Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 164 (Disciples’ Pride and the Children’s Humility)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
D - IMONSIZ YAHUDIYLAR VA ULARNING ISOGA BO'LGAN HASISLIGI (Matto 11:2 - 18:35)
4. XUDO SHOHLIGINING AMALIY QOIDALARI (Matto 18:1-35) -- MASIH SO'ZINING TO'RTINCHI YIG'INDISI

a) Shogirdlarning Mag'rurligi va Bolalarning Kamtarligi (Matto 18:1-14)


MATTO 18:5-9
5 Kim shunday bir bolani Mening nomimdan qabul qilsa, Meni qabul qilgan bo'ladi. 6 “Kimki Menga ishongan bu kichiklardan birontasini yo'ldan ozdirsa, uning bo'yniga ulkan tegirmon toshini osib dengiz chuqurligiga cho'ktirilishi u uchun yaxshiroq bo'lar edi. 7 Vasvasalar dastidan bu dunyoning holiga voy! Vasvasalar kelishi shaksizdir, lekin kim orqali kelsa, o'sha odamning holiga voy! 8 Agar qo'ling yoki oyog'ing seni yo'ldan ozdirsa, uni kesib tashla. Senga ikki qo'lu ikki oyog'ing bilan abadiy o'tga tashlanishdan ko'ra, mayib yoki cho'loq bo'lib abadiy hayotga erishganing yaxshiroqdir. 9 Agar ko'zing seni yo'ldan ozdirsa, uni o'yib tashla. Senga ikki ko'zing bilan o'tli jahannamga tashlanishdan ko'ra, bir ko'z bilan abadiy hayotga erishganing yaxshiroqdir.
(Matto 5:29-30; 10:40, Mark 9:42-47, Luqo 17:1-2)

Masih bolalarni sevadi, U ularning o'ylagan yaxshiliklari uchun emas, balki ularning qalblari Uning har bir ta'limiga, misoliga va boshqaruviga ochiq bo'lgani uchun sevadi. Bolalar hamma insoniyat kabi gunohkor, o'jar va mag'rurliklari aniq, ammo ular sevgini va haqiqatni ishlatishadi va ular sog'lom oilaning qoniqarli hududidan zavqlanishadi. Kimki yetimni boqib olsa yoki muhtoj bolani qabul qilsa, Masihni qabul qilgan bo'ladi! Kichiklarga tushunarli so'zlar va oddiy iboralar bilan najodni o'rgatadigan kishi ularning yuraklariga osmon urug'ini ekadi. Biz ko'plab yetim qolgan bolalar Masihdagi ota va onalarning qaramog'iga qaytishlariga sabab bo'lgan bu yagona va'da uchun Masihga rahmat aytamiz. Bunday shavqatli va'dadan oqib chiqayotgan marhamatlar qanday ajoyib!

Bolani gunohga boshlaydigan kishining holiga voy. Yolg'on harakat kelajakda minglab gunohda natija topadi. Shunday harakat qiladiganlar bular Xudo eng achchiq jazoni tayyorlagan yovuz kishilardir, chunki ular kichiklarga yomon misol edilar. Agar ularning bo'yinlariga tegirmon toshi osilganda va dengizga otilganda uni gunohga, do'zaxga va abadiy harobalikka boshlagandan ko'ra yaxshiroq bo'lgan bo'lar edi.

Kichiklarga qanday mehr ko'rsatilsa, Masih O'ziga qilingandek hisoblaydi. Kimki kamtar va beozor imonliga do'st bo'lib, unga yaxshi xizmat qilishni izlab va buni Masihning ruhi va nimadir qilsa va u uchun g'amho'rlik qilsa, Masihning marhamatini oladi. Biz buni qilishimiz kerak chunki biz Masih orqali asranib, Uning suratini olamiz.

Kamtar kishi Masihni Uning jamoati har bir a'zoga, faqat o'smirlarga emas balki hamma bolalarga ham tarqalishini o'ylaydi. Kichikroq jamoat a'zolari o'zlariga xizmat qilishni izlashadi, ko'proq Masih ulug'lanadi.

Haqiqatdan ham, hammamiz hukm qilinganmiz chunki biz tez-tez bolalarga yomon misolmiz. Hamma iflos kinolar va uyatli jurnallar uchun javobgardir. Bu vasvasalar tufayli barcha jamiyat kichiklarga yomon hulq bo'ladi. Biz maktabda va uyda bolalarni poklashda javobgarligimizga be'e'tibor bo'lolmaymiz.

Biz boshqalarni yiqilishiga sabab bo'lmasligimiz uchun Masih bizdan Muqaddas Ruhning kuchi bilan o'zimizni poklashimizni so'raydi. Bu tana va qalbni poklash uchun ruhiy kurash mobaynida, shogirdlar turli hil vasvasalardan qochish uchun qo'l va oyoqlarini kesishmagan, balki Masihga tanava onglarini bag'ishlaganlar. Ular o'zlarini samoviy Otalarining boshqaruviga bolalardek topshirishgan. Shunda ular yo'qolgan va tavba qilganlarni sevadigan Xudoning farishtasi orqali himoya qilinganlar.

IBODAT: Samoviy Ota, biz Senga sajda qilamiz chunki Sen bizning Otamizsan, kunu tun biz haqimizda qayg'urasan. Biz Sendan boshqaruvingga bo'lgan ishonchimizni kuchaytirishingni so'raymiz va biz bolalarga yomon misol yoki ular uchun gunohga sabab bo'lib qolmasdan balki muqaddaslikda yurib kichiklarni Senga boshlash uchun bizni kamtar saqlashingni so'raymiz. Agar biz so'zimizda yoki harakatimizda nopokligimiz tufayli yoki yovuz harakatlarimiz orqali kimgadir yomon fikrlashga sabab bo'lgan bo'lsak, kechirimingni so'raymiz. Rabbiy, biz ularga qarshi gunoh qilganlarni saqla va biz tufayli boshqalarni buzmasliklari uchun tavba qilish uchun ularga inoyatni ber.

SAVOL:

  1. Iso ularning orasiga qo'ygan bola haqidagi va'zidan biz nimani o'rganamiz?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 06, 2013, at 10:57 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)