Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 196 (The Great Commandment)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 4 - ISONING QUDDUSDAGI OXIRGI XIZMATLARI (Matto 21:1 - 25:46)
A - MA'BADDAGI TORTISHUV (Matto 21:1 - 22:46)

8. Buyuk Amr (Matto 22:34-40)


MATTO 22:34-40
34 Iso sadduqiylarni jim qilib qo'yganini farziylar eshitgach, bir joyga to'plandilar. 35 Ulardan Tavrot tafsirchisi bo'lgan birisi Isoni sinash niyyatida Unga: 36 – Ustoz, Tavrotning qaysi amri buyuk? - deb so'radi. 37 Iso unga: - “Egang Xudovandni butun qalbing bilan, butun joning bilan va butun onging bilan sevgin”. 38 Bu – birinchi va eng buyuk amr. 39 Ikkinchisi esa shunga o'xshashdir: “O'zgani o'zing kabu sev”. 40 Butun Ilohiy Buyrug' va payg'ambar oyatlarining hammasi ham mana shu ikki amrga tayanadi.
(Mark 12:28-31, Luqo 10:25-28, Rimliklarga 13:9-10)

Yahudiylar imonlarining negizidan adashganlar va Muso Qonunining tafsilotlariga ko'proq qiziqqanlar. Ular Xudoni 613 qoidalarni bajarish orqali qondiramiz deb ishonishgan. Natijada, ularning xudojo'yliklari oddiy urf-odat va juda qiyin bo'lib qoldi. Ular o'zlarining hukmlari tufayli qonunning mohiyatini farqiga borishmadi va ular imon yuragidan yiroqda bo'lishdi.

Qonunning mohiyati nima? Bu Muqaddas, sevgiga to'la bo'lgan Xudoning O'zidir. U to'liq mohiyatdir va qonunning o'lchovidir. Muso ilohiylik bilan boshqarilgan, “Muqaddas bo'ling, zero Men muqaddasman.” Iso shunday deb, yangi ahdning ruhida bu oyatning ma'nosini tushuntirgan, “Shunday qilib osmondagi Otangiz barkamol bo'lgani kabi, siz ham barkamol bo'linglar” (Matto 5:48). Bu ikki amrlarga diqqat bilan qaraydigan kishi Xudoning sevgisini va insonlar juda kuchsiz ekanini tushunib yetadi. Biz Xudoni butun yuragimiz bilan, butun qalbimiz bilan va butun ongimiz bilan sevmaymiz. Na biz sevish kerak bo'lgan boshqalarni sevamiz. Biz insoniy qobilyatlarimiz bilan Xudoning mehr darajasiga yetib bormaymiz, chunki Yaratguvchida barkamollik bo'lgani kabi, mavjudotlarda yo'q.

Masihning O'zi bu amrlarni bajargan kishidir, chunki U buyuk Otasining yagona O'g'lidir. Butun hayoti sevgi va muqaddaslikdagi barkamollikning amrining ifodasidir. Iso so'zlari orqali, harakatlari orqali, o'limi va tirilishi orqali Xudo va insonlar uchun sevgini ko'rsatadi. U Xudoni butun yuragi, qalbi, ongi va kuchi bilan sevdi va U O'zini sevgani kabi biz gunohkorlarni sevdi. Biz “Asranib olinish orqali Xudoning farzandlari” bo'lishimiz uchun bizni qutqardi. Bizning sevgimiz kuchsizdir, va U bizni sevgani kabi sevish uchun najodi orqali bizga ilohiy kuchini berdi. Muqaddas Ruh bizda yashaganida, U bizga Xudoni faqat hislarimiz bilan sevishga emas, balki harakatlarimizda, xizmatlarimizda va qurbonliklarimizda sevishni ham o'rgatadi. Muqaddas Ruh Xudoning barkamolligidagi bizning ulushimizdir. Pavlus aytganidek, “Bizlar esa Ilohiy Ruhdan umidvor bo'lib, imonimiz asosida oqlanishimizni kutamiz” (Rimliklarga 5:5). Bu ilohiy mohiyat bizni o'zini sevadigan odamlar bo'lishdan odamlarni sevishga o'zgartiradi. Butun qalbi bilan, butun joni va ongiz bilan Xudoni sevadigan kishi insonlarni sevadi, chunki ular Uning suratidir. Agar biz Xudodan bo'lgan sevgimizni tan olsagu boshqalrni sevmasak, biz yolg'onchilarmiz.

Qonunning hammasi bir so'zda jamlangan: “sevgi” (Rimliklarga 13:10). Itoatkorlik sevgi bilan boshlanadi va bu sevgi ruhida bajariladi. Sevgi hamma narsaga ma'no va mazmun beradigan boshqarish muhabbati hamdir. Inson sevgi uchun ma'no bergan mavjudotdir. Sevgi hordiq va qalbning qoniqishini beradi. Agar biz bu yaxshi yo'lda yursak, biz hordiqni topamiz.

Xudo doimiylik va o'zgarmas sevgi bilan to'lgan. Shuning uchun, U gunohkorlarni saqlash uchun baldadek O'g'lini bergan. Gunohkorlardagi gunohlarni rad etib, gunohkorlarni ham sevaylik. Masih sizga siz kuchli bo'lishingiz uchun va sevgi bilan to'lishingiz uchun Samoviy Otasi bilan bir bo'lishga taklif etadi. Uning kuchi sizning kuchingizni tuzatadi. Uning sevgisi sevgingizni poklaydi. Uning bilimi hayotingiz Xudoga minnatdorchilikning biri bo'lishi uchun hursandchilik bilan yuragingizni to'ldiradi.

Siz Xudoni sevasizmi? Shunday bo'lsa Unga hamdu-sano aytib Uni ulug'lang, Unga xizmat qiling va jamiyatingizda Uning sevgisini yoying. U sizga iroda, zakovat, sevgisini amalda qilishingiz uchun sezgi berishi uchun ibodat qiling. Agar siz Xudoga va insonlarga bo'lgan sevgining amriga kirsangiz, Xudo siz yuragingizni, ongingizni va tanangizni Unga topshirishingizni kutyotganligini ko'rasiz. Agar siz o'zingizni Xudoga to'la bergan bo'lsangiz, takkabburlik va o'zini sevish uchun hech qanday xona bo'lmaydi.

Biz Xudoni butunlay sevishimiz kerak, “butun yuragingiz bilan, butun qalbingiz bilan va butun ongingiz bilan”. Ba'zi odamlar bu terminlarning uchchalasi bitta narsani va bir hil narsani anglatadi deb ishonishadi: bu butun kuchimiz bilan Uni sevish. Boshqalar quydagidek bu terminlarni buzishadi: yurak, qalb va ong, bular iroda, muhabbat va tushunchadir. Xudo uchun bo'lgan sevgimiz samimiy bo'lishi kerak. Bu Xudoni sevamiz deb aytadiganlar lekin ularning yuraklari U bilan bo'lmagan kishilardek, faqat so'zimizda va tilimizda bo'lmasligi kerak. Bu sevgi doimiy sevgi bo'lishi kerak. Siz Xudoni eng buyuk darajada sevishingiz kerak. Biz Uni ulug'laganimizda, Uni ichki borlig'imiz bilan sevamiz (Zabur 103:1). Xudo bizga bo'linishdan ko'ra birlashadigan yuraklar bersin. Hatto bizning eng yaxshi sevgimiz ham Unga taqdim etish uchun yetarli emas. Shuning uchun qalbimizning hamma kuchlari U uchun bo'lishi kerak va Unga qaratilishi kerak.

Bizning qulagan tabiatimizda, biz o'zbilarmon va mag'rurmiz, lekin Rabbbiy bizdan o'zgarishni, boshqalarni sevishni, va o'zbilarmon sevgini bartaraf qilishimizni so'raydi. U ko'plar uchun to'lov bo'lgan hayotini bergan Masihning misollariga ergashishimizni istaydi.

IBODAT: Muqaddas Ota, biz Seni sevamiz chunki Sen muqaddas sevgidirsan. Sen bizlarni yaratding, va bizlarni abadiy poklaysan, muqaddaslaysan va saqlaysan. Biz yashashimiz uchun o'lgan O'g'lingning qurbonligi uchun Sendan minnatdormiz. Biz Seni sevamiz va xizmatinga o'zimizni bag'ishlaymiz. Sening ulug' inoyating ulug'lanishi uchun hayotimizdan foydalangin. Sening mehring va muruvvating oilamizda, maktablarda va hayotimizning barcha hududlarida bo'lishini so'raymiz. Faqat so'zda emas, balki harakatda va haqiqatda sevishimiz uchun bizga yordam ber.

SAVOL:

  1. Biz qanday qilib Xudoni va insonlarni haqiqatdan seva olamiz?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 07, 2013, at 08:08 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)