Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 168 (Infinite Forgiveness)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
D - IMONSIZ YAHUDIYLAR VA ULARNING ISOGA BO'LGAN HASISLIGI (Matto 11:2 - 18:35)
4. XUDO SHOHLIGINING AMALIY QOIDALARI (Matto 18:1-35) -- MASIH SO'ZINING TO'RTINCHI YIG'INDISI

d) Cheksiz Kechirim (Matto 18:21-22)


MATTO 18:21-22
21 Shu vaqtda Butrus kelib Isoga: “Rabbim, - dedi, - agar birodarim menga qarshi gunoh qilsa, men necha marta uni kechirayin? Yetti marta kechsam yetarmi?” 22 Iso unga dedi: “Senga yetti marta emas, balki yetmish karra yetti marta, deyapman.
(Ibtido 4:24, Luqo 17:4, Efesliklarga 4:32)

Butrus imonlilar birligidagi imonda, ibodatda Masih va’dasining buyukligini tan oldi. Shu bilan bir paytda u qo’rqdi, chunki xar bir birodarlar uyushmasi ko’p muammolar va nato’gri maqsadlarga duch keladi. Albatta Masih izdoshlari orasida tushunmovchiliklar bo’ladi. Ular bir birlarini haqorat qilishlari mumkin. Ular orasida tushunmovchiliklar bo’lishi mumkin. Boshqalar ularni xurmatsizlarcha munosabat qilganlaridek ular o’ylamasdan juda tez hukm qiladilar.

Bizga nisbatan qilingan birodarlarning nato’g’ri harakatlarini sanash yaxshi emas. Biz kechiradigan ko’p hafagarchiliklarni saqlash yomon tabiati bor. Hammasini hisoblovchi Xudo, chunki U Hakam va qasos Unikidir. Qutilib qolish uchun ko’p hollarda hafagarchiliklarni hisobga olishdan voz kechish juda muhimdir. Kechirim va unitish. Xudo kechirimini ko’paytirganda biz ko’paytirmaylikmi. Biz kechirimni doimiy mashq qilishimiz va toki har kungi odatimizga aylanmaguncha o’zimizni o’rgatsak bu bizni yanada birlashtiradi.

Butrus Masihga ergashish orqali qanday kechirimda mashq qilishni o’rgandi. U birodarini sonlar to’planmasi bo’lmish etti marta kechirishga tayyorlandi. Butrus o'zaro kechirim do'slikni saqlash uchun yagona yo'l ekanini bilar edi. Shuning uchun yetti marta kechirimni gapirish bilan shogirdlarga yaxshi misol bo'lishga tayyorlangan. Lekin Iso unga Masihiy sevgining buyukligini ko'rsatdi. Yetti marta kechirish yetarli emas, balki imonlilar kunda birodarlarini 490 marta kechirishlari kerak. Bu o'lchovsiz, va chegaralanmagan kechirimni anglatadi. Kechirim, sevgi va kechirish buyukdir.

Bir singlisidan hafa yosh imonli bor ekan chunki u qizcha doimo uning o’yinchog’ini buzar ekan. Iso uchun u singlisini 490 marta kechirishga qaror qilibdi, lekin undan ko’p emas. U singlisini hatolarini sanashni boshlabdi va uning kechirimlari 100 taga ham yetib bormabdi. Kuzatuvlar oxirida aka kechirishni va uzr berishni o’rganibdi. U rivojlanib borgan bu ruhiy mashqni, samoviy odatni hech qachon tashlamaydi. Sizga qilingan jarohatlarni kechirishni sizni ham doimiy mashig’ingiz qilib oling va ikki tomonlama kechirim jamoatni saqlanish yo’li bo’lgani uchun Rabbingizdan ularni xursandchilik bilan kotara olishingizni so’rang.

Sizni hafa qilishganda birodaringizni har doim hatolar qiladi deb o’ylamang. Har bir muammoda har doim ayb bir tomonda emas, aksincha odatta ikkala tomonda hamdir. Shuning uchun o’zingizni birinchi bo’lib egishga o’rgating va sevgida qonun amalga oshgani uchun sizni hafa qilgan odam sizni qanday kechirishini xohlasangiz shuday uni kechiring.

IBODAT: Otamiz Sendan minnatdormiz chunki Sen bizni Muqaddas Ruh Birligida Sening birodarlik birligiga taklif qilding. Senning O’g’ling bizni shayton qulligidan sotib oldi shuning uchun biz birodarlarimizni hatolarini kechiramiz, seva olamiz, qayg’ura olamiz va Sening ismingda haqiqiy sevgida qilingan ibodatga javob berilishi uchun Sening Muqaddas Ruhing boshqaruvida ular uchun ibodat qilamiz. Bizni hafagarchilarning qatnashchisi bo’lishdan asra, Sen sevganingdek biz ham bir birimizni sevaylik.

SAVOL:

  1. Do’stlarimizni va qarindoshlarimizni xar kuni necha marta kechirishimiz kerak?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 06, 2013, at 11:03 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)