Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 174 (Christ Loves and Blesses Little Children)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 3 - ISONING QUDDUSGA BO'LGAN SAFARI MOBAYNIDA IORDAN VODIYSIDAGI XIZMATI (Matto 19:1 - 20:34)

4. Masih Bolalarni Sevadi va Marhamatlaydi (Matto 19:13-15)


MATTO 19:13-15
13 Shunda Iso ularning peshonalariga qo'llarini qo'yib duo qilishi uchun, Uning oldiga bolalarini keltirishdi. Shogirdlari yetaklab keluvchilarni koyiy boshlagach, 14 Iso dedi: “Bolalarni qo'yinglar, Mening oldimga kelishlariga to'sqinlik qilmanglar. Zero Osmon Shohligi shundaylarnikidir. 15 Ularning peshonalarini silab, u yerdan jo'nab ketdi.
(Matto 18:2-3, Mark 10:13-16, Luqo 18:15-17)

Ona bolalarini Masihning oldiga Uning marhamatini olish uchun olib keldi. Ularning bolalari har bir yangi tug’ilgan chaqaloqda uning ota bobosidan keladigan gunoh urug’i borligi uchun Masihga yaqinlashishga va Uning duosini olishga haqiqatdan muhtoj edilar. Hech bir bola solih emas, hatto u hali vasvasaga tushmagan bo’lsa ham. Bolaning ko’zida ilk poklikni aybsizlikni va yuragidagi chaqnab turgan quvonchni ko’ramiz, lekin ular boshqasi bilan o’ynaganda xudbinlikning asoratlari ularning jaxllarida, mag’rurlikda va yoqtirmasliklarida ko’rinadi.

Shuning uchun Masih ularga najot kerakligi uchun: “Bolalarni qo’yinglar, Mening oldimga kelishlariga to’sqinlik qilmanglar” – dedi. Inoyat daryosi bolalar dunyosiga bu so’zlardan qanchalik keng oqib chiqadi. Katta imonlilar Yakshanba maktabini ochadilar, onalar bolalari bilani bodat qiladilar va imonli o’qituvchilar bolalarni Najotkorga yetaklaydi. Hamma bolalar Masihning kechirimi va qayta yangilashiga muhtojlar. Masihning inoyatisiz hech bir bola muqaddas emas. Bolalar ularni Masihning sevgisini ko’rishni va his qilishni o’rgatyotganlarga ishona oladilar.

Agar hamma inson Xudoning sevgisini bolalariga ularning bolaligidan boshlab ekkanida Masih ulug'langan bo'lar edi. Onalar Muqaddas Kitobdan bolalariga o'rgatadigan va Masih haqida ularga aytadigan narsa bu barcha diplom va darajalarga qaraganda qimmatroq bo'lgan buyuk hazinadir. Masihga kelish orqali Uni ulug'laydiganlar o'zlarida borini olib kelish bilan Uni ulug'lashlari kerak. Shuning uchun Uning inoyatining hech qachon tugamas, to'liq va to'lib toshayotgan yetib bo'lmas boyligining hurmat e'tiborini Unga bering.

Uyingizni Xudoning So'zi bilan to'ldiring va bolalaringizga Muqaddas Yozuvni o'rgating, chunki Masih O'zining qoni bilan osmon huquqini ular uchun sotib oldi. Masih bizni Xudo bilan yarashtirgandan keyin, endi hamma insonlarning jannatda ulushi bor va hamma Yaratguvchini “Otamiz” deb chaqirishga imtiyozi bor, chunki biz hammamiz bolalarmiz. Agar siz bu imtiyozga yopishib olsangiz bahtlisiz, chunki siz marhamat uchun sizning boshingizga Masihning qo'yayotgan qo'lini his qilasiz.

Shogirdlar bolalarning onalariga tanbeh berdilar va ular shunday inoyat kerak emas deb o'ylab ularni Isoning oldiga olib kelishga qarshi e'tiroz bildirdilar.

Bu Masih shogirdlaridagi eng yaxshisidan ko'ra Undagi sevgi va yumshoqlik biz uchun yaxshi. Kelinglar ular kuchsiz bo'lsalar ham, Masihdan keyin ularning so'rovlariga hech qanday yaxshi qalblarni qo'ymaslikni Undan o'rganaylik. Agar Iso bukilgan qamishni sindirmasa, biz buni sindirmasligimiz kerak. Agar Masihga kelishni izlaydiganlar qarshilik va tanbehga duchor bo'lsalar, ular buni o'zgacha deb o'ylashlari kerak. Asosan bu ular bilgandan ko'ra Masihning fikrini yaxshiroq bilamiz deb o'ylaydigan yaxshi odamlardan keladi.

IBODAT: Samoviy Ota, biz Senga rahmat aytamiz chunki Sen bizni bolalarim deb atading va O'g'ling saqlab olishning o'lim huquqi orqali bizni olib keldi. Biz ularga qoqilish to'sig'i bo'lmasdan balki Sen tomon boshlaydiganlar bo'lishimiz uchun so'z va harakatimiz orqali a'loqa qiladiganlar bilan hamma bolalarga bu yorliqni joylashtirishni bizlarga o'rgat. Biz Sendan onalar va ustozlarni Sening Otalik Muqaddas Isming haqida donolik va samimiylik bilan bolalarni o'rgatishlari uchun ularni ruhlantiramiz.

SAVOL:

  1. Bolalar nima uchun Isoning oldiga kelishlari kerak?

SAVOL-JAVOB 7

Aziz kitobxon,
bu kitobchadagi Mattoga ko'ra Masih Xushxabaridagi bizning izoxlarimizni o'qib chiqib, endi siz quydagi savollarga javob bera olasiz. Agar siz quydagi savollarning 90% javob bersangiz, biz sizga ta'limotingiz uchun bu kitobchaning keyingi qismlarini yuboramiz. Iltimos to'liq ismingizni va manzilingizni javob varog'iga yozib qo'yishni unutmang.

  1. Iso qanday qilib G'ayriyahudiylarni itlarga o'xshatdi
  2. Masih nima uchun kasallarning barcha turlariga shifo berdi?
  3. Iso nimaga va qanday qilib to'rt ming kishi va ularning oilalari uchun non va baliqlarni ko'paytirdi?
  4. Nima uchun Masihning Buyuk tirilishi Uning ilohiyligining ajoyib hodisasi?
  5. Biz nima uchun farziylar va Sadduqiylarning xamirturishidan ehtiyot bo'lishimiz kerak?
  6. Butrusning “Sen Masih, tirik Xudoning O'g'lidirsan” deb aytadigan guvohligi nimani anglatadi?
  7. Jamoatning paydevori va jannatga bo'lgan kalit nima?
  8. Iso Butrusni “Shayton!” deb aytish bilan nima demoqchi bo'lgan?
  9. O'zidan kechish va o'z xochini ko'tarib yurish nimani anglatadi?
  10. Biz qanday qilib haqiqiy hayot kechira olamiz?
  11. Bizning savob ishlarimiz nima uchun bizni qutqara olmaydi?
  12. Biz Inson O'g'lining kelayotgan hukmidan qanday qilib qochamiz?
  13. Iso nima uchun hukm uchun kelishi haqida izdoshlarini ogohlantirdi?
  14. Masihning nima uchun faqat bir necha shogirdlari oldida qiyofasi o'zgardi?
  15. Yahyo va Ilyos payg'ambar o'rtasidagi bog'liqlik nima?
  16. Iso shogirdlari bu boladan yovuz ruhni chiqara olmaganliklari uchun qanday qilib ularga tanbeh berdi?
  17. Masihning xizmatkorlariga Xudo kuchining oqib chiqishining siri nima?
  18. Shogirlar nima uchun hafa edi va Iso o'limi haqida ularga aytganiga nima uchun Unga rahmat aytmadilar?
  19. Iso qanday qilib U Inson O'g'li va Xudo O'g'li ekanligini e'lon qildi?
  20. Mag'rurlik nima uchun jamoatga eng buyuk zarar keltirgan havf hisoblaniladi?
  21. Iso ularning orasiga qo'ygan bola haqidagi va'zidan biz nimani o'rganamiz?
  22. Kichiklarga nisbatan samoviy Otaning xohishi nima?
  23. Agar jamoatda to'g'irlash kerak bo'ladigan birodar bo'lsa unga qo'llanadigan uchta qadamlar qaysilardan iborat?
  24. Masih oramizda qachon bo'ladi?
  25. Do'stlarimizni va qarindoshlarimizni har kuni necha marta kechirishimiz kerak?
  26. Nimaga va qanday podshoh rahmsiz xizmatkorini kechirdi?
  27. Nimaga biz dushmanlarimizni sevishimiz kerak?
  28. Masihiy nikohida muhim qoidalar qaysilar?
  29. Iso ajrashish to'g'risida nima deydi?
  30. Osmon Shohligiga xizmat uchun turmush qurmaslik ahdining ma'nosi nima?
  31. Bolalar nima uchun Isoning oldiga kelishlari kerak?

Biz siz abadiy hazinani olishingiz uchun Masihning imtihonini va Uning Xushxabarini biz bilan bajarishingiz uchun sizni rag'batlantiramiz. Biz sizning javoblaringizni kutyapmiz va siz uchun ibodat qilyapmiz. Bizning manzil:

Waters of Life
P.O.Box 600 513
70305 Stuttgart
Germany

Internet: www.waters-of-life.net
Internet: www.waters-of-life.org
e-mail: info@waters-of-life.net

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 06, 2013, at 11:25 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)