Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 142 (Defilement Within and Without)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
D - IMONSIZ YAHUDIYLAR VA ULARNING ISOGA BO'LGAN HASISLIGI (Matto 11:2 - 18:35)
3. Isoning Xizmati va Safari (Matto 14:1 - 17:27)

e) Ichki va Tshqi Horomlik (Matto 15:1-9)


MATTO 15:1-9
1 O'shanda Quddusdan ba'zi ulomolar va farziylar Isoning oldiga kelib, savol berdilar: - 2 Sening shogirdlaring nega ota-bobolar urf-odatini buzib yuribdi? Hatto ovqatlanayotganda ham ular qo'llarini yuvishmaydi! 3 Iso ularga javob berib dedi: - Nega sizlar ham o'z urf-odatingizni deb Xudoning amrini buzib yuribsizlar? 4 Xudo Tavrotda shunday amr bergan: “Ota-onangni hurmat qil”, va “Ota-oansini haqorat qilgan albatta o'ldirilsin”. 5 Ammo sizlar: “Agar kim ota yoki onasiga: “Mening senga yordamim Xudoga bag'ishlangan”, - desa, 6 u ota yoki onasini hurmat qilmasa ham bo'ladi”, - deysizlar. Shunday qilib, siz o'zingizning urf-odatingizni deb Xudoning amrini bekor qildingizlar. 7 Ey munofiqlar! Siz haqda karomat qilib aytgan Ishayo payg'ambarning ushbu so'zlari to'g'ri chiqdi: 8 “Bu xalq Menga yaqinlashar faqat og'izda, va Meni hurmatlar faqat tilida. Lekin dili esa Mendan uzoqdir. 9 Ular Meni behuda sano etur, insonlar amru ta'limin o'rgatrb”.
(Chiqish 20:12; 21:17, Hikmatlar 28:24, Ishayo 29:13, Mark 7:1-13, Luqo 11:38, 1 Timotiy 5:8)

Yahudiy oqsoqollari g'azablanib, Masihning ruhiy kuchidan qo'rqdilar, shunda ular Isoni hukm qilish uchun Uning shogirdlaridagi kuchsiz tomonlarini qidirishdi. Quddusdan bo'lgan qonun ustozlari hukmlarining to'ri bilan Masihni ushlash uchun tuzoq tayyorladilar.

Isoning shogirdlari Muqaddas Yozuvdan olingan maktub oqsaqollarning qoidalaridan ba'zilarini buzishgan edi. Shogirdlar non yeyishlaridan oldin qo'llarini yuvishmagandi. Shuning uchun bu ustozlar tozalik haqida shikoyat qilmadilar, balki uzliksiz yuvinmaydigan har bir kishini nopok kabi hisoblagan va u kishining ibodati va shahodati behuda kabi hisoblanilgan urf-odatlarning gunohi haqida shikoyat qilishgan edi. Shunda ular shunday burchlarni o'zlari o'z ichiga olmagan Muqaddas Yozuvdan ko'ra Muqaddas Yozuv haqidagi izoxlarini muhimroq qildilar.

Ulamoyu Farziylar hosillari xudojo'ylik deb fikr qilgan Yahudiy dinining ruhiy boshliqlari edilar. Lekin ular Masih xushxabariga bo'lgan buyuk dushmanlar bo'lishgan. Ular haqiqatdan ham insonlarning vijdoni ustidan faqat o'zlarining kuchlarini kuchaytirishni maqsad qilyotganlarida, Muso Qonuni uchun g'ayratdan ayyorlik bilan qarshiliklarini yuvib yoydilar. Ular mag'rur kishilar va tadbirkor kishilar edilar.

Oqsaqollarning urf-odatlari bu odamlar har doyim ovqatga tegishdan oldin tez-tez qo'llarini yuvib turishlari kerakligi edi. Shuning uchun ular yuvilmagan qo'llari bilan tegkan oziq-ovqat ularni harom qiladi deb o'ylab, o'zlarining izohlarida din haqida katta hisobni qo'ydilar. Farziylar qattiq qo'llik bilan buni o'zlari uchun qildilar va boshqalar ustiga buni yukladilar. Bu ahloqiy jazo emas edi, balki bu vijdon ishi va agar ular buni bajarmasalar Xudoga qarshi gunoh edi. Yahudiy din ustozi Joses “yuvilmagan qo'llar bilan ovqatlanish zino kabi buyuk gunoh kabidir” deb boshqargan. Yahudiy din ustozi Akiba mahbus bo'lgan va unga qo'llarini yuvish uchun va ovqati bilan suv ichish uchun suv jo'natishgan. Bir kuni u kutilmaganda ko'p suvni og'darib yubordi. U qo'llarini qolgan suv bilan yuvdi va u oqsoqollarning urf-odatlarini buzgandan ko'ra o'lishini aytib, ichish uchun o'ziga suv qoldirmadi. Yo'q ular ovqatdan oldin yuvinmagan kishi bilan ovqat yemaydilar. Agar biz bugunlik kunda shunday nato'g'ri kuchni ko'rmagan bo'lsak, bu kichkina ishdagi qudratli kuch juda g'alati ko'rinadi. Odamlar faqat o'zlarining urf-odatlarini amalda qilishni istamaydilar, balki boshqalarni ham bularga bo'ysundirishga majbur qilishadi.

Masih huquqshunoslarning savollariga va gunoh talablariga javob bermadi, lekin U izoxlari bilan o'zlari Xudoning amrini buzganliklari haqida ularga qarshi hukmni berdi. Iso bular orqali ular Isoga qaytib kelishlari uchun ularning ko'zlarini ochishni xohlagandi. Iso ota-onalari uchun g'amhorlik qilmasdan ularga bo'lgan sevgilarini qanday qilib pisand qilmaganliklarini ularga ochib berdi. Ular o'zlarini pul yig'ishga bag'ishlagan edilar, lekin ular o'zlarining diniy xizmatlari uchun hayr-ehson talab qilinganiga da'vo qildilar. Shunda ular Xudoning amrlariga bo'lgan sirli so'zlar sevgi ekanini unutishgan edi.

Masih huquqshunoslarni va ulomolarni “ikkiyuzlamachilar” deb atadi. Bu so'z ularning g'azabini qo'zitdi, lekin Masih ularning ikkiyuzlamachiliklari uchun ularni koyidi. Ishayo 29:13 dan bo'lgan Uning tanbehi ularning ibodatlari faqat og'izlarida qaytaradigan so'zlar va Xudo uchun sevgilari bo'lmaganini ifodaladi. Ular o'ylamasdan gapirganlari haqida ehtiyotkorsizlik bilan gapirishdi. Ular o'zlarini xudojo'ydek ko'rsatishdi, holbuki ular o'zlarining sajdalarini foydasiz qilib va qutqarish kuchidan olib qochib, mag'rur va mug'ombir bo'lganlar. Ular sevgisiz o'zlarini va izdoshlarini hayotsiz urf-odatlarni o'rgatib aldadilar. Ular Muqaddas Yozuv o'rgatadigandan chetlab o'tgan o'lik diniy burchlarni talab qilganlar. Masih ikkiyuzlamachilarning ikta hislatlarini tasvirlab berdi.

O'zlarining diniy sajdalarining ko'rsatuvlarida, ikkiyuzlamachilar Xudoga yaqinlashishning harakati orqali borishadi va Uni ulug'lash uchun namoyon bo'lishadi, lekin yuraklari Xudodan uzoqdadir. “Farziy ibodat qilish uchun ma'badga kirdi”. U “bu dunyoda Xudosiz yashaydiganlar” qiladigan masofada turadigan kishiga o'xshamaydi. U kishi diniy urf-odat harakatlari orqali odamlarni boshlaydi va ular ko'r-ko'rona Xudo ulug'lanyapdi deb o'ylab ergashadilar. Biroq, ular o'zlarini xudojo'y ko'rsatib, ilohiy qudratni esa inkor etadilar” (2 Timo'tiyga 3:5)

Ikkiyuzlamachilar “insonlarning amrlarini ta'limotlar kabi o'rgatadilar.” Yahudiylar Rim Katoliklari bilan birga Xudoning So'ziga hurmat ko'rsatgandek og'zaki urf-odatga bir hil hurmat ko'rsatganlar. Ular insonlarning amrlarini Xudoning So'zidek diniy ta'sir va hurmat bilan o'rgatadilar.

Ular Xudoning shavqati va inoyatiga asoslangan najod haqidagi haqiqatni bilmaganlar va ularda yangi yurak bo'lmagan. Biroq ular sevgisiz harakatlar orqali o'zlarini oqlashga harakat qilganlar. Ularning ko'plab ibodatlari va hissalaridan qat'iy nazar, Xudo ularning sajdalarini rad etdi, chunki bu sevgisiz edi.

Agar bizning e'tiqodimiz hikoyalarning, harakatlarning va qadirsiz hadyalarning behuda urf-odati bo'lsa, bu qanchalik mag'rurlik bo'ladi! Behudaga ibodatlar va urf-odatlar “havoni uradigan” ikkiyuzlamachilik jamiyatida yashash qanchalik achinarlidir. Agar odamlarning yuraklari Xudoga bag'ishlanmasa bu kasallikdir. Yuzaki xizmat bu yo'qolgan xizmatdir (Ishayo 1:11). Ikkiyuzlamachilar “shamolni ekib, bo'ronni o'rib oladilar” (Ho'sheya 8:7). Ular mag'rurlikka ishonadilar va mag'rurlik ularning mukofoti bo'ladi.

Shuning uchun, siz ibodatlaringizni tekshirib turishingiz kerak. Siz Masihning qoni bilan poklangan va sevgiga to'lgan yangi yurakka ega bo'ldingizmi? Siz insoniy urf-odatning qulligidan Xudoning haqiqiy xizmatiga qutqarildingizmi? Xudojo'ylikka da'vo qiladiganlardanmisiz? Siz butun yuragingiz bilan va butun kuchingiz bilan haqiqatdan ham Xudoni sevasizmi?

IBODAT: Samoviy Ota, Sen bizlarning ibodatlarimizni va fikrlarimizni bilding. O'zingning muqaddasli va sevging bilan solishtiruvdagi bizning nopokligimiz va yovuzligimizdan qat'iy nazar, ko'rligimiz va ayyorligimiz uchun bizni kechir. Ichki borlig'imiz bilan bizni poklagin va biz yurakning tovushisiz gapirmasdan, balki ruhiy tekshirilgan fikr bilan ibodat qilishimiz uchun sevginga to'lgan yangi yurakni bizda yarat.

SAVOL:

  1. Yahudiy ikkiyuzlamachilarning gunohlari nima edi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on January 22, 2013, at 09:07 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)