Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 151 (Jesus First Prediction of His Death and Resurrection)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
D - IMONSIZ YAHUDIYLAR VA ULARNING ISOGA BO'LGAN HASISLIGI (Matto 11:2 - 18:35)
3. Isoning Xizmati va Safari (Matto 14:1 - 17:27)

l) Iso Birinchi O'limi va Tirilishi haqida Aytishi (Matto 16:21-28)


MATTO 16:21-23
21 Shu vaqtdan boshlab, Iso shogirdlariga O'zining Quddusga borishi, oqsoqollar, oliy ruhoniylar va ulomolar qo'lida ko'p azob chekib, o'ldirilishi, uchunchi kuni esa tirilishi kerakligini oshkor etadigan bo'ldi. 22 Butrus Uni chetga olib ta'na qila boshladi: - Xudo hayringni bersin, Rabbim! Bu narsalar Sening boshingga tushmas, - dedi. 23 Iso esa Butrusga qarab: - yo'qol ko'zimdan, shayton! - dedi. - Sen Meni yo'ldan uryapsan, chunki sen Xudoning ishlarini emas, balki inson ishlarini o'ylayapsan.
(Matto 12:40, Mark 8:31-33, Luqo 9:22, Yuhanno 2:19)

Butrusning mashxur tan olishidan keyin, Iso siyosiy Masihiy holatni o'rnatadigan va dunyoning hamma shohliklarini boshqaradigan, shogirdlarining yuraklarida yashiringan umiddan ularni ozod qildi. Iso ularga Uning xalqi Undan bosh tortishini, va Yahuduy oqsoqollari Uni rad etib, Unga qarshi ig'vo qilishlarini aytdi. Iso qattiq azoblanib, daxshatli yo'l bilan o'lar edi. Uning o'limi bo'sag'ada edi va shogirdlarning dunyoviy umidlari va kutishlari natijasiga yetishiga to'g'ri kelgandi.

Bu vaqtdan Masih O'zining azoblari haqida ochiqchasiga gapirishni va oldindan aytishni boshladi. Iso “Bu ma'bad buziladi” va “Inson O'g'li ko'tariladi” deb gapirganda, U allaqachon azoblarining ba'zi belgilarini bergan edi. Lekin endi buni keng yoyib ko'rsatishni boshladi. Bundan oldin, U bu haqida gapirmagan edi, chunki shogirdlar kuchsiz edilar va shunday g'alati va hafa narsalar haqidagi e'lonni ko'tara olmas edilar. Endi ular bilimda komilroq va imonda kuchliroq bo'ldilar, Iso haqiqatni ularga aytishni boshladi. Masih asta-sekin xalqiga fikrini ochib beradi va agar buni ular ko'tara olsa nurda buni qabul qilish uchun loyiq bo'lishga ruhsat beradi.

Bu vahiy to'ydagi bombaga o'xshar edi. Butrusning Masih Xudoning O'g'li degan shahodatidan keyin va Isoning bu nom haqida ikkilanishsiz qabulidan keyin, shogirdlar Rimliklar ustidan siyosiy zafar haqida Masih boshqarishini o'yladilar. Lekin ular Masihning azoblarining vahiysidan va Iso ularga e'lon qiladigan taqdirdan esankirab qoldilar.

Iso payg'omini davom ettirdi va ularga O'zining qudratining sirlarini va g'alabasining buyukligini ko'rsatdi. U boshqa insonlar kabi o'lmaydi balki haqiqatdan ham o'limdan tirilib, shohligining haqiqatligi haqidagi ta'limi aniq ko'rinishi uchun tanaviy nomoyon bo'ladi.

Masihning ulug'vorligi yashiringan edi, va Uning ruhiy rejalari insonlarning onglariga ossonlikcha ko'rinarli emas edi. Butrus Isoning azoblarining muhtojligini tushunmadi, chunki u xalqining qolganlaridek Masih Xudoga bo'lgan yagona yo'l kabi insonlar uchun o'limining to'lovini tushunmagan. Iso Xudoning O'g'li va Masih degan tan olish osmonning kalitidir. Masih osmonga yetib borish uchun qo'yiladigan kalitga eshik bo'lgan xochni ochib berayotgan edi.

Butrus Isoni chekkaga oldi. U hafa va havotirda edi. Hatto Butrus Uni “Rabbiy” deb atagan bo'lsa ham, u Isoga shunday deb ifodalab Unga tanbeh berishni boshladi: o'lim haqida o'ylash Sen uchun mumkin emas; biz Sen bu dunyo ustidan g'alaba qozonishinga ishonamiz, shuning uchun Sen qanday qilib umidsizlik bilan g'alaba va vayron bo'lish haqida gapiryapsan? Balki Butrus Iso tirilishi haqida gapirgan gapining oxirini diqqat bilan tinglamagan. Butrus Isoning barcha umidini yuvib ketadigan ochiq qabir kabi o'limning chuqurini ko'rdi va u Iso xochga bormasdan balki bundan qochishi uchun zo'rlik bilan Isoga ta'sir o'tkazdirishni istadi.

Shayton allaqachon Isoni cho'lda uch marta vasvasaga solgan edi. Bu vaqt Shayton shogirdlarning gapiruvchisi bo'lgan Butrusni ishlatdi, chunki u Rabbiysi uni duo qilganda mag'rurlanib ketgan edi. Iblis Isoni xoshdan saqlash uchun Butrusdan foydalanishni izlagan edi. Lekin Iso darhol vasvasachining ovozini tanidi va unga qattiq tanbeh berib, “Mening oldimdan ket, Shayton! Sen Xudoning fikrlariga qarama-qarshilikda nato'g'ri insoniy umidlarni olib kelyapsan” deb uni haydadi.

Xochda topilmaydigan har bir fikr qimmatsizdir. Xochni Xudoga bo'lgan yagona yo'l kabi qabul qilmaydigan kishi yo'qolgandir.

Butrusga qarshi bo'lgan bu hukm bizga jamoatning asosi uning insoniyligida yoki uning hislatida topilmasligini balki uning jasur shahodati orqali ishlayotgan Xudoning Ruhida topilishini ko'rsatadi. Iso shogirdlar Xudoning O'g'li o'lish uchun kelganini tushunishlari uchun havoriylarining bilimlarini chuqurlashtirishni va poklashni istadi. Bu Iso biz uchun o'limi orqali shohligini qutqarilgan gunohkorlar bilan qurishi edi, chunki Iso Masihning qonisiz Xudoga bo'lgan hech qanday yo'l yo'qdir.

IBODAT: Xudoning Muqaddas Qo'zisi, biz Senga sajda qilamiz, chunki Sen qulay yoki osson yo'lni tanlamasdan, balki nafratlangan xochning o'limini tanlading. Sen Butrus orqali Shaytonning bir ikkinchi uchun vasvasa ovoziga quloq solmading. Bizni ham insoniycha fikrlashimizdan ozod qilgin va biz yagona xochingda najodni ko'rishimiz uchun va gunohlarimiz ustidan Xudoning zafaridek o'limingni tan olishimiz uchun ko'zlarimizni ochgin. Biz oqlanishimiz uchun Seni o'ylab, o'limingda hursand bo'lishimiz uchun barcha gunohlarimizni kechirgin. Senga ishonganlarning najodi uchun Seni ulug'laymiz. Sevging uchun minnatdorchilikda hayotimizni qabul qil.

SAVOL:

  1. Iso Butrusni “Shayton!” deb aytishi bilan nima demoqchi bo'lgan?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 06, 2013, at 10:41 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)