Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 144 (Great Faith Shown by Humility)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
D - IMONSIZ YAHUDIYLAR VA ULARNING ISOGA BO'LGAN HASISLIGI (Matto 11:2 - 18:35)
3. Isoning Xizmati va Safari (Matto 14:1 - 17:27)

g) G'ayriyahudiy Ayolning Buyuk Imoni uning Kamtarligi tomonidan ko'rsatilgan (Matto 15:21-28)


MATTO 15:21-28
21 Iso u yerdan chiqib, Tir va Sido'n yurtiga ketdi. 22 O'sha tevarakdan kan'onlik bir ayol Isoni qarshilab: - Ey Hazrat, Dovudning O'g'li, menga rahm qil! Qizimni jin juda qattiq qiynayapdi, - deb faryod chekdi. 23 Lekin Iso unga bir og'iz so'z ham javob bermadi. Shogirdlari kelib: - Uni qo'yib yubor, u orqamizdan dodlab yuribdi, - deb Isodan iltijo qildilar. 24 Iso esa javob berib: - Men faqat Isroil xalqining adashgan qo'ylari huzurigagina yuborilganman, - dedi. 25 Shunda ayol yaqinroq kelib: - Ey Hazrat, menga yordam ber! - deb Isoga sajda qildi. 26 Iso: - Bolalardan nonni olib itlarga tashlash yaxshi emas, - degan javobni qaytardi. 27 Ayol: - Xuddi shunday, Hazrat, lekin itlar ham ho'jayinlarining dasturxonidan tushgan ushoqlarni yeydi-ku! - dedi. 28 Iso buni eshitib, ayolga: - Ey ayol, sening ishonching buyuk, sen tilagandek bo'lsin, - dedi. Ayolning qizi esa o'sha zahoti sog'ayib ketdi.
(Matto 8:10, 13; 10:5-6, Mark 7:24-30, Rimliklarga 15:8)

Masih Yahudiy boshliqlarini o'zlarining udumlari bilan Xudoning buyrug'ini bekor qilyotganlari uchun va o'zlarini o'zlari aldayotganlari uchun ularga tanbeh berdi, ular g'azabdan yondilar. Ular Isoni rad etishga, Unga ayg'oqchilik qilishga va Uni yo'q qilish uchun topshirishga Unga qarshi odamlarni va ibodatxonalarning hukmdorlarini boshladilar. Masihning inoyatining ajoyib nonini yegan xalq boshliqlarining qo'rquvi uchun Isodan butunlay ketdilar. Ular Masihni qoldirishdi va ularning nafrati alangalandi.

Bizda shu yerda Kananiyalik ayolning qizidan Masih yovuz ruhlarni haydab chiqargan mashxur hikoya bor. Ajablanarlisi shundaki, bu G'ayriyahudiyga inoyat bilan qaraydi. Bu hikoyada Masihning ular uchun bo'lgan shavqatli mehridir. Iso “O'zinikilarning oldiga kelgan va O'zinikilar Uni qabul qilmagan” (Yuhanno 1:11), G'ayriyahudiygalarga vahiy nuri bo'ldi U (Luqo 2:32).

Masihdan o'zi xohlab qaytadigan kishi Isodagi hech qanday ulushini topmaydi. Iso Lebanondagi gunohkorlar oldiga bordi va xalqini zinokorliklaricha qoldirdi. Ibroniylar Isoga ishonishni boshladilar, chunki Isoni O'zining xalqi rad etgan edi. Savotsiz bu mamlakat ayoli imon bilan kelib, Isoning oyoqlari ostiga o'zini tashladi va Isodan qattiq jinga chalingan qizini sog'aytirishini so'radi. Iso bu ayolga hech qanday so'z aytmadi. Shogirdlar yordam uchun bu ayolning so'rovini yoqimsizdek hisobladilar, shuning uchun ular Rabbiylarini bu ayolni jo'natib yuborishiga majbur qildilar.

Bolalarning azob-uqubatlari ota-onalari uchun muammodir, va ular Shaytonning kuchi ostida bo'lishlaridan ko'ra hech narsa bundan kuchliroq bo'lmasligi kerak. Mehribon ota-onalar o'zlarining tanalari va qonlarining xorliklarini his qilishadi. “Hatto iblis bilan munozarali bo'lsa ham, u mening hanuz qizimdir.” Yaqinlarimizning eng buyuk azob-uqubatlari ular uchun javobgarligimizni bartaraf qilmaydi va shuningdek bular uchun bizning g'amho'rligimizni chetlatolmaydi. Bu uni Masihga olib kelgan oilasining noumidligi va muammosi edi.

Masih ularga samoviy Otasining amirlarini yoritib berdi; Iso gunohlaridan qutqarish uchun yo'qolgan xalqi bo'lgan Yahudiylarning oldiga birinchi bo'lib yuborilgan.

Biroq bu ayol yig'lashdan to'xtamadi va Uni tark etmadi, chunki Masih uning oxirgi umidi edi. Ayol qizi sog'ayishi uchun Iso uning iltijosini tinglash uchun Uning yo'lini to'sib, o'zini Isoning oldiga tashladi. Bu shuni ko'rsatadiki, bu ayol Masihning ilohiy kuchiga ishongan. Bu imon u ayolga shavqat qilgan Masihdan bir javobni esga solgan. Iso bu qattiq sinov orqali O'zining bilimiga ayolni boshlab, uning imonini pokladi. Xudoning narsalari Musoning ta'limiga ergashgan Xudo xalqi uchun birinchi edi. Uyning bolalariga tegishli bo'lgan narsalar itlar uchun emas edi! Lekin ayol hatto kuchuklar ham dasturxondan tushadigan ushoqlarni yeyishi mumkin. Shubhasiz ayol uchun nimadir bo'lgan! Faqat Xudoning so'zi odamlarni yashnatadi, yuraklarni poklaydi va fikrlarni o'zgartiradi.

Masih ulug'lashni istaganlarni, U birinchi bo'lib kamtar qiladi. Biz ulug'lanishga loyiq bo'lishimizdan oldin biz Xudoning mehr-shavqatiga nomunosibligimizni ko'rishimiz kerak. Masih sinalishimiz uchun bizga ruhsat beradi, shunda imonimiz isbotlanadi, huddi Ayubga o'xshab biz imonning sinovi ortidan kelamiz, oltinga o'xshab poklanamiz.

Bu ayol itning eng past nomini qabul qildi, chunki bu hamma kishilarning holatini to'g'ri ko'rsatib, sevgi va haqiqat bilan gapirilgan. Ayolning ishonchi uning qizi shifo topishida Masihning shubhali tuyulishini yengib chiqdi. Iso birinchi uning qalbini mag'rurlikdan ozod qildi va keyin uning qizini shifoladi. Bu ayolga o'xshab kamtar bo'ling, va Xudoning oldida o'zingizni gunohkor deb hisoblang shunda siz haqiqat tushunchasiga kelib, tozalanishni izlaysiz.

Bu ayol o'zini kamtar tutishi bilan va imonda mustahkam turishi orqali ilohiy sinovdan o'tgandan keyin Iso bu ayolni ulug'ladi, chunki bu ayol G'ayriyahudiylarning birinchi hosili edi. Iso ayolning imonini tog'larni ko'chira olgan va shifolashga erisha olgan “buyuk imon” kabi tasvirlab berdi.

Biz bu ayoldan yovuz ruhlarga chalinganlar uchun ibodatda davom etishni o'rganamiz. Ona qizi uchun to'liq sevgisi bilan o'zining hurmatini va g'ururini qurbon qildi va buni qunti bilan Masihdan qabul qildi. Ayol Masihdan ta'sir olishni boshladi, va qizi shifo topmagunicha Isoni tark etmadi. Uning ishonchi, sevgisi va umidi muhtojligiga javob berish uchun Masihga turtki berdi. Agar biz shunday davom etsak bu do'stlarimiz va qarindoshlarimiz javob olishlari uchun bo'lgan ibodat aniq hodisadir.

Ba'zilar Matto va Mark o'rtasida zidma-zidlik bor deb tortishadilar. Matto bu ayol Kananiyalik bo'lgan deb aytsa, Mark bu ayol G'ayriyahudiy bo'lgan va fuqorolikdagi Suriyalikdek uni ko'rsatadi.

Biz Tir va Sidon Kananiyaliklarning mulkidaligini o'z ichiga olgan va bular Kananiyalik deb atalgan yer deb javob beramiz. Ibroniylar Kananiyaliklardan kelib chiqqan. Tirni o'z ichiga olgan bu mamlakat Fenishiya, yoki Suriya-Fenishiya (Ibroniy) deb atalgan. Bu joy Buyuk Aleksandrning qo'l ostida Yunonlar tomonidan olingan va bu shaharlarni o'z ichiga olgan. Masih davrida ular Yunon shaharlari bo'lgan. Bu ayol shuning uchun Yunon hokimligi ostida yashab G'ayriyahudiy bo'lgan va balki u Yunon tilida gapirgan. Bu ayol bu mamlakatda tug'ilgan va qadimgi Kananiyaliklardan kelib chiqqan.

IBODAT: Iso, Mehribon Rabbiy, men xalqimga kelayotgan najodinga to'sqinlik qiladigan mag'rurligimni tan olaman. Men nopokligimni bilishim uchun o'zligimdan meni ozod qil. Men komil emasman, shuning uchun men imon bilan Senga xizmat qilishim uchun va do'stlarim qutqarilishi uchun yovuzliklarimdan meni shifola. Sen ularni qutqarguningcha ibodatda davom etishim uchun menga imon ber.

SAVOL:

  1. Iso qanday qilib G'ayriyahudiylarni itlarga o'xshatdi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 06, 2013, at 10:31 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)