Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 157 (Transfiguration of Jesus)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
D - IMONSIZ YAHUDIYLAR VA ULARNING ISOGA BO'LGAN HASISLIGI (Matto 11:2 - 18:35)
3. Isoning Xizmati va Safari (Matto 14:1 - 17:27)

m) Isoning Tog'da O'zgarishi (Matto 17:1-8)


MATTO 17:1-8
1 Oradan olti kun o'tgandan keyin Iso tanho Butrus, Yoqub va uning ukasi Yuhannoni yoniga olib, baland bir toqqa olib chiqdi. 2 U yerda, ularning ko'z o'ngida Isoning qiyofasi o'zgarib ketdi. Uning yuzi quyoshdek porlab, kiyimlari esa nurday oppoq tus oldi. 3 Birdaniga ularga Muso bilan Ilyos payg'ambarlar ko'rinib, Iso bilan suhbatlashayotganday tuyuldi. 4 Buni Butrus ko'rib, Isoga: - Rabbim! Bizlar uchun bu joy juda yoqyapdi. Agar istasang shu yerda uchta chayla quraylik: birisi Senga, birisi Musoga, birisi Ilyosga... 5 U gapini tugatmasdanoq, nur yog'ilib turgan bir bulut ularni qoplab oldi. Bulut ichidan esa bir ovoz keldi: - Bu Mening Sevikli O'g'limdir, Undan mamnunman. Unga quloq solinglar! 6 Shogirdlar buni eshitgach, vahmaga tushib, yerga yuz tuban yiqildilar. 7 Iso esa kelib ularga qo'l tekkizdi-da: - Turinglar, qo'rqmanglar! - dedi. 8 Ular boshlarini ko'tarib, yolg'iz Isodan boshqa hech kimni ko'rmadilar.
(Matto 3:17, Mark 5:37; 9:2-13, Luqo 8:51; 9:28-36, Rimliklarga 1:16, 2 Butrus 1:16-18)

Isoning sinalishi, o'limi va o'zlaridan kechish haqidagi ta'limotining yangiliklari tufayli zarbadan azoblanishlaridan keyingi olti kun Iso shogirdlarini tark etdi. Ularning dunyoviy umidlari olib tashlandi, va ular quvg'inga o'zlarini tayyorlashlariga to'g'ri keldi. Iso ularning uchtasini tanlab oldi va ibodat qilish uchun ularni Toqqa boshladi. Iso ibodat qilayotganda, Uning yuzi o'zgardi. Uning yuzi quyosh kabi porlayotgan edi, chunki bu niqob Uning ilohiy tabiatidan olingan edi. Uning barhayot ulug'vorligi ko'rinarli bo'ldi. Bu o'zgarish U ibodat qilyotganda sodir bo'ldi. Shunda shogirdlari o'lim orqali yengib bo'lmaydigan Isoning hayotini haqiqatini tushundilar. Iso shogirdlari ulug'vorlikda ko'tarilishga va'dasiga amin bo'lishlari uchun ular oldida O'zini o'zgartirdi.

Imon orqali Xudoning chiroyini sezadiganlar faqat hayotlarining hamma kunlarini u yerda kechirishni istashadi. Xudoning muqaddas huzurida joy olish yaxshi – xuddi qorong'ulikda yo'qolgan darbadardek emas, yoqtirgan uyingizning qulayliklaridagidek Xudoning muqaddas joyidagi doimiy uydir.

Masih azoblari haqida oldindan aytib berdi va shogirdlariga xuddi shu narsalarni kutishlarini aytdi. Butrus buni unutadi, yoki buni to'xtatish uchun qiyinchilik yo'lidan, ulug'vorlik tog'ida chodirlarni qurishni istaydi. Butrus haligacha shunday deb turib oladi, “Ustoz, O'zingni ozod qil,” hatto u bu uchun tanbeh olgan bo'lsa ham.

To'satdan, Iso bilan Muso va Elisha ko'rindi. O'liklar aziz muqaddaslikning chiroyida va ulug'vorlikda yashashadi, fikr yuritishadi, gapirishadi va Xudoga xizmat qilishadi. Bu ajoyib ko'rinish Muso Qonunining Rabbiysi va barcha payg'omlarning to'liqligi bo'lgan Masihni tasdiqlab, uchta shogirdlarining imonini tasdiqladi. Iso G'ayriyahudiylarga va'da etilgan haqiqiy Masih bo'lib, ayibsiz qurbondek o'ldi. Masihning o'limi Eski Ahdning vosetachisi bo'lgan Muso bilan to'la birlikda va Yangi Ahd uchun tayyorlovchi bo'lgan suvga cho'mdiruvchi Yahyoning xabari bilan birgalikda bo'ldi. Bu Xudoning O'zi o'lish uchun O'g'lini xohlagan dalilga ularni boshlaydi, chunki hech kim Masihning to'lovisiz Uning ulug'vorligiga kirmaydi.

Muso va Elisha buyuk insonlar va Osmonning suyuklilari bo'lganlar, biroq ular ruhiy qullar va Xudo hardoyim ham bu bilan mamnun bo'lmaydigan xizmatkorlar bo'lishgan. Muso nodonlarcha gapirgan va Elisha ehtiroslarga berilgan kishi bo'lgan. Lekin Masih “O'g'ildir” va Xudo har doyim Undan mamnun bo'lgan. Muso va Elisha ba'zan Xudo va Isroil o'rtasida yarashish uchun asbob bo'lishgan. Muso buyuk iltijochi bo'lgan va Elisha buyuk ogohlantiradigan payg'ambar bo'lgan. Xudo Masihda dunyoni O'zi bilan yarashtiryapdi. Isoning iltijosi Musoning iltijosidan ko'ra kengroqdir va Uning o'zgaruvi Elishanikidan ko'ra ta'sirliroqdir.

Butrus Masihning ulug'vorligining huzurida porloq ruhlari bilan bu uchrashuv uchun hamma insonlarning xohishini ifodalab berdi, chunki biz hammamiz osmonda Xudo bilan yashashga intiqamiz. Bu bizning yuragimiz shivirlashishidir. Butrus o'zini va do'stlarini umuman unutib, ulug'langan oqsoqollar uchun qurilyotgan xonalar orqali osmonga yopishib olishni istadi. U o'zida emas edi chunki Xudoning ulug'vorligi hamma tushunchani yaxshilaydi.

Xudo nur, hayot va himoyaning to'liq ulug'vorligining buluti bilan ota-bobolarni o'rab olgan. Biz Muqaddas Xudoning huzurining qo'rquvi uchun muk tushib, Unga sajda qilishimiz uchun agar Xudoning sevgisi xalqimizni o'rab olsa qanday ajoyib bo'lar edi. Biz Iso Masih tanada bo'lgan Xudoning sevgisi ekanini samoviy Otamiz e'lon qilayotgan ovozni eshitar edik. Xochga bo'lgan Masihning yo'li bu dunyoni qutqarish uchun Xudoning rejasidir. Ota O'g'li bu dunyoni O'zining o'limi orqali qutqarishi uchun Uning itoatkorligidan mamnun bo'ldi.

Xudoning ovozi ajablanib turgan havoriylarning yuraklariga kirib bordi. Lekin Masih shogirdlarini quchoqlab, ularni yana ko'tardi. Uning so'zini eshitadigan kishi gunohlari uchun o'ladi, lekin solihlik uchun yashaydi. Dunyomizdagi porlayotgan hamma nurlarni unutaylik, va dunyoning haqiqiy nuri bo'lgan Isodan boshqa narsani ko'rmaylik. Uni ko'rdingizmi? U sizning hayotingizning nazari bo'lgan yuragingizning markazimi?

Muso qonuni bilan va Elisha payg'omli e'lonlari bilan boshqacha, Masih abadiy kutadi. Bizning dunyoviy boshqaruvchimiz ketadi, lekin Iso Masih kechagidek, bugun va abadiy shunday qoladi (Ibroniylarga 13:7-8).

IBODAT: Samoviy Ota, biz tanlangan shogirdlar oldida Isoning o'zgaruvi uchun va Uning haqiqiy ulug'vorligida Najodkor bo'lib ko'ringan qiyofasi uchun Seni ulug'laymiz. Biz Unga rahmat aytamiz chunki U O'zidan kechib, Musoning Qonunidagi va'dangni va payg'ambarlarning vahiysini bajarib biz uchun o'ldi. Biz Uning to'liq itoatkorligiga o'zgarishimiz uchun, atrofimizdagi odamlarga najodingni taqdim etishimiz uchun va yuraklarimizga suratingni bosishimiz uchun faqat O'g'ling Isoni ko'rish uchun bizga yordam ber. Biz Senga hamdu-sano aytamiz chunki Masih o'limi orqali bizni gunohdan ulug'vorlikka tortdi.

SAVOL:

  1. Masihning nima uchun faqat bir necha shogirdlari oldida qiyofasi o'zgardi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 06, 2013, at 10:47 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)