Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 186 (Jesus Cleanses the Temple)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 4 - ISONING QUDDUSDAGI OXIRGI XIZMATLARI (Matto 21:1 - 25:46)
A - MA'BADDAGI TORTISHUV (Matto 21:1 - 22:46)

2. Iso Ma'badni Tozalaydi (Matto 21:10-17)


MATTO 21:14-17
14 Ma'badda Isoning oldiga ko'rlar va cho'loqlar keldi. U esa ularga shifo berdi. 15 Lekin oliy ruhoniylar va ulomolar Isoning qilayotgan ajoyib ishlarini hamda ma'badda: “Dovud O'g'li mangu yashasin!” deb hayqirayotgan bolalarni ko'rib, darg'azab bo'ldilar. 16 – Bular nima demoqdalar, eshityapsanmi? - deyishdi Unga. Iso ularga: - Ha! - dedi. - Nahotki sizlar: “Go'dak va chaqaloqlar og'zidan Sen madhiya yaratding”, - degan oyatni hech qachon o'qimagan bo'lsangiz? 17 So'ng Iso ularni qoldirib, shahardan chiqdi va Baytaniyaga borib, u yerda tunadi.

Masih Xudoning ma'badidir va Unda butun Xudo tanasining to'liqligi yashaydi. Xudo U orqali ko'plarni qutqarish uchun ishladi. Iso ham haqiqiy Oliy Ruhoniy va Muqaddas Ruh inoyatining to'liqligi bizda yashashi uchun O'zini biz uchun taqdim etgan Xudo Qo'zisi hamdir. Holbuki, U shu bilan birga Ma'bad, Oliy Ruhoniy, va dunyoning gunohi uchun to'lov to'lagan Qurbon hamdir. Bu uchta qism Xudo bilan yarashish uchun ruhoniylik vazifalarini hisoblab barcha qonuniy talablarni uchratadi.

Masih bo'lgan joyda mo'jiza yuz beradi. U bemorni, ko'rni va cho'loqni sog'aytirganda, U faqat ilohiyligini isbot etmadi, balki U odamlarning diqqatini jismoniy ma'badning toshlaridan Xudoning haqiqiy ma'badi kabi Masihning O'ziga tortdi.

Ko'r va cho'loqlar Dovudning saroyiga kirish uchun ruhsat etilmagan (2 Shamuil 5:8), biroq ularga Xudoning uyiga kirishga ruhsat etilgan chunki Xudo ma'badining hurmati tanaviy ulug'vorligida yolg'on gapirmaydi. Ko'r va cho'loqlar shahzodalarning saroylaridan masofalarini saqlab turishlari kerak, lekin faqat tavba qilmagan, yovuz va xudosizlar Xudoning ma'badidan benasibdir.

Ma'bad bozor joyi qilinganda ifloslandi, lekin u joy shifoxona bo'lganida hurmat qozondi. Xudoning uyida yaxshilik qilish pul topishdan ko'ra hurmatliroqdir.

Ba'zan boalalar yetuk insonga qaraganda tezroq bir insonning mohiyatini sezishadi. Yozuvning bu qismida, bolalar “Dovud O'g'li mangu yashasin” deb hayqirishni boshladilar. Ular Ilohiy Shoh bilan salomlashyotganliklarini sezishmagandir. Ular faqat olomon oldin bu kunni olqishlayotgan mehr-shavqatli Shifokor bo'lgan Iso bilan salomlashishni rejalashtirishgan.

Bolalar ko'rgan va eshitgan narsalarini juda tez o'zlashtirib oladilar va ularga yaxshi misollar bo'lishi uchun buyuk ahamiyat kasb etish kerak bo'ladi. Lotin hikmat deydi, “Bizning yoshlar bilan bo'lgan harakatimiz eng to'g'ri ahamiyat bilan harakatlanishi kerak.” Bolalar ular bilan birga bo'ladigan odamlardan la'natlashni va ont ichishni, yoki ibodat qilishni va ulug'lashni o'rganishadi. Yahudiylar bolalariga shohlarni olib kelib, Bayram kunida “Tasanno!” deb hayqirishga ularni o'rgatdilar, lekin Yozuvning bu qismida, Xudo buni Masihga qo'llashni ularga o'rgatadi.

Xalqning uztozlari va boshqaruvchilari ma'baddagi bu ulug'lashning ijrosi haqida judayam jahillari chiqdi. Xalqaro va siyosiy tartibsizlikdan qo'rqib, ular Isoni yaqindan kuzatdilar. U majburlik bilan kuch ishlatarmidi? Shunga o'xshagan narsa sodir bo'lmaganda va hech qanday farishtalar Rimni yo'q qilish uchun osmondan tushmaganida xalq Isoning oldiga kelib Undan so'rashdi, “Sening izdoshlaring Seni Dovud O'g'li deb chaqirishganini eshitganingda nima deysan?” Iso agar boshqaruvchilar va shahzodalar Unga sajda qilishmasa Muqaddas Ruh go'dak va chaqaloqlar og'zidan gapiradi deb javob berdi. Iso bu so'zlar bilan Yahudiy kengashi Uning qudratiga jon deb itoat qilishlarini so'radi. Bu itoatkorlik sodir bo'lmadi va odamlar aslida Uni o'ldirishga reja tuzayotgan edilar. Shunda Iso Quddusni tark etib Baytaniyaga jo'nab ketdi.

IBODAT: Ota, biz qaroqchilar uyiga o'xshamasligimiz uchun yuraklarimizning tubidagi poklik jonlanishi va yangilanishga muhtojmiz. Sening sevgingga va mehringga zid bo'lgan fikrlarimizni olib tashla. Yuraklarimiz va og'izlarimiz kuylab Sening Muqaddas Ruhing bizda yashashi uchun va O'g'lingning qoni bilan muqaddaslanishimiz uchun ichimizdan bosayotgan qayg'ularimizni olib tashla, chunki Sen har doim hamdu-sanoga loyiqsan.

SAVOL:

  1. Ma'baddagi kuylayotgan bolalar va jahldor bosh ruhoniy va xattotlar o'rtasidagi farq nima?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 07, 2013, at 07:53 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)