbi insonlarni baholashni boshlaganda, “shunda ko'plar g'azabnok bo'ladilar,” va imonlaridan qulaydilar. Ular e'lon qilgan narsalari bilan janjallashishadi, bunga e'tibor qilishmaydi, bundan charchashadi, va oxir oqibat bunga qarshi g'alayon ko'tarishadi. Qo'y kiyimidagi bo'rilar niqoblarini olib tashlaydilar va o'zlari qanday bo'lishsa shunday namoyon bo'ladilar.

Eng achchiq hodisa aka-uka va opa-singillariga hiyonat qilishdir. Masihning elchilariga bo'lgan bu dunyoning nafrati tushunarlidir, lekin aka-uka va opa-singillarning yo'lg'on shahodatlari achinarli. Agar aka yoki singil sizni rad etsalar ham hech qachon ulardan nafratlanmang, chunki ular Shaytonning yolg'oniga qulagan qurbondirlar. Ular uchun ibodat qiling, ularni seving, va Masih hoyini bo'lgan Yahudoga oxirigacha “Do'stim, nima uchun kelding?” deb aytib, qabul qilgani kabi siz ham ularni qabul qiling.

Iblis boylik va'dalari bilan odamlarni maftun etib, soxta xushxabarni tarqatadigan yolg'onchilar orqali bu salbiy o'sishlar va qo'rquvlarga ta'sirini o'tkazadi. Boshqalar oziq-ovqat, ichimlik va kiyim-kechaklarni taqiqlagan qonunlarni bajarish bilan soxta muqaddaslik uchun xudojo'ylikni keltirib chiqaradilar. Masihning xochi orqali ifoda qilingan Xudoning sevgisini rad etadigan barcha yozuvchi va falsafachilar yolg'onchilardir, chunki xochga Mixlangan Masihdan boshqa hech qanday qutqarilish yo'q. Ruhlarni sinovdan o'tkazing, va Masihni ulug'laydiganlardan boshqa payg'ambar yoki siyosatchilarga o'zingizni bag'ishlamang.

IBODAT: Sevgi Xudosi, Sen sevadigan va qutqarishni izlaydigan itoatsiz va imonsizlarga qarshi Sening hukmingning harakatlaridan biz qanchalar azoblanamiz. Ular Sening haqiqatingdan boxabarlar va Seni qabul qilishni istamaydilar. Ularni va bizlarni kechir. Ular Senga qaytishlari uchun ularning oldiga bizlarni yubor va donolik va ehtiyotkorlik bilan xushxabaringni e'lon qilish uchun bizlarni boshqar. Biz itoatsiz gunohkorlarga qarshi g'azabingning kaltaklaridan qo'rqmasdan, balki sevgingga ishonib tavba qiladigan har bir kishiga najodingni va mehringni tarqatishimiz uchun bizlarga yordam ber.

SAVOL:

  1. Oxirgi kunlardagi birodarlarning quvilishi va hoinligiga sabablar nima?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 07, 2013, at 08:46 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)