Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 195 (Marriage in Resurrection)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 4 - ISONING QUDDUSDAGI OXIRGI XIZMATLARI (Matto 21:1 - 25:46)
A - MA'BADDAGI TORTISHUV (Matto 21:1 - 22:46)

7. Oxiratda na uylanadilar va na Erga tegadilar (Matto 22:23-33)


MATTO 22:23-33
23 Qiyomat yo'q, deb aytadigan sadduqiylar o'sha kuni Isoning oldiga kelib, 24 Unga savol berdilar: - Ey Ustoz! Muso payg'ambar deganki: “Agar kim farzand ko'rmasdan dunyodan o'tsa, ukasi uning xotinini nikohga olib, akasining zurriyotini tiklasin”. 25 Bizda yetti aka-uka bor edi. Birinchisi uylanib, farzand ko'rmay qazo qildi, xotini esa ukasiga qoldi. 26 Ikkinchi, uchinchi, hatto yettinchigacha hammaning boshiga shu ko'rgilik tushdi. 27 Hammadan keyin xotin ham o'ldi. 28 Shunday qilib, u qiyomatda yettovidan qaysi birining xotini sanalar ekan? Chunki u hammasiga xotin bo'lgan edi-ku. 29 Iso ularga javob berib dedi: - Siz Muqaddas Kitobni ham, Xudoning qudratini ham bilmaganingizdan adashyapsizlar. 30 Chunki oxiratda na uylanadilar, va na erga tegadilar, balki osmondagi Xudo farishtalariga o'xshaydilar. 31 O'liklarning qayta tirilishiga kelsak, Xudoning sizlarga yo'llaganining hech o'qimaganmisiz? 32 “Men Ibrohimning Xudosi, Ishoqning Xudosi va Yoqubning Xudosiman”, - degan edi U. Xudo esa o'liklarning emas, tiriklarning Xudosidir. 33 Xalq buni eshitib, Iso ta'limotiga mahliyo bo'ldi.
(Mark 12:18-27, Luqo 20:27-40, Havoriylarga 4:2, 23:6, 8)

Bu matnda biz qiyomat to'g'risidagi Sadduqiylar bilan bo'lgan Masihning munozarasi haqida o'qiymiz. Bu Farziylar Qaysarga soliq to'lash haqida Isoga hujm qilgan xuddi shu kunda ro'y berdi. Shayton endi Unga halal berishga harakat qilib, oldingidan ham ko'proq band bo'ldi. Vahiy 3:10 bu vasvasa soatidek uchrashuvni tariflab beradi. Isodagi haqiqat har doim ba'zi shakillarda yoki boshqasida qarama-qarshilik bilan duch keladi.

Masih davrida ikta asosiy guruhlar bo'lgan. Bitta guruh ko'rinishlarga ishongan, farishta va ruhlar borligiga, va ko'rinmas dunyodan bo'lgan ta'sirlariga ishonishgan. Boshqa guruh o'limdan keyingi hayotni va kelajakni rad etishgan. Oxirgi guruhdagilar birorta ruhiy haqiqatga tushunishmagan. Shuning uchun, ular ushlab va ko'rib turgan narsalariga ishonishgan holos. Sadduqiylar bu guruhda bo'lganlar. Ular zo'ravonlarcha Masihni yo'q qilishni reja qilmaganlar, lekin ular Isoni mazax qilib, insonlarning ko'zi oldida Uni kamsitganlar. Sadduqiylar o'limdan keyin hayot yo'q deb isbotlash uchun rejalashtirilgan vaziyatni tuzdilar. Agar Iso shunday holatning mumkinligiga qo'shilganda, U fikrlayotgan odamlarning hurmatini yo'qotgan bo'lar edi. Agar Iso buni rad etganda, qattiq qo'l Farziylar o'limdan keyingi hayot haqida ishonganlari tufayli Unga qarshi imonlilarni gijgijlagan bo'lishar edi.

Tirilishga ishonishga da'vo qilgan Farziylarda bu haqida tanaviy fikrlar bor edi. O'limdan keyingi hayotda, ular balki umuman har qanday o'limdan keyingi hayotdan bosh tortish uchun Sadduqiylarni quvib chiqarilgan tabiy hayotning rohatlari va zavqlarini topishni kutishgan. Hech narsa dunyoviy qiziqishlariga va tanaviy ishtahalariga dinni xizmatkor qiladiganlarning tanaviyligiga qaraganda xudosizlikka va imonsizlilkka buyukroq foyda bermaydi. Endi Sadduqiylar Isoga hurmatsizlik qilishni qidirishda Farziylarning holatlarini qabul qilyotganlaridek ko'rinishdi.

Masih bu holatni tuzuvchilarni nodonlardek tasvirlab berdi. Iso ularga dedi, “Sizlar adashdingiz, siz na Muqaddas Yozuvni bilasiz, va na Xudoning kuchini bilasiz.” Bu so'zlar bilan Iso ularning mantiqiy fikrlarini hukm qildi, mag'rurliklarini buzib yubordi va ularga voizlik qilayotgan insoniy fikr faqat Xudoning kuchi va sirlarini e'lon qiladigan Muqaddas Kitobni tushuna olmasligini isbotlab berdi. Ishonadigan kishi bizni ruhlantirgan Kalomning sirlarini tushuna oladi va samoviy kuchni bundan oladi. Biroq, Muqaddas Bitiklardan yuqori qo'yib o'zining fikrini o'qituvchi qilsa, bu kishi o'zini o'zi aldaydi. Xushxabarni o'qing va abadiy boshqaruvni, kuchni va yupanchni olishingiz uchun ibodat qiling.

Masih tirilish imonlilarda oldin bo'lgan bir hil tarzga ularga qaytmasligini, balki bu ruhiy dunyoga, yuqoriroq darajaga ularni ko'tarishini aytdi. Bu ruhiy dunyoda, tananing hirs-tuyg'ulari oxiriga yetadi, hayollar yo'qoladi, va inson ham hursadnchilik va tinchlik bilan pok sevgi boladi va ham Xudodan bo'lgan abadiy ajralishga duch keladi. Tirik Masihga ishonadigan kishi ruhan tirik bo'ladi. Xudo pok yurak bilan bag'ishlangan xizmatni beradi.

Masihga ishonadiganlar jannatdagi Xudoning farishtalaridek bo'ladilar, bunda ular yerli tanalari bilan ko'tarilmaydilar, balki ruhiy tanalari bilan ko'tariladilar. Tirilishda, ular turmush qurmaydilar, yoki tanaviy zavq va rohatlarni xohlamaydilar. Balki ular ruhda, haqiqatda va muqaddaslikda yashashadi. Kimki jannatda jinsiy aloqa uchun umid qilib hayol qilsa hato qiladi. U kishi Muqaddas Bitiklarni bilmaydi va Xudoning yangilanayotgan kuchini boshidan o'tkazmagan.

Masihga haqiqatdan ham ishonadiganlar Uning hayotining kuchida U bilan birlashadilar. Ular Xudoning sevimli farzandlari bo'ladilar, va ular Eski Ahdda ochib berilgan yo'ldan ko'ra yo'lda samoviy Otalarini bilishadi. Bu inoyat ahdining yutug'idir. Xudo Masihning qabul qilganlarni asrab oladi; U ularga abadiy hayot beradi, va ular hukmga kelmaydilar. Ular allaqachon o'limdan hayotga o'tganlar.

Iso Ibrohim, Ishoq va Yoqub o'lmagan balki hayotdir deb o'rgatgan, chunki ular Muqaddas Ruhning ovoziga yuraklarini ochganlar va Masihning kelishiga ishonganlar. Isoga qaytgan kishi yashaydi. Imonlilar uchun Xudoning kuchi tirilish hozir boshlanishi uchun gunoh tomon vasvasani va o'lim urug'ini yengib chiqadi. Masihdagi imon hayot, hursandchilik va umiddir, noumidlik va o'lim emas. Chunki bu hayot bizda yashayotgan Muqaddas Ruh tomonidan bizga berilgan, biz dunyoviy rohatlarni xohlamaymiz, balki ulug'vor Muqaddas Xudoyimiz bilan bir bo'lamiz.

IBODAT: Samoviy Ota, biz Seni ulug'laymiz va quvonamiz, chunki Sen allaqachon o'limdan bizni tiriltirding va Masihda bizni hayotingning sheriklari qilding. Biz gunohda o'lik emasmiz, chunki Sen O'g'lingdagi imon orqali bizni saqlab qolding. Muqaddas Ruhing bilan bizni to'ldir. Do'stlarimiz va qarindosh urug'larimiz poklikni xohlab, Masihning hayoti va u olib keladigan muqaddas rohat bilan birlashishlari uchun ularni ruhiy o'limdan tiriltirgin.

SAVOL:

  1. Iso qanday qilib Xudo bilan yashayotganlarning abadiy hayotligini Sadduqiylarga isbotlab berdi.

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 07, 2013, at 08:06 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)