Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 140 (Peter Sinks Down)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
D - IMONSIZ YAHUDIYLAR VA ULARNING ISOGA BO'LGAN HASISLIGI (Matto 11:2 - 18:35)
3. Isoning Xizmati va Safari (Matto 14:1 - 17:27)

d) Butrusning Ko'lda Cho'kishi (Matto 14:28-36)


MATTO 14:28-33
28 Butrus gapga kirib: - Yo Rabbim, agar bu Sen bo'lsang, menga buyrug' ber, men suv ustida yurib Sening yoningga boray! - dedi. 29 Iso: - Kel! - dedi. Butrus esa qayiqdan chiqib, suv ustidan yurganicha Isoning yoniga yo'l oldi. 30 Lekin kuchli shamolni ko'rib, o'takasi yorildi. U cho'ka boshlagach: - Yo Rabbim, meni qutqar! - deb baqirdi. 31 Iso o'sha zahoti qo'lini uzatib, uni ushlab qoldi-da: - Ha, imoni sust, nega sen ikkilanding? - dedi. 32 Ular qayiqqa o'tishlari bilanoq shamol tindi. 33 Qayiqdagilar esa Isoga sajda qilib: - Haqiqatdan ham Sen Xudoning O'g'lisan! - deyishdi.
(Matto 16:16, Yuhanno 1:49)

Butrus Masihning U Rabbiyning O'zi degan e'lonini eshitdi. U buning ma'nosiga tushunib, bunga ishondi. Biroq u dengizda yurib kelayotgan Masihning ilohiyligiga ishonch hosil qilish uchun isbotni talab qilib, o'zining tajribasidan va tuyg'ularidan shubhalandi. Shunda u Rabbiysidan suvda Uning oldiga yurib borishiga buyrug' berishini Undan so'radi. Masih unga faqat bir so'zni aytdi, “Kel”. Bu so'z menga va sizga tegishli bo'lgan chaqiruvdir. Masihning birligiga keling. O'zingiz uchun boshqa maqsadni tanlamang, va shunda siz bu dunyoning barcha unsurlariga qaraganda kuchliroq bo'lasiz.

Butrus kuchsizligidan va shubhalaridan qat'iy nazar, jur'at etdi. U to'lqinli dengizdagi qayiqning etagiga qadam qo'ydi va oyog'i ostidagi suv unga yurish uchun qattiq yerga aylangandek, Masihga hayron bo'lib tikildi. Uning imoni Qudratli Yaratguvchining kuchi orqali mustahkamlandi.

Tajribali baliqchi dengizda yuryotgan payitda to'satdan u dengizning chuqurliklari bilan tanish bo'lib, havf-hatar bilan o'rab olinganligini esladi. U endi Masih haqida o'ylamasdan, balki duch kelishi kerak bo'lgan hatarga diqqat bilan qaradi. U Masih bo'lgan maqsadiga qaramasdan, balki uning ustiga jo'sh urayotgan to'lqinlarga qaradi va shunda u cho'kishni boshladi.

Aziz do'stim, Masihdan sizni qaytaradigan va sizni havotirga soladigan har bir narsa sizning ustingizdan kuch to'playdi va sizni buzadi. Faqat Masihga ishoning va barcha insonlarni va hokimliklarni Isoga solishtiruvda hech narsa deb hisoblang. Isoga qarang va hech qachon Undan ko'zingizni olib qochmang.

Butrus cho'kishni boshlaganda, qo'rquv bilan “Rabbiy, meni qutqar!” deb baqirdi. U yana o'zining umidiga qaradi va suvda yurayotgan Masihdan boshqa hech narsani ko'rmadi. Iso qo'llarini uzatib, uni ushladi va qutqardi. Masih qo'rqanni tark etmadi, yoki imoni kam bo'lganni rad etmasdan, balki uni ushlab cho'kishidan oldin uni qutqardi va Isoga ishongan Butrusni olib chiqishi uchun oyog'i ostidagi suvni yana qattiq qilib qo'ydi. Masih ikkilanmasdan shu vaqtda Butrusni qutqardi.

Butrus yana qayiqqa kirganidan keyin, Masih uning shubhalari uchun uni koyidi, chunki u Rabbiysidan ko'ra baliqchidek o'zining tajribalariga ishongan edi. Iso bizning to'la itoatkorligimizni izlaydi. Bu bizda Uning kuchi zafar qozonadigan to'liq imon orqali bo'ladi. Siz Masih haqiqiy Rabbiy ekaniga ishonib, Xudoning O'g'liga o'zingizni topshirasizmi?

Boshqa o'n bir shogirdlar bu hodisani ko'rib eshitganlarida daxshat bilan quloqlari va og'izlarini ochdilar. Iso ularning qayiqlariga kirganida, bo'ron to'satdan to'xtadi, va ularni xuddi osmonga kirgandek buyuk jimlik o'rab oldi. Ular qayiqlarida o'rinlaridan turib, bo'ron ustidan g'alaba qozongan Isoga egilib sajda qildilar va qaltirab, “Haqiqatdan ham, Sen Xudoning O'g'lisan” deb tan oldilar. Bu ular non haqidagi mo'jizani ko'rishgandan keyin, Iso “Bu Menman” degan so'zlarini eshitishgandan keyin va U suv ustida yurganini ko'rishgandan keyin ular shunday so'zlarni aytgan birinchi kun edi. Ular Xudoning O'g'li orqali ular orasidagi Uning ko'rinishini bilib yorishib ketdilar.

Biz Masihning kuchi orqali dunyo ustidan ko'tarilamiz, uni yengish uchun bizga huquq beriladi, bu dunyoga cho'kishdan turamiz va bu bilan chulg'anishdan kuchga kiramiz. Boshqalar, Butrusga o'xshab Iso orqali g'alaba qozonuvchidan ko'ra kuchliroq bo'lib, Iso bilan suv ustida yurish tuyg'usida – uning imon yurishida Butrusning misoliga ergashganlar. Jo'sh urayotgan barcha to'lqinlar ustidan yurish Masihning sevgisidan uni ajrata olmadi (Rimliklarga 8:25). Shuningdek bu dunyoning dengizi shisha dengizi kabi bo'ldi, og'irlikni keltirish uchun qotdi va g'alaba qozonganlar buning ustida turib kuylashdi (Vahiy 15:2-3).

IBODAT: Samoviy Ota, biz Senga rahmat aytamiz chunki Sen barcha unsurlar ustidan Rabbiy kabi Masihni jo'natding. Rabbiy, agar biz yer qimirlashidan, bo'ronlardan, urushlardan va unsurlarning urilishidan qo'rqqan bo'lsak, va faqat Senga qaramagan bo'lsak bizlarni kechir. Biz chapga va o'ngga qaramasligimiz uchun imonimizni kuchli qilgin va biz suyukli O'g'lingdan kuchni, ongning tinchligini olishimiz uchun va biz bilan Uning vujudiga himoyamizni olishimiz uchun Unga diqqatimizni qarataylik. Biroq biz vasvasalarga va muammolarga cho'kkanimizda, bizni qo'rqinchli hatardan ko'tarib, O'g'ling bizni ushlagan o'ng qo'lini ko'rishimiz uchun Senga shunday deb baqirishimiz uchun bizga yordam ber, “Rabbiy meni qutqar, qo'limdan ushla”. Sen barhayot Xudoning O'g'li bo'lgan haqiqatni tan olib, namunanga ergashib va Unga yopishib olib, Unga ergashishimiz uchun bizga yordam ber.

SAVOL:

  1. Havoriylar nima uchun Isoni Xudoning O'g'li deb tan olishdi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on January 22, 2013, at 09:05 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)