Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 189 (Jesus Questioned)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 4 - ISONING QUDDUSDAGI OXIRGI XIZMATLARI (Matto 21:1 - 25:46)
A - MA'BADDAGI TORTISHUV (Matto 21:1 - 22:46)

4. Isoni Yahudiylarning oqsaqollari so'roq-savol qiladi (Matto 21:23-27)


MATTO 21:24-27
24 Iso ularga javob berib dedi: - Men ham sizga bir savol berayin. Agar menga javob bersangizlar, shunda Men ham bu ishlarni qanday vakolat bilan qilayotganimni sizlarga aytaman. 25 Yahyo payg'ambar odamlarni suvda tavba qildirish uchun kimdan vakolat olgan edi? Xudodanmi yoki insondanmi? Ular esa o'zaro mulohaza yurita boshladilar: “Agar Xudodan desak, U bizlarga: 'Nega Unga ishonmadingizlar?' - deb aytadi. 26 Agar insondan desak, xalqdan qo'rqish kerak, chunki xalqning bari Yahyoni payg'ambar deb hisoblaydi-ku”. 27 Nihoyat Isoga: - Bilmaymiz, - deb javob berdilar. Iso esa ularga: - Men ham bularni qanday vakolat bilan qilayotganimni sizga aytmayman, - dedi.
(Matto 14:5)

Masih dushmanlari orqali Unga tuzoq qo'yilganini payqadi. U darhol ularning savollariga javob bermasdan balki orqaga qaytarishga va Masihning yo'lini tayyorlash uchun Xudo Yahyoni jo'natganini tan olishga ular uchun eshikni ochdi. Bu javob berish yo'li bizga ikta narsani ko'rsatadi:

Birinchisi, Iso, U Xudo O'g'li ekanini isbotlaydigan aniq so'zlardan foydalanib odamlarga ta'lim bermadi. Balki, U itoatkor yurakdan bo'lgan imonlarining asta-sekin o'sishini kutdi. Iso ular Uning ilohiyligiga ishonch hosil qilishini va Unga sevgida keladigan bu tushuncha bilan muhrlanishlarini istadi. Bu odamlarga yaqinlashayotgan yo'limizga qarama-qarshidir. Biz ko'p yo'llar bilan Masihning ilohiy holatini qabul qilish uchun ularni ishontirishga harakat qilamiz. Isoning ishlariga, pokligiga va mehribonchiligiga diqqat etish yaxshiroqdir, shunda Inson O'g'liga bo'lgan ularning ishonchlari rivojlanadi. Ular o'liklarni tiriltiradigan, gunohkorlarni sevadigan va dushmanlarini kechiradigan Isoni ko'rish uchun kelishlari kerak. Ular Iso bor bolgan Xudo ekaniga ishonadigan nuqtaga kelishlari kerak.

Ikkinchisi, Masih dushmanlarida fikrlashni qo'zg'atdi. Iso ularni tavba qilish uchun tayyorlashga, mazmunsiz imonlarini qoldirishga va puch sevgi bo'lgan har qanday hukmni bartaraf etishga harakat qildi. Agar ular Xudodan bo'lgan Yahyoning suvga cho'mdirishini payqab, buni tan olganlarida, ular gunohlaridan tavba qilib bularni tan olgan bo'lardilar. Chunki ular o'zlarini xudojo'y va solih deb faraz qilar edilar, biroq, ular o'zlarini Isoga bag'ishlash uchun tayyorlamadilar. Ularning yuraklari qotib qolgan edi. Ular Isoga qarshi g'azablanib nafratlandilar.

Agar Masihning bu dushmanlari Yahyoning cho'mdirishini Xudodan deb tan olishganida edi, ular ishonchlarini havfga qo'ygan bo'lar edilar. Bu e'tiqodni e'tirof etish Xudodandir va biroq buni qabul qilmaslik inson ayibdor bo'ladigan eng buyuk gunohdir. Ko'p odamlar qarshilikdan yoki nodonlikdan gunohga bo'lgan qullikda qoladilar, ular biladigan yaxshilik va haqiqatni tushunishdan bosh tortadilar. Shuning uchun ular Yahyoning cho'mdirishiga bo'ysunmaslikda Xudoning maslahatlarini rad etadilar va ular kechirimsiz qoladilar.

Agar odamlar Yahyoning cho'mdirishi insonlardan deb aytganda, ular o'zlarining havfsizliklari uchun qo'rqdilar chunki ular o'zlarini odamlarning achchiqliklariga ochib berishgan bo'lar edilar. Bosh ruhoniy va oqsoqollar vijdonlari tartibsizlikda bo'lgan va o'zaro rashk buyuk yuqorida bo'lgan oddiy odamlarning qo'rquvida turishdi. Hokimyat nafrat va xalqning nafratining markazi bo'ldi va shunda “Shuning uchun Men ham seni barcha xalq oldida nafratlanarli va yovuz qildim” (Malaki 2:8, 9) degan yozuv amalga oshdi. Agar ular solihliklarini saqlaganlarida va burchlarini ado etganlarida, ular vakolatlarini saqlagan bo'lardilar va ularda odamlardan bo'lgan qo'rquv bo'lmas edi. Odamlarni o'zlaridan qanday qilib qo'rqitishni o'rganganlar ularni qo'rqita olmaganlar, balki o'zlari ulardan qo'rqishgan.

Shunda, yahudiy kengashining vakili o'sha joyda turganlarning ortiga berkinib oldi, va ular Yahyoning cho'mdirishi qayerdan kelganini bilishmadi. Bu ular uchun uyatli muvafaqqiyatsizlik edi, chunki xalq oqsoqollarining yolg'onchiligiga kulayotgan bu munozarani kuzatib turgan edilar.

Iso vakillarni Unga qo'ygan huddi shu tuzoqqa ularni boshladi. U vakolatining va ilohiyligining e'lonini yashirdi chunki 1) ular Unga ishonmadilar. 2) chunki Uning vaqt soati hali yetib kelmagan edi, Uning to'liq ulug'vorligi dushmanlari oldida bir keskin harakatda e'lon qilinganda bu soat kelgan.

IBODAT: Samoviy Ota, Sen haqiqiy Xudosan, Sen O'g'ling bizni qutqarib muqaddaslashi uchun Unga hokimyatingni berding. Biz Senga va Masihingga sajda qilamiz, chunki Sizlar sevgiga, mehribonchilikka va muruvvatga to'lasizlar. Biz Sendan minnatdormiz chunki Sen xochga mixlangan Isoning qoni bilan gunoh zanjiridan bizni qutqarding va Muqaddas ruhingning kuchi bilan bizni muqaddaslading. Biz atrofimizdagi imonsizlar kelib, Sen Qudratli Ota ekaningga ishonishlari uchun Muqaddas Ruhning birligida inonmasliklaridan ularni qutqarishingni so'raymiz.

SAVOL:

  1. Iso nima uchun Yahudiy kengashining vakillariga O'zining vakolatini e'lon qilmadi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 07, 2013, at 07:56 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)