Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 163 (Disciples’ Pride and the Children’s Humility)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
D - IMONSIZ YAHUDIYLAR VA ULARNING ISOGA BO'LGAN HASISLIGI (Matto 11:2 - 18:35)
4. XUDO SHOHLIGINING AMALIY QOIDALARI (Matto 18:1-35) -- MASIH SO'ZINING TO'RTINCHI YIG'INDISI

a) Shogirdlarning Mag'rurligi va Bolalarning Kamtarligi (Matto 18:1-14)


MATTO 18:1-4
1 Shu kez shogirdlar Isoning oldiga kelib: - Osmon Shohligida kim buyuk? - degan savolni berdilar. 2 Iso yoniga bir bolani chaqirib, uni o'rtalarida turg'izib: 3 - Sizlarga chinini aytayin, - dedi. - Agar siz yo'lingizdan qaytib bolalardek bo'lmasangiz, osmon shohligiga sira kirolmaysizlar. 4 Shunday qilib kim bu bola kabi o'zini past olib yursa, osmon shohligida eng buyuk bo'ladi.
(Matto 19:14, Mark 9:33-37, Luqo 9:46-48)

Jamoatdagi buyuk muhimlik tufayli havoriy Matto Iso Masihning to'rtinchi nutqiga kirishdek bu hodisani qo'ydi. “Jamoatda eng buyuk kim?” bu savol hali ham bugunlik kunda oqsoqollar tomonidan munozara qilinadi. Yovuz ruh yolg'on va ayyor yo'llari bilan Xudo shohligidagi oqsoqollar orasida o'zining gunohining ruhlarini tarqatishga harakat qiladi. Ular sevgi va kamtarlikni qoldirib, vasvasaga tushadilar, va oralarida janjallar boshlanadi va qo'ylar tarqab ketadi.

Mag'rurlik va kamtarlik o'rtasidagi bu vasvasaning vaqti ko'tarilish uchun shogirdlar orasida yuksalish kurashi bo'lgan. Ular o'zlarining oralarida “Osmon shohligida kim eng buyuk?” deb aytib yurdilar (chunki ular birinchi Isodan so'rashga uyalishgan edi). Ular yuksalish uchun qanday inoyat va burchlarni bilish uchun hislat orqali “kim” ni emas balki nom orqali “kim” ni anglatganlar. Ular ko'p o'rganishgan va bu dunyodagi Masih jamoat, Uning shohligi va osmon shohligi haqida ko'p voizlik qilganlar. Lekin ular buning ruhiy haqiqatidan uzoqda edilar. Ular buning kuchini, tashqi urf-odati va dunyoviy shohligi haqida orzu qilishgan. Masih O'zining azoblarini va qayta tirilgandan keyin keladigan ulug'vorlik haqida oldindan aytdi. Ular Isoning payg'omidan yerda Uning shohligi boshlanadi deb kutishgan. Endi ular bu ularning joylari uchun bunda harakat qilish uchun vaqt deb o'ylashgan. Shunday tarzda erta gapirish yaxshi bo'lar edi!

Shogirdlar muhim holatlarni kim olishini ko'rishga harakat qildilar. Butrus hardoyim bosh gapiruvchi edi va unga berilgan osmonning kalitlari unda edi. U eng buyuk bo'lib, boshqaradigan Prezident bo'lishni kutgan. Yahudoning to'rvasi bo'lgan va shuning uchun u o'zini eng kuchlidek bo'lishga umid qiladigan moddiy tomondan xizmatkor bo'lishni kutgan. Yuhanno suyukli shogird edi, kelajak Shohining yoqtirgani bo'lgan va shuning uchun u eng buyuk bo'lishga umid qilgan. Idris birinchi chaqirilganlardan edi, shunday qilib nima uchun u boshqalar ustidan afvzal bo'lmasligi kerak?

Ko'plar eshitishni va yutug' va ulug'lik haqida gapirishni sevishadi va ular qiyin ishda va qiyinchiliklarda o'zlarini aralashtirishni xohlashmaydi. Ular tojga shuncha ko'p qarashadi, jabrni va xochni unutib qo'yishadi. Shogirdlar “Osmon shohligida kim katta?” deb so'rashganda shu yerda edilar.

Odatda gunoh hurmat, hokim, boylik va chiroy uchun insonning xohishida nomoyon bo'ladi. Biz hammamiz Shaytonning gunohi – mag'rurlik orqali vasvasaga solinamiz. Bu ruhiy kasallikni yengish uchun, Masih insonlarning orasida kichik bolani o'rnatdi. Iso Otadagi kamtarlik va ishonch Shaytonning maqsadiga qarshi ekanini ular tushunishlari uchun bu bolaning begunohligi haqidagi misolga ergashishlarini so'radi. Bola tabiattan yosh, muhtoj va kuchsiz bo'lgani kabi, biz ham shundaymiz. Bola barcha tashvish va azoblar uchun otasining himoyasi va qayg'urishidan foydalangani kabi, biz ham xuddi shu yo'lda Xudodan foydalanishimiz kerak. Agar biz Masih orqali biz uchun tayyorlab qo'yilgan qonuniy samoviy asranishga kirmasak, hech qachon osmon shohligiga kirmaymiz. Iso Otasining otaligiga to'liq suyanish uchun sizni boshqarishga harakat qiladi. Siz Uning ajoyib oilasida bola bo'lishingiz uchun, sevgisining buyukligiga hayotingizni ishonib topshiring. Bu asranishning yutug'ini kamtarlik va yuvoshlik orqali tushuniladi. Iso beozorlarni duo qilgan, chunki ular yer-yuziga ega bo'lur.

Shogirdlar osmon shohligida kim eng buyuk deb so'raganlarida, Masih ular nima so'rayotganliklari haqida o'ylashlari uchun ularga tanbeh berdi. Ular o'zlarini “eng buyuk” bo'lish haqida qiziqishgan. Masih ularga agar ular fikrlarini o'zgartirmasalar, ular hech qachon bunga kirmasliklarini ularga aytadi.

IBODAT: Ey Muqaddas Xudo, biz Seni ulug'laymiz chunki O'g'ling Iso kamtarlik bilan yashadi, va U bizni O'zining suratiga o'zgartirishni istaydi. Biz hech qachon o'zimizni ko'rsatish uchun izlamasdan yoki mag'rur bo'lmasdan balki sodiqlik bilan xizmat qilishimiz uchun vasvasadan bizni qutqar, chunki ismimiz Hayot Kitobiga yozilgan. Mag'rurligimiz uchun bizni kechir va O'zingni yumshoq va shavqatli Ruhing bilan bizni moylagin.

SAVOL:

  1. Mag'rurlik nima uchun jamoatga eng buyuk zarar keltiryotgan havf hisoblaniladi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 06, 2013, at 10:55 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)