Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 178 (Equal Wages)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 3 - ISONING QUDDUSGA BO'LGAN SAFARI MOBAYNIDA IORDAN VODIYSIDAGI XIZMATI (Matto 19:1 - 20:34)

8. Barcha Ishchilarga birdek maosh (Matto 20:1-16)


MATTO 20:1-16
1 Shunday qilib, Osmon Shohligi uzumzordagi erta saharda mardikorlar yollagani chiqqan bog' egasiga o'xshaydi. U mardikorlar bilan kuniga bir kumush tanga berishga kelishib, ularni o'zining uzumzoriga yuboribdi. 3 Soat to'qqizlarda u yana chiqib, bozor maydonida bekor turgan boshqa odamlarni ko'rib, 4, ularga: - Sizlar ham mening uzumzorimga boringlar, men sizlarga tegishli haqingizni beraman, - debdi. Ular esa boribdilar. 5 Tush chog'i va soat uchga yaqin u tag'in chiqib, yana shunday qilibdi. 6 Soat beshlarda chiqib, bekor turgan yana boshqalarni ko'ribdi-da: - Nega sizlar bu yerda kun bo'yi bekor turibsizlar? - deb so'rabdi. 7 Ular esa: - Hech kim bizlarni ishga yollamadi-da, - debdilar. Shunda bog' egasi: - Sizlar ham mening uzumzorimga boringlar, tegishli haqingizni olasizlar, - debdi. 8 Kech bo'lgach, uzumzor egasi o'zining hosilotiga: - Mardikorlarni chaqirib, ularga oxirgisidan boshlab birinchisigacha xizmat haqlarini bergin, - deb buyuribdi. 9 Shunday qilib, soat beshlarda ish boshlaganlar bir kumush tangadan olishibdi. 10 Birinchi kelganlar esa ko'proq olamiz, deb o'ylashibdi. Ammo ular ham bir kumush tangadan olishibdi. 11 Ular xizmat haqini olgach, bog' egasiga norozilik bildira boshlashibdi: 12 - Bu oxirgi kelganlar bir soatgina ishladi, siz esa ularni kunning issig'iyu mashaqqatini tortgan bizlar bilan teng ko'rdingiz. 13 Bunga javoban bog' egasi ulardan biriga: - Do'stim, men senga nohaqlik qilganim yo'q. Sen men bilan bir kumush tangaga kelishgan edingmi? 14 Endi haqingni olib, boraver. Men senga bergancha aqchani bu oxirgi kelganga ham bersam, nima bo'pti? 15 O'z pulimni xohlagancha istefoda qilish o'z ixtiyorimda emasmi? Yoki mening saxiyligimni ko'rolmayapsanmi? - debdi. 16 Shunga o'xshab, oxiratda ham oxirgilar birinchi va birinchilar esa oxirgi bo'ladilar. “Chunki da'vat etilganlar ko'p, ammo tanlanganlar ozdir.”
(Rimliklarga 9:16, 21)

Bu matal bizga mukofotlarning sirlarini va Osmon shohligi kelishining to'lovlarini ko'rsatishni xohlaydi. Iso yaqinda eslatib o'tilgan bobning tugashida aytib o'tgan, “oxirgilar birinchi va birinchilar oxirgi bo'ladilar”. Bundagi qarama-qarshi tuyilgan bu haqiqatga aniqlik kerak bo'lgan.

Yahudiylarning rad etishidan va G'ayriyahudiylarni chaqirishdan ko'ra buyukroq sir yo'qdir. Bu havoriylar G'ayriyahudiylar merosho'r bo'lishlari kerak deb tan olishadi. Hech narsa Yahudiylarga bu ogohlantirishdan ko'ra jig'lariga tegmayotgan edi. Endi bu Yahudiylar uzumzorga birinchi bo'lib chaqirilishi kerak va ulardan ko'plari bu chaqiruvga javob berishlarini ko'rsatish uchun, bu masalning qoida maqsadi bo'lib tuyuladi. Bir kun xushxabar G'ayriyahudiylarga voizlik qilindi va ular buni qabul qilib, Yahudiylar bilan teng huquqlarga va foydalarga ega bo'ldilar. Bir hil huquqlarni bo'lishyotgan G'ayriyahudiylarning fikrlari Yahudiylarning aksaryat qismi ishonib bo'lmaslikni va buni qabul qilish qiyinligini topgani uchindir.

Masih O'zining azoblarini va o'limini shogirdlariga e'lon qilgan. U shogirdlariga shu bilan birga o'limdan tiriladigan va Ikkinchi marta kelganida hukmronlik qiladigan Rabbiy ekanini tasdiqladi. Iso sevgisining kuchi bilan hamma narsani yangilab, yer yuziga tinchlik shohligini olib kelib, har bir kishi orqali ulug'langanligi ko'rinadi. Bu ilohiy shohlik dunyomizda topiladiganlardan o'zgacha bo'lgan mukofot va huquqlarga hurmat bilan bosh qoidalar orqali boshqariladi.

Biz dunyomizda mehnatimizga, qobilyatlarimizga va vaqtimizga ko'ra ish haqimizni olamiz. Lekin jannatda, agar har bir kishi Xudoning shohligiga kirish uchun Uning chaqiruviga kelishga tayyor bo'lsa, ular bir hil narsani oladi. Xudoning chaqiruvi fikrlarimizning sabablarini yaxshilaydi, chunki bizning huquqimiz Xudoning inoyati va Uning muqaddas maqsadlarida Unga xizmat qilish uchun ruhsatnomadir. Xudo bilan bizning xuzurimiz yetarli mukofotdir.

Xudo biz Unga tegishli bo'lgan va sajda qiladigan eng buyuk Uyimizdir. Unda bir Uydek bajarish uchun ish bor va xizmatkorlar bu ishni qilishlari kerak. Xudo ishchilar Unga kerak bo'lganlari uchun ishga yollamaydi, balki U ishchilarni dangasalikdan va qashshoqlikdan asrash uchun mehribonchiligidan kelib chiqib ularni ish bilan ta'minlaydi.

Lekin inson fikri Xudoning tuzumlarida bedodlikni topadi. Biz ishonganlar, xizmat qilganlar, Masih uchun azob tortganlar, ibodat qilganlar va boshqalarga qaraganda o'zidan kechishni amalda qilib ro'za tutganlar boshqalardan ko'ra yaxshiroq ulushni olishi kerak va yuqoriroq unvonga sazavor bo'lish kerak deb o'ylashimiz mumkin. Pullarini qurbon qilganlar, ko'p hayir-exson qilganlar, mashaqqat bilan kasallarga xizmat qilganlar va havf-hatarda Isoning ismi haqida dalolat keltirganlar ismlarimiz osmon cho'qqisigacha ko'tarilishi kerak deb o'ylashlari mumkin.

Lekin Iso to'lov va mukofot haqida bu insoniy sanoqlarni to'liq o'zgartirgan. Tanlov haqidagi fikrlar osmonda g'alaba qozonmayapdi, chunki biz hammamiz gunohkorlar va Xudoning do'stligiga kirishga noloyiqlarmiz. Xudoning xizmatiga chaqirishi faqat qutqarishdagi bizga berilgan inoyat va yorliqdir. Hech kimga Xudoga xizmat qilish uchun ruhsat berilmaydi. Biroq Iso jinoyatchilarni oqlaydi shunda Muqaddas Xudo ularning tavbalari orqali va toza harakatlari orqali ulug'lanishi mumkin. Shuning uchun biz qiyinchiliksiz Otamiz Xudo bilan do'stdek va najoddek Uning inoyatini olamiz. U bizning to'lovimizdir.

Odatdagidek, har kungi ishchilar chaqirilib, oqshomda ularga haqlari berildi. Oqshom payti hisob-kitob vaqti. Hayotimizning oqshomida sanoq tark etilishi kerak, chunki o'limdan keyin hukm keladi.

Yahudiylar nopok G'ayriyahudiylar ustidan ularda tanlov bor deb o'ylashgan, chunki Yozuvlar 1,350 yillar Masihdan oldin ularga e'lon qilingan. Ular Xudo bilan ahdlari tufayli azoblanishgan va mahsus marhamatni, farovonlikni va xalqlar orasida hurmatni kutishgan.

Biroq ular vaxshiy mustamlakachilikni va nafratni boshlaridan kechirishgan. Natijada Iso agar ular tavba qilmasdan mag'rurliklarida davom etaversalar oxirgi bo'lishlari uchun ularga tahdid qilganida va ularning da'vo qilgan tanlovlarini bekor qilganida ular Isodan nafratlandilar. Xudoning xizmatiga kirgan va hayotlarini Shohlar Shohiga bag'ishlagan G'ayriyahudiylar orasidan ba'zi tanlanganlar bo'lganligi haqiqatdir, chunki Ibrohim o'g'illarining ko'plari hali ham dunyoning Qutqaruvchisiga sajda qilishni rad etayotgan etoatsizdirlar.

Biroq, biz imonlilar Ibrohimning oilasining hech biriga qaramasligimiz kerak, chunki bizning imonimiz o'zimizniki emas, balki biz har kuni ruhiy kurashimizda bunga inoyatdek erishamiz. U o'zini kimdir deb o'ylaydi, yiqilmasligi uchun ehtiyot bo'lsin. Biz umidimizni yaxshi ishlarimizga qurmaymiz, balki faqat xochning inoyatiga quramiz. Biz tugatishimizga to'g'ri kelgan, biroq tugatmagan eng foydasiz qullarmiz.

IBODAT: Samoviy Ota, biz Senga bosh egib, hayotimizni Senga topshiramiz, chunki O'g'ling bizni uzumzoringda xizmat qilish uchun chaqirdi. Biz Senga sajda qilishga noloyiqmiz. Gunohlarimiz uchun bizni yo'q qilib yubormaganing uchun Senga rahmat. Biz Seni sevamiz va bizni doimiylik ishga va sodiq xizmatga yetaklashing uchun Sendan o'tinamiz. Do'ztlarimiz muqaddas ismingni ulug'lashda qatnashishlari uchun ularni shohligingning xizmatiga chaqirish uchun bizga yordam ber.

SAVOL:

  1. Masihning mukofotining siri nima?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 06, 2013, at 11:24 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)