Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 176 (Can a Rich Man Enter Heaven)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 3 - ISONING QUDDUSGA BO'LGAN SAFARI MOBAYNIDA IORDAN VODIYSIDAGI XIZMATI (Matto 19:1 - 20:34)

6. Boy Inson Jannatga Kira oladimi? (Matto 19:23-26)


MATTO 19:23-26
23 Iso shogirdlariga: - Sizga chinini aytayin: boy odamning Osmon Shohligiga kirishi qiyin bo'ladi. 24 Yana sizga aytaman: boy odamning Xudo Shohligiga kirishdan ko'ra, tuyaning igna teshigidan o'tishi osondir, - dedi. 25 Shogirdlari buni eshitib, chandon taajublandilar va: - Unday bo'lsa, kim najod topa olar ekan? - deb so'radilar. 26 Iso ularga ko'zlarini tikib: - Odamlarga bu imkonsiz, lekin Xudoga hamma narsa mumkindir, - dedi.
(Job 42:2) (Yoqub 42:2)

Eski Ahdda boylik Xudodan bo'lgan ajoyib marhamatdek hisoblanilgan. Boylik egalari Xudoning irodasi bilan roziliklarining isbotidek ko'rilganlar, holbuki ular kambag'allarni la'natlangan va rad etilganlardek hisoblashgan. Iso boylar boylikni qidiradigan kambag'allardan ko'ra ko'proq gunohkor degan dalilni olib, va boylar tez-tez gunoh qilishlarini ko'rsatib, to'liq bu qoida bilan janjallashdi.

Ularning hammasiga Qutqaruvchi va Uning najodi kerak. U xudojo'ylikning isboti qilib tanaviy boylikni emas, balki Yangi Ahdining asl sevgisini yaratdi. Iso insonlarni Xudo uchun qurbonlik qilishga boshlagan va izdoshlarini ehtiyotkorlik bilan muhtojlarga boyliklaridan berishga yetaklagan. O'zini sevgan va mol-mulkiga yopishib olgan va muhtojlarni sevmaydigan kishi, yuragida bechora kishi bo'lib hisoblaniladi. Biroq Xudoning sevgisi va Masihning qurbonligi siz Iso Masih uchun doim yashashingiz uchun sizni havotiringizdan, hasatdan va g'azabingizdan ozod qiladi.

O'zingiz uchun emas, balki Rabbingiz va sizni boshlaydigan narsalar uchun yashang. Puliga ruju qo'ygan kishi va kelajagini oltinga quradigan kishi ahmoqdir va Xudoning sevgisi haqida e'tiborsizdir, chunki hech kim ham Xudoga, va ham boylikka birdek xizmat qila olmaydi. Agar siz faqat o'zingizni sog'lig'ingiz haqida o'ylasangiz, butparastdan ko'ra yaxshiroq bo'lmaysiz. Bu savol sizning kelajak ishingizni, maoshingizni, boyligingizni va hayot tarzlaringizni o'z ichiga oladi. Siz butparastlarga o'xshab Xudoning mehrini, solihligini va sevgisini ko'rishdan mahrum bo'lishingiz mumkin. Xudo sizga beradigan hamma yaxshi hadyalar uchun qanday qilib siz Unga hamdu-sano aytishdan mahrum bo'lasiz? Agar siz samodagi Otangizni butun yuragingiz bilan sevib, faqat Unga ishonsangiz, sizning minnatdorchiligingiz yuragingizdan oqib chiqishi kerak.

Iso “ignaning teshigi” dek tanilgan shahar devoridagi katta eshik yonidagi kichkina eshik haqida gapirgan. Bu tor eshik tunda ochiq qoldirilgan, chunki bu juda past bo'lgan faqat bir kishi yerga engashib, shu orqali kira olgan. Pulda, sovg'alarda, kuchda va vaqtda har bir boy odam bilan shunday holat bo'ladi. Qanday qilib shunday kishi tor eshikdan kira olardi? Agar siz singan va kamtar bo'lmasangiz va sizda boridan, gunoh va tashvishlaringizdan ozod bo'lmasangiz, siz hech qachon Xudo shohligiga kirolmaysiz. Biroq agar siz kichik, singan va kamtar bo'lsangiz, siz bunga kira olasiz.

Iso yer-yuzida kambag'al, kamtar va hursand bo'lib yashadi. Agar siz Unga ruhsat bersangiz, Muqaddas Ruh boyliklar uchun sizning sevgingizni va xohishingizni buzib tashlab, Isoning tekin qurbonligida qolganingizda dunyoviy hazinalarga bo'lgan sevgisidan sizni qutqaradi. Aks holda fikrlaringiz va hayotingiz har doim boylik butlariga mahliyo bo'ladi. Xudo sizning fikringizni takabburlik va tanaviy narsadan, ruhiy va qurbonlik bo'lgan narsaga o'zgartirishni istaydi. Agar siz Masihga ergashgan bo'lsangiz bu o'zidan-o'zi sodir bo'ladi.

IBODAT: Ey Ota, iltimos meni dunyoning tanaviy bo'lgan narsalaridan ozod qil. Men O'g'linga to'liq bag'ishlanishimga meni o'rgat. Bizni dunyoviy bag'ishlovlarimizdan ozod qilib, biz uchun hayotini bergan O'g'lingning nazir-niyozidagi imon orqali bo'lgan qurbonlikni bizga o'rgat. Sen bizlarni sevasan, shuningdek biz Sening mehrli ismingni ulug'lashimiz uchun in'omlarimizdan foydalanishimiz uchun biz ham Seni va biz bilan a'loqa qiladigan barcha muhtojlarni ham sevaylik.

SAVOL:

  1. Nimaga boy odam uchun Xudo shohligiga kirish deyarli imkonsizdir?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 06, 2013, at 11:25 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)